III BOB.
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
96
Elektron pochtadan
foydalanish vaqtida shaxsiy
xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagi qoidalarga
rioya etishingiz zarur:
1) elektron pochta qutisi uchun murakkabroq parol
va maxfiy savol tanlashga harakat qiling. Parol
sifatida ismingiz yoki shunga o‘xshash
boshqalarga
ma’lum shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘ymang;
2) pochta qutisiga begona kompyuterdan
kirayotganingizda, har doim parolni terish orqali
kiring. Agar brauzer orqali “Сохранить пароль”
funksiyasi ishga tushsa, uni bosmang.
Chunki
parolingiz kompyuterda saqlanib qoladi va boshqalar
shu kompyuter orqali pochtangizga kirishi mumkin;
Zararli dastur
–
kompyuterga zarar
yetkazish maqsadida yaratilgan dastur.
Unga yo‘naltirilgan gipermurojaat
bosilganda, dastur avtomatik ravishda
o‘rnatiladi.
Virus
– zararli dastur turi. U o‘z
nusxalarini yaratadi va kompyuterdagi
ma’lumotlarga zarar yetkazadi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR
BUNI BILASIZMI?
Dasturchi Rey Tomlinson tomonidan 1971-yilda masofada turgan kompyuterga xabar
yuboruvchi dastur ishlab chiqiladi. Ushbu dasturda
qabul qilingan xabar faylga, ya’ni pochta
qutisiga joylanadi. Shu orqali elektron pochta paydo bo‘ladi.
3) elektron pochtangizga notanish shaxsdan xat kelgan bo‘lsa, kattalarga (o‘qituvchingiz yoki
ota-onangiz / yaqiningizga) xabar bering va elektron xatni o‘chirib tashlang. ELEKTRON XATNI
OCHMANG;
4) notanish insonlardan kelgan xatlardagi qo‘shimcha fayllarni hech qachon OCHMANG. Xatda
qo‘shimcha fayllar mavjud bo‘lsa, elektron pochta yonida qog‘oz qisqich belgisi bo‘ladi;
5) elektron pochta xati kimdan kelganligini diqqat bilan tekshiring.
Agar sizga notanish manzil
bo‘lsa, unga JAVOB QAYTARMANG. Bu haqida kattalarga xabar bering;
6) elektron pochtani ochganingizda, unda gipermurojaat mavjud bo‘lsa, uning xavfsizligiga
to‘liq ishonch hosil qilmaguncha – BOSMANG.
Har doim, eng avvalo, kattalardan so‘raganingiz
ma’qul. Gipermurojaat soxta veb-saytga olib borishi yoki virus kabi ba’zi zararli dasturlarni
kompyuteringizga yuklab olishi, viruslar kompyuteringizdagi ma’lumotlarga
zarar yetkazishi
mumkin;
7) hech qachon tanimagan odamlarga kattalar bilan maslahatlashmasdan elektron pochta
xabarlarini YUBORMANG. Elektron xatni kimga yuborayotganingizni doimo yaxshilab tekshirib
ko‘ring. Elektron pochta manzilining yozilishini tekshirganingizga ishonch hosil qiling,
chunki bitta
harf o‘zgarsa ham, elektron xat boshqa shaxsga yuborilishi mumkin;
8) hech qachon biror veb-saytga elektron pochta manzilingizni kattalarsiz KIRITMANG;
9) elektron pochtangizga kirish uchun foydalanadigan parolni hech qachon hech kimga AYTMANG.
97
1. Elektron pochta nima?
2. Elektron pochta ochish uchun qanday ma’lumotlar zarur bo‘ladi?
3. Bitta foydalanuvchi bir nechta elektron pochta qutisini ochishi mumkinmi?
4. Elektron pochtadan foydalanishda qanday xavfsizlik qoidalariga rioya etish lozim?
1. Elektron pochta ochish uchun pochta xizmati saytiga kiring.
2. Saytning ro‘yxatdan o‘tish sahifasiga kiring.
3. Ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldiring.
4. O‘zingizga aniq va tushunarli pochta qutisi nomi va parolni tanlab, formaga kiriting.
5. Elektron pochta manzilingiz (loginingiz) va parolingizni yon daftarchangizga yozib qo‘ying.
Dostları ilə paylaş: