III BOB. INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA 110
Profil yaratish.
Ijtimoiy tarmoqlarda boshqalarga
o‘zini tanishtirish maqsadida profil yaratish uchun
foydalanuvchi o‘z shaxsiy axborotlarini taqdim
etishi lozim. O‘smirlar va yoshlar bunday jarayonga
juda qiziqishadi va ba’zan shaxsiy manzili yoki
telefon raqamlarini ham taqdim etishadi. Aksariyat
ijtimoiy tarmoqlar muloqot ma’lumotlarini
ko‘rsatgan shaxslarga reklamalarni yuboradi.
Foydalanuvchi o‘zi haqida qanchalik ko‘p ma’lumot bersa, reklama shunchalik yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Foydalanuvchilarning profillari veb-saytlarning ma’lumotlar bazasidan o‘rin oladi. Platformaning
provayderi istalgan vaqtda bu ma’lumotlarni uchinchi shaxsga sotib yuborishi ham mumkin.
Bulling
– boshqalarga turli yo‘llar bilan ozor
yetkazish. Internet tufayli bunday salbiy jarayonlar
yengillashdi, pinhona ish qilish uchun imkoniyatlar
yaratildi. Internetning anonimligi hisobiga ayrim
nopok shaxslar haqoratli matnlar yozishi, turli
rasmlarni yuborishi mumkin. Chunki ular o‘z
raqibining yuzini ko‘rmaydi va o‘z harakatining oqibati
haqida o‘ylamaydi. Shuning uchun ham Internetda
begonalar bilan do‘stlashmang, qandaydir kelishmovchilik yuzaga kelsa, darhol aloqani uzing.
Internetga tobelik Internetga tobelik hozirgi kunda dunyodagi eng jiddiy
muammolardan biriga aylandi. Ajoyib aloqa vositasi
bo‘lgan Internet orqali do‘st topish imkoniyati sifatida
kompyuter o‘yinlari o‘smirlar va yoshlarning bo‘sh
vaqtini egallagan eng mashhur faoliyatga aylandi.
Internet videolarini cheksiz vaqt davomida tomosha
qiluvchi, keraksiz ma’lumotlarni titkilab o‘tiruvchi
foydalanuvchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular ba’zan
Internetda o‘tkazgan vaqtlarini sezmaydilar ham. Bunday holat Internetga tobelikning dastlabki
belgilaridir. Kelajakda muammolarga duch kelmaslik uchun, Internetdan foydalanish vaqtini
cheklash maqsadga muvofiqdir.
Quyida Internetga tobe bo‘lib qolish, uning inson psixologiyasi va xatti-harakatlariga salbiy
ta’siri, bu salbiy ta’sirlarni qanday bartaraf etish yo‘llarini keltirilgan: