4― Amaliy mashg‘ulot Elektr dvigatellarni reversiv ulanish sxemalarini o‘rganish



Yüklə 10,55 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü10,55 Kb.
#200475
4 AMALIY MASHG\'ULOT (1)

4― Amaliy mashg‘ulot

Elektr dvigatellarni reversiv ulanish sxemalarini o‘rganish


Elektr yuritmalar xususiyatidan kelib chiqib juda ko‘p hollarda dvigatelni ishga qo‘yishda uning aylanish yunalishini ustamonlik bilan uzgartirish imkoniyatlaridan keng foydalaniladi. Bunga misol qilib tall yurilmasi, boshqariladigan darvozalar, ishlab chiqarish ushkunalarini keltirish mumkin. ED ni harakat yunalishini uzgartirish uchun unga ulangan fazalarning ixtiyoriy iktasini ulanish o‘rnina almashtirish kifoya qiladi. Reversiv ulanish sxemalari aynan manashu xushusiyatga asoslanadi.





5.1 rasm: ED larni reversiv ulanish sxemasi

  • 3 fazali tarmoqdan A,B,C fazalar birinchi elektromagnit puskatelning L1,L2,L3 kirish klemalariga ulanadi

  • ikkinchi puskatelning ishchi klemalari birinchi puskatelning ishchi klemalariga mos holda o‘zaro (L1-L1, L2-L2, L3-L3)ulanadi

  • puskatellarning ishchi klemalarining chiqish qismida ixtiyoriy ikkita faza almashlab ulanadi (T1-T2, T2-T1, T3-T3)

  • puskatellarning biridan issiqlik relesi orqali dvigatelga ulanadi



Sxemaning dastlabki holati.

QF1 avtomat o‘chirgich yoqilganda, "A", "B", "C" fazalar KM1 va KM2 magnit puskatellarning kirish kontaktlariga kiradi va u yerda navbatchilikda qoladi.





Boshqarish zanjirida joylashgan himoya avtomat o‘chirgichi ulanganda SB1 (stop) orqali №3 kontaktga SB2 (pusk1) va Sb3 (pusk2) hamga birinchi va ikkinchi puskatellarning normal ochiq NO13 kontaklariga kuchlanish kielib navbatchilik qiladi. Sxema ishlashga tayyor holatga o‘tadi.


Dvigatelni chapga aylantirishda boshqarish zanjiri ishlashi

SB2 ni bosganimizda ikkinchi puskatelning KM2.2 (NC) normal yopiq kontakti orqali elektr toki A2 kontakti PEN (yerlangan ishchi nolli neytral) ga ulangan birinchi puskatelning KM1 cho‘lg‘amiga A1 kontak orqali ulanadi. Bunda birinchi puskatelimiz ishlab normal ochiq kontaktimiz yopiladi va aksincha normal yopiq kontaktlar ochiq holatga utadi.


KM1 ishlagandan keyin A, B, C fazalar ulangan puskatelning ishchi kontaktlari yopilib dvigatel tarmoqga ulanadi, ayni shu vaqtda SB2 knopkasini qo‘yvorganimizda puskatelning cho‘lg‘amiga keluvchi elektr toki o‘zini-o‘zi ushlab qolgan KM1.1 orqali utib davomiy ish rejimina saqlab qoladi.

Normal yopiq kontak KM1.2 holatini uzgartirib ochiq holatga utadi, bu orqali KM2 ga boruvchi manbani uzib (blakirovka qilib) qo‘yib, SB3 ni tasodifiy bosib ishchi kontaktlar ulangan qismda qisqa tutashuv bo‘lishining oldi olinadi.
Dvigatelni o‘nga aylantirishda boshqarish zanjiri ishlashi

SB3 ni bosganimizda birinchi puskatelning KM1.2 (NC) normal yopiq kontakti orqali elektr toki A2 kontakti PEN (yerlangan ishchi nolli neytral) ga ulangan ikkinchi puskatelning KM1 cho‘lg‘amiga A1 kontak orqali ulanadi. Bunda ikkinchichi puskatelimiz ishlab normal ochiq kontaktimiz yopiladi va aksincha normal yopiq kontaktlar ochiq holatga utadi.



KM2 ishlagandan keyin A, B, C fazalar ulangan revers puskatelning ishchi kontaktlari yopilib dvigatel tarmoqga faza almashinuvi orqali ulanadi, ayni shu vaqtda SB3 knopkasini qo‘yvorganimizda puskatelning cho‘lg‘amiga keluvchi elektr toki o‘zini-o‘zi ushlab qolgan KM2.1 orqali utib davomiy ish rejimina saqlab qoladi.

Normal yopiq kontak KM2.2 holatini uzgartirib ochiq holatga utadi, bu orqali KM1 ga boruvchi manbani uzib (blakirovka qilib) qo‘yib, SB2 ni tasodifiy bosib ishchi kontaktlar ulangan qismda qisqa tutashuv bo‘lishining oldini oladi.
Yüklə 10,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin