Gaz fazada gomogen reaksiyalarni olib boriladigan reaktorlar
2-rasm. Yuqori xaroratli piroliz reaktori: 1-gorelka,
2-yonish kamerasi; 3-termopara uchun cho‘ntak; 4-
reaksion kamera; 5-namuna olish yo‘li.
Sanoat
sharoitlarida,
yuqori
tezlikda
olib
boriladigan gomogen reaksiyalar qo‘llaniladi.
600
0
Sdan
past
bo‘lgan
xaroratda
odatda
reaksiyaning tezligi past bo‘ladi. Yuqori xaroratda
ushbu reaksiyalarning tezligi kattalashishadi (odatiy
katalitik reaksiyaning tezligidan oshadi), shuning
uchun ularni sanoatda qo‘llash iqtisodiy tomondan
o‘zini oqlaydi. Yuqori xaroratda gomogen gaz fazasida reaksiyalarni qo‘llash
doirasi: xlorid kislota, metanni atsetilenga krekingi, yoki uglevodorodlarni etilenga
krekingi, oksidlanish, xlorlash, uglevodorodlarni nitrolash, fasfor mavjud
uglevodorodlarni olish va boshqa turdagi pirolitik jarayonlarni olib borish.
3-rasm. Etan va kisloroddan etilen olish reaktori: 1-reaksion kamera; 2-panjara; 3-
aralashtirish kamerasi.
4-rasm. Vodorod xlorid sintezi reaktori: 1-
predoxranitel
klapani;
2-reaktor
qobig‘i;
3-reaktorga kiritish uchun reagentlarni aralashtirish
gorelkasi.
Vakuum gazoylni og‘ir neft fraksiyalarni va
mazutni yuqori xaroratli piroliz reaktorining
ko‘rinishi 4-rasmda berilgan. Jarayon yuqori
xaroratgacha qizdirilgan issiqlik tashuvchini
pirolizlanadigan xomashyo bilan aralashishiga
asoslangan. Oldindan qizdirilgan suv bug‘i vodorodni kislorodda yonishida paydo
bo‘lgan mahsulotlari bilan aralashtirganda, 1600-1900
0
S xaroratga ega bo‘lgan suv
bug‘i va vodorodning aralashmasi issiqlik tashuvchi bo‘lib xizmat qiladi. Reaktorda
yonish va piroliz kameralari mavjuddir. Yonish kamerasi maxsus keramik
materiallar bilan (korund va sirkoniy dioksididan bo‘lgan massasidan) ichidan
qoplangan. Piroliz kamerasi metalldan ishlab chiqilgan va issiqlikga chidamli
material bilan ichidan qoplangan. Pirogazni toblash tangensial vertikal yoriqlari
orqali uzatiladigan suv yordamida amalga oshiriladi. Reaksiyaning xarorati 850-
1050
0
S , vaqti 0.001-0.040 s.
|