III BOB.
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
84
Qidiruv tizimida axborotni izlash
Qidiruv tizimidan foydalanishning asosiy qoidalari:
1) faqat bitta kalit so‘zdan iborat so‘rovni
yozmaslik kerak, chunki kalit so‘z bitta
bo‘lsa, so‘rov natijasida olingan millionlab
Internet sahifalari ro‘yxati ichidan
keraklisini ajratib olishning o‘zi yana bir
muammo bo‘lishi mumkin;
2) kalit so‘zlarni bosh harflar bilan
yozmaslik lozim, chunki bunday hollarda
kichik harflar bilan yozilgan ma’lumotlar
qoldirib ketilishi mumkin;
3) agar qidiruv nihoyasida birorta ham natija olinmasa, kalit so‘zlarni orfografik xatolarga tekshiring.
Qidiruv tizimidagi so‘rovlar tili – bu ma’lumotni samarali qidirishda ishlatiladigan maxsus qoidadir.
Ko‘plab qidiruv tizimlarida axborot izlashning kengaytirilgan usullari mavjud.
Murakkab ko‘rinishdagi so‘rovlar ma’lumotlarni tez va aniq topishni ta’minlaydi. Bunday so‘rovlarni
tashkil etishda maxsus belgilar hamda AND (va), OR (yoki), NOT (yo‘q) kabi so‘zlardan foydalaniladi.
Ushbu ma’lumotni ko‘rib chiqish uchun
sichqonchaning ko‘rsatkichi uning sarlavhasi
ustiga bosiladi.
5. Kiddle kabi qidiruv tizimlari yoshlarga
mo‘ljallanganligi bois, foydalanuvchi yoshiga
mos kelmagan natijalarni filtrlashga yordam
beradi.
Dostları ilə paylaş: