99
Elektron pochtaga kelgan xabarlarni ko‘rish va javob qaytarish
1. Elektron pochtaga kirilganda, yangi kelgan xatlar “Inbox” qutisida ko‘rinadi
(1)
.
2. Quti yonida yangi kelgan xabarlar soni ko‘rsatiladi
(2)
.
3. Yangi kelgan xatlar qalin yozuv bilan ajratilgan, o‘qilganlari esa oddiy yozuvda bo‘ladi.
4. Kelgan xatlardan birortasini muhim xabar sifatida alohida belgilab qo‘yish uchun yulduzcha
ikonkasi bosiladi
(3)
. Elektron pochtaga kelgan xatlar soni ko‘payib ketsa, muhim xabarlarni
“Starred” qutisiga kirib ko‘rish mumkin
(4)
.
5. Xatni arxivga olib qo‘yish uchun “Archive” ikonkasi bosiladi
(5)
.
6. Xatni o‘chirib yuborish uchun “Delete” ikonkasi tanlanadi
(6)
. O‘chirilgan xatlar “Trash” qutisiga
o‘tkazilgan bo‘lib, uni yana avvalgi joyiga tiklash mumkin.
7. Pochta qutisiga kelgan xatni o‘qilgan holatga o‘tkazish (Mark as read) hamda o‘qilmagan holatga
qaytarish (Mark as unread) mumkin
(7)
. Buning uchun ushbu ikonka ustida sichqonchaning
tugmachasini bir marta bosish kifoya.
8. Kelgan xatni “Snoozed” orqali vaqtinchalik muzlatib qo‘yish ham mumkin
(8)
. Orqaga qaytarish
uchun “Snoozed”
(9)
qutisiga kiriladi va xatdagi yana shu ikonka ustiga bosib, “Unsnooze” tanlanadi.
9. Oynada yangi kelgan xat kim tomonidan yuborilganligini
(10)
, xat mavzusi
(11)
hamda xatdagi
xabarning bir qismini
(12)
ko‘rish mumkin.
10. Xatdagi xabar matnini o‘qish uchun sichqonchaning tugmachasi xat ustida bosiladi va xabar
matni bilan tanishib chiqiladi
(13)
.
1
9
2
3
4
7
6
8
5
10
11
Dostları ilə paylaş: