Quyidagi elementlardan tarkib topgan 6 xil kombinatsiyali litsenziya turlari ham mavjud: 1)
(CC-BY) –
muallifini ko‘rsatgan holda foydalanish .
Mazkur litsenziya asar
muallifini ko‘rsatgan holda asarni tarqatish, tahrirlash, moslash, takomillashtirish, hatto tijorat
maqsadida foydalanishga ham ruxsat beradi;
2) (CC BY-SA) – muallifini ko‘rsatgan va shartlarga amal qilgan holda foydalanish. Litsenziyaning bu turi asar muallifi ko‘rsatilgan holda muallifning shartlari asosida tahrirlash,
moslash, takomillashtirishga ruxsat beradi. Asardan tijorat maqsadida foydalanilsa, muallifga
kredit berib borish, takomillashgan asarga litsenziya olish uchun muallifning avvalgi litsenziya
shartlarini inobatga olish zarur;
3)
(
CC-BY-ND )
– muallifi ko‘rsatilgan va hech qanday o‘zgartirish kiritmagan holda foydalanish. Bunday litsenziya asarni tijorat va notijorat maqsadlarida hech qanday
o‘zgartirishsiz, butunligicha, muallifini ko‘rsatgan holda foydalanish imkonini beradi;
4)
(CC BY-NC) –
muallifini ko‘rsatgan holda va notijorat maqsadida foydalanish. Bu
turdagi litsenziya asar muallifi ko‘rsatilgan holda notijorat maqsadida foydalanish, o‘zgartirish,
moslash va takomillashtirishga ruxsat beradi;
5)
(CC BY-NC-SA) – muallifi ko‘rsatilgan, shartlarga amal qilingan holda hamda notijorat maqsadlarida foydalanish. Litsenziya asarni notijorat maqsadida muallifini ko‘rsatgan
holda tahrirlash, moslash va takomillashtirishga ruxsat beradi. Takomillashgan asarga
litsenziya olish uchun muallifning avvalgi litsenziya shartlari inobatga olinishi zarur;
6)
(CC BY-NC-ND) –
muallifi ko‘rsatilgan, hech qanday o‘zgartirish kiritilmagan holda hamda
notijorat maqsadlarda foydalanish . Bu litsenziya barcha 6 ta asosiy litsenziya orasida
eng chegaralovchisi hisoblanib, asarni asar muallifi ko‘rsatilgan holda faqat ko‘chirib olish
imkoninigina beradi. Asarni o‘zgartirish va undan tijorat maqsadlarida foydalanish ta’qiqlanadi.