81
Tarjima
tilini almashtirish
Kontekst menyuda “Translate to o‘zbek” emas,
boshqa til, masalan, “Translate to russian” turgan
bo‘lsa, u holda tilni
almashtirish uchun brauzer
manzil qatorining o‘ng tomonida maxsus tilni
almashtirish ikonkasi
(1)
bosiladi.
“russian”ni “o‘zbek”ga
almashtirish uchun sozlash
qismi
(2)
ga kirib, “Choose another language”
(3)
bosiladi va tillar ro‘yxatidan o‘zbek tili tanlanadi.
1. Internet tarmog‘i foydalanuvchilarga
qanday xizmat turlarini taqdim etadi?
2. Internet WWW xizmati nima?
3. Veb-sayt
veb-sahifadan nimasi bilan
farq qiladi?
4. Sayt manzili qanday qismlardan
iborat?
5. Gipermurojaat nima uchun kerak?
6. Veb-sayt
manzili qanday saqlab
olinadi?
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Internet tarkibidagi veb-sayt bilan tanishish.
1. Berilgan usullar yordamida brauzer dasturlaridan birini ishga tushiring (dastur oynasi ochiladi).
2. Dasturning manzil qatoriga siz kirmoqchi bо‘lgan veb-sayt manzilini yozing (masalan, dr.rtm.uz,
www.ziyonet.uz, www.uzbekcoders.uz, www.dtm.uz, www.google.com) va “Enter” tugmachasini
bosing.
3. Sichqoncha kо‘rsatkichini sahifa ustida harakatlantiring. Kо‘rsatkichning kо‘rinishi
biror obyekt
(matn, tasvir va b.) ustida qо‘l kо‘rinishiga о‘tsa, demak, obyekt orqali boshqa sahifa yoki ushbu
sahifaning boshqa qismiga о‘tish mumkin. Sichqonchaning kо‘rsatkichini
obyekt ustida bosib,
yangi sahifa bilan tanishib chiqing.
4. Avvalgi sahifaga qaytish uchun manzil qatori oldidagi “back” tugmachasini bosing.
5. Yana shu sahifaga qaytish uchun “forward” tugmachasini bosing.
6. Sahifani yangilash uchun “refresh” tugmachasini bosing.
1. Brauzerni oching,
manzil qatoriga quyida
berilgan sayt manzillaridan birini yozing:
https://eduportal.uz/ - Axborot-ta’lim
portali
https://www.natlib.uz/ - O‘zbekiston
milliy
kutubxonasi
https://dr.rtm.uz/ - Raqamli ta’lim resurslari
portali
http://ziyonet.uz/ - Jamoat axborot ta’lim portali
2. Sayt sahifasidagi matnni o‘zingiz xohlagan
tilga tarjima qiling.
Dostları ilə paylaş: