95
edu.uz
– pochta serveri (domen) nomi bo‘lib, pochta qayerda joylashganligi yoki xabar qayerga
yuborilishi kerakligini anglatadi.
Foydalanuvchi nomi va domen nomi bir-biri bilan
@
(kuchukcha) belgisi yordamida bog‘lanadi.
Bu belgi birga ishlatilgan so‘z elektron pochta manzilini bildiradi.
Elektron xat har doim elektron pochta manzilida saqlanadi. Elektron pochta manzilini yaratish
uchun pochta xizmati saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.
1. Veb-brauzer dasturi ishga tushiriladi.
2. Brauzerning manzil qatoriga pochta xizmati saytining
manzili kiritiladi (masalan, https://passport.yandex.uz/,
https://gmail.com).
3. “Enter” tugmachasini bosib, formadan “Create
account (for myself)” tanlanadi.
4. Ro‘yxatdan o‘tish anketasi to‘ldiriladi (ism, familiya,
foydalanuvchi nomi, parol va tasdiqlash uchun parolni
qayta kiritish) va “Next” tugmachasi bosiladi
(1)
.
Agar foydalanuvchi nomi boshqa shaxs tomonidan
ishlatilayotgan bo‘lsa, u holda bu haqida xabar chiqadi.
Yon daftaringizga elektron pochta manzilingiz (masalan,
aqlvoyxamidov@gmail.com) va pochtadan foydalanish
uchun kiritgan parolingizni yozib qo‘ying.
5. Telefon raqami kiritiladi va “Next” tugmachasi
bosiladi
(2)
.
6. Telefon raqamiga kelgan kod kiritiladi va “Verify”
tugmachasi bosiladi
(3)
.
Elektron pochta qutisini yaratish
7. Keyingi oynada tug‘ilgan sana, oy, yil va jins tanlanadi
hamda “Next” tugmachasi bosiladi.
8. So‘nggi oynada xizmatdan foydalanish qoidalari
berilgan bo‘lib, “I agree” tugmachasi yordamida
shartlarga rozi ekanligi bildiriladi.
Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tilgandan so‘ng, shaxsiy elektron pochta qutisi yaratiladi. U orqali
elektron xabarlarni yozish, yuborish, qabul qilish, o‘qish va saqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: