Funksional imkoniyatlari:
Dielektrik qizdirish qurilmalarining (DQQ)
ishlash
printsipi o‘zgaruvchan elektr maydoniga kiritilgan dielektrik materiallar va yarim
o‘tkazgichlardan o‘tayotgan elektr tokining ta’siriga asoslangan.
Texnologik
belgilariga ko‘ra yuqori chastotadagi dielektrik issiqlik ishlovi beruvchi qurilmalar uch
ko‘rinishda bo‘ladi.
Birinchi ko‘rinish
DQQ lar bi jinsli elektr maydonida tezkor issiqlik ishlovi
berishni talab qiluvchi juda katta o‘lchamdagi maxsulotlarni qizdirishga mo‘ljallangan
bo‘lib, ularda jun yoki paxta matolarini, sellyuloza va daraxt mahsulotlarini quritish,
katta o‘lchamdagi elektr izolyatorlari va fosfor mahsulotlariga issiqlik ishlovi berish,
plastmassa va polimer plyonkalarni payvandlash kabi jarayonlar
amalga oshiriladi
.
Ikkinchi ko‘rinish
DQQ lar uzun yassi mahsulotlarga issiqlik ishlovi berish
uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
ularda paxta tolalarini, matoga tushirilgan rasmlar
(shakllar) ni, qog‘oz, fotoplyonka, kimyoviy va farmatsevtik
preparatlarni quritish,
yelimlarni polimerlash, kauchukni qizdirish va boshqa shu kabi jarayonlarni amalga
oshirish uchun mo‘ljallangan.
Uchinchi ko‘rinish
DQQ larda bir jinsli va tez qizdirishni talab qilmaydigan
jarayonlar amalga oshiriladi, bular mahsulotlarni muzdan tushirish, oziq-ovqatni isitish
yoki uni tez tayyorlash, oddiy keramik mahsulotlarga issiqlik ishlovi berish, choy bargi
yoki ma’lum meva mahsulotlarini quritish kabilardir. DQQ larida issiqlik ishlovi
berilayotgan mahsulot yuqori chastotali tebranish konturiga ulangan ishchi kondensator
plastinalari orasiga o‘rnatiladi. DQQ lar chastotasi 0,5 - 300 Hz ga teng bo‘lgan lampali
generatorlar orqali elektr energiyasi manbasiga ulanadi. Bunda issiqlik ishlovi berish
qizdirilayotgan mahsulotda hosil bo‘layotgan
siljish toki
va
o‘tkazuvchanlik toki,
shuningdek, mahsulotdagi
dielektrik yo‘qolish
hisobiga amalga oshiriladi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada dielektrik qizdirish
qurilmalarining turlari,
ishlatilish sohalari hamda ishlash prinsipi barcha uchun tushunarli va ravon tilda bayon
etilgan. Dielektrik qizdirish qurilmalari hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib qolgan
oziq-ovqatlarni quritish, yog‘och mahsulotlarini quritish va boshqa maqsadlarda keng
qo‘llaniladi.
Qo‘llanilish sohasi:
Oliy ta'lim
Ishlatiladigan EHM tipi:
Pentium IV
Dastur tili:
C++
Ma’lumotlar bazasini boshqarish turi va versiyasi
: Elektron hisoblash mashinalari
uchun.
Operatsion tizim turi va versiyasi:
Windows
Dastur hajmi:
400 kb