III BOB. INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA 86
Ishonchli manba
– kompyuterga zarar
yetkazmaydigan, aniq ma’lumot beradigan, tahdid
solmaydigan yoki tahqirlamaydigan manba.
Wikipediya
– dunyodagi ko‘plab foydalanuvchilar
birgalikda yozgan bepul onlayn ensiklopediya.
Xatcho‘p
– ma’lum bir veb-sahifaga o‘tish
imkonini beruvchi saqlangan yorliq.
TAYANCH TUSHUNCHALAR Kо‘pchilik foydalanuvchilar “Wikipediya”
veb-saytini ishonchli manba deb
о‘ylashadi. Ammo ma’lumot topish uchun
undan foydalanishda ehtiyot bо‘lish zarur.
“Wikipediya” veb-saytidagi ma’lumotlarni
xohlagan foydalanuvchi о‘zgartirishi
mumkin. Demak, “Wikipediya”da
ma’lumotlar kо‘p bо‘lsa-da, manba sifatida
ularga ishonmaslik kerak.
Veb-sahifani saqlash
Foydali ayrim veb-sahifalardan keyinroq yana foydalanish hamda ma’lumotning qayerdan
olinganligini kо‘rsatish uchun ular rо‘yxatini saqlab qo‘yish mumkin.
Bunga quyidagi usullar bilan erishiladi:
1) veb-sahifani saqlash;
2) veb-sahifani belgilab qо‘yish (xatchо‘pga qo‘shish);
3) veb-sahifa manzilini saqlash.
Veb-sahifani saqlash Veb-sahifani saqlash uchun sichqonchaning о‘ng
tugmachasini veb-sahifaning istalgan bo‘sh joyida
bosish, sо‘ngra kontekstli menyudan “Save as…”
buyrug‘ini tanlash lozim
(1)
. Veb-sahifaning qayerga
saqlanishi ko‘rsatilib, “Save” tugmachasi bosiladi. Veb-
sahifa saqlangan joyda veb-sahifani kо‘rish mumkin.
ishonchliligini aniqlashdir. Ishonchli ma’lumotlarni faqat ishonchli manbalardangina olish mumkin.
Ishonchli manba, odatda, nufuzli kompaniya, tashkilot yoki rasmiy manbalar bо‘lishi mumkin. Bu
kabi manbalarga joylashtiriladigan ma’lumotlar kо‘plab dalillar asosida tekshiriladi.
Veb-sahifani belgilab qо‘yish (xatchо‘pga qo‘shish) Veb-sahifani yana osongina ochish uchun, uni
xatchо‘plarga qо‘shib qo‘yish mumkin. Veb-sahifani
belgilash (xatchо‘pga qo‘shish) uchun manzil satrining
oxiridagi yulduzcha ustiga bosiladi
(3)
. Kо‘rsatilgan
maydonda esa “Done” tugmachasi bosiladi
(4)
.
Saqlangan xatchо‘pni topish uchun xatchо‘plar
menyusini ochish lozim. Odatda, uni veb-sahifaning
yuqori о‘ng burchagidan topish mumkin.