107
23-dars. INTERNET XAVF-XATARLARI
VA ULARDAN SAQLANISH
Internet jadal rivojlanib borgani sayin turli xavf va
xatarlar
ham ortib bormoqda, ko‘plab hollarda
real hayotda ham uning ta’sirini kuzatish mumkin.
Real dunyodagi muloqot qoidalari Internetdagi
virtual olamga ham taalluqli: “O‘zinga
qanday
munosabatda bo‘lishlarini istasang, o‘zgalar bilan
ham shunday munosabatda bo‘l”.
Virtual olamda
xabarni qabul qiluvchi shaxs mutlaqo boshqa
madaniyatga mansub bo‘lishi mumkin, bunday
holat esa tushunmovchiliklar
yuzaga kelishi
xavfini tug‘diradi. Masalan, hazil-mutoyibani
tushunish bevosita madaniy an’analar hamda
tarbiya bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli,
kim bilan
muloqot qilayotganingizni bilmasdan turib, hazil
qilishda ehtiyot bo‘lganingiz ma’qul. Ayniqsa,
yuzingiz ifodasini suhbatdoshingiz ko‘rmasa,
gapingiz
ohangini his qilmasa, unga hazildan
iborat xabar uzatish qiyin.
Demak, Internet tizimida boshqa shaxslarga
nisbatan tarmoq odob-axloq
qoidalariga rioya
etgan holda munosabatda bo‘lish Internetdan
foydalanish madaniyatini anglatar ekan.
Internet keng muloqot vositasi bo‘lgani bois,
undan foydalanishda o‘ziga xos qoidalarga amal
qilish lozim. Quyida
keltirilgan qoidalar odob-
axloqning umumiy qabul qilingan me’yorlari
hisoblanadi:
Virtual
(lot.
virtualis
) – о‘ylab topilgan,
xayoliy.
Dostları ilə paylaş: