III BOB. INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA 112
1. Nima uchun yoshlar Internetdan foydalanishni yaxshi ko‘radi?
2. Internet xavf-xatarlari deganda nimani tushunasiz?
3. Internetda qanday xavf-xatarlar mavjud?
4. Internetdagi ma’lumotlar ishonchlimi? Nima uchun?
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Internetning salbiy ta’sirlari.
Juftliklarga bo‘lining. Internetga tobelik belgilari asosida sinfdoshingizning Internetga
bog‘lanib qolgan yoki qolmaganligini aniqlang. Yana qanday fe’l-atvorlar Internetga bog‘lanib
qolganligini ko‘rsatadi?
2. Internetga bog‘lanib qolish muammolarini bartaraf etish.
Bunday holatdan chiqish uchun sinfdoshingizga qanday tavsiyalar berasiz? Tavsiyalaringizni
yozing.
UYGA VAZIFA Quyida ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tgan ikki nafar foydalanuvchi profilida ko‘rsatilgan
ma’lumotlar berilgan. Ular bilan tanishib chiqib, bu ma’lumotlarning ijtimoiy tarmoqlarda
ko‘rsatilishi qanchalik to‘g‘ri ekanligini tahlil qiling.
Barchaga salom! Men Toshkent shahrida umumta’lim maktablarining
birida o‘qiyman. Menga avtomashinalar suratini yig‘ish, bo‘sh
vaqtlarimni sport bilan o‘tkazish yoqadi. Orzularimdan biri yaxshi
muhandis bo‘lish. Bu soha men uchun xobbi desam ham bo‘ladi.
1-foydalanuvchi profili ma’lumotlari Men, Lola Asilova, 11 yoshdaman. Toshkent shahrida istiqomat qilaman.
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Rakat mahallasidagi hovlilardan birida
ota-onam, ukam va singlim bilan turaman. Men 443-maktabda o‘qiyman.
Mening orzuyim – yaxshi dizayner-stilist bo‘lish. Shu kunga qadar bir nechta
moda variantlarini yaratganman, ularni shaxsiy saytimda ko‘rishingiz mumkin:
www.dizaynerlola.com. Dizayn va moda sohasidan tashqari dugonalarim bilan sayr qilishni xush
ko‘raman. Dugonalarim ichida eng yaqinlari – Sanobar va Komila. Sanobar mahalladoshim, u
ham men kabi 11 yoshda. Bo‘sh vaqtlarimizda biz Bobur sayilgohiga velosiped haydagani borib
turamiz. Elektron pochta manzilim: lolaasilova@gmail.com; telefon raqamim: +99897 777 77 77.