1.5-rasm. XiL usuli uchun ishlatiladigan SO2 dan yuvish jarayoni sxemasi:
1-absorber; 2-toza gaz; 3-tozalanmagan gaz; 4-eritma (ifloslangan); 5-nasos; 6- qo‘shimcha sovitgich; 7-eritma uchun issiqlik almashtirgich; 8-eritma (degazatsiyadan so‘ng); 9-desorber; 10-kondensatni qaytarish; 11-tindirgich; 12- kislotali gaz (SO2/ N2S); 13-sovituvchi suv; 14-kondensator; 15-bug‘; 16-boyler;
17-kondensat
Reformerning tegishli tuzilmasi va XiL-IIIning bug‘li turbinalar va turbogeneratorlar bilan jihozlanganligi tufayli qurilma elektroenergiya manbasidan avtonom tartibda ishlashi mumkin.
CO2 dan yuvish uchun qurilma tegishli bo‘lgan asosiy sxema 1.5-rasmda keltirilgan. Tarelkasimon tozalash ustunidan iborat bo‘lgan absorberda CO2 miqdorli gaz yuvish suyuqligi qarshisiga harakatlanadi, CO2ni absorbsiyalaydi. Bunda CO2 keltirilgan ifodalarning biriga muvofiq yuvish eritmasi bilan reaksiyaga kirishadi:
K2CO3+H2O+CO2=2KHCO3(1.3)
H2O+ CO2+ R2NCH3=R2NHCH4++HCO3-(1.4)
(1.3) tenglamada, masalan, Benfild jarayonida qo‘llaniladigan ishqor eritmasi (taxminan 20-30% li) haqida, (1.4) tenglamada esa metildietanolamin eritmasi – uchlamchi amin (R2 -radikal) haqida so‘z boryapti. Umuman SO2 absorbsiyasi ikkala usulda ham yuqori parsial bosim va past haroratda tezlashadi, desorbsiya esa past bosim va yuqori haroratda tezlashadi. Desorberga issiqlikni yetkazishda yuqorida keltirilgan reaksiyalar teskari yo‘nalishda boradi.
1.6-rasm. CO2 dan yuvish uchun qurilmali XiL-III jarayonidagi energetik oqimlar (metallash darajasi 92%, uglerod miqdori 1,5%, energiya sarfi 10,612 GJ/t g‘ovak temir):
1-yonuvchan gaz; 2-bug‘ ishlab chiqarish; 3- texnologik gaz; 4-bug‘; 5-reformer; 6- yuvadigan sovitgich; 7-tiklagich-gazni qizdirish; 8-qoldiq gaz; 9- tiklagich-gaz aylanishi konturi; 10-tabiiy gaz; 11- SO2 dan yuvish uchun qurilma;12- sovituvchi gaz aylanishi konturi; 13- yuvadigan sovitgich; 14-reaktor
Tozalangan gaz absorberning yuqori qismi orqali chiqadi. Ifloslangan yuvish eritmasi (boyitilgan) absorberning pastki qismi orqali chiqariladi. Bu eritma desorberdan kirgan “kamqiymat” eritmani issiqlik almashtirgichda oldindan qizdirish uchun qo‘llaniladi, so‘ngra qizdirilgan eritma desorberning yuqori qismiga beriladi. Desorber boylerini qizdirish uchun bevosita tiklash qurilmasi o‘rnatilgan bug‘li turbinalarning ishlangan bug‘laridan foydalaniladi. SO2 dan va absorbsiyalangan N2S qoldiqlaridan iborat bo‘lgan ajralib chiqqan kislotali gaz desorberning yuqori qismidan so‘rib olinadi, kondensatorda sovitiladi va atmosferaga chiqariladi yoki iste'mochilarga tushadi.
Benfild usuli bo‘yicha CO2 dan yuvish qurilmasida energiya iste'moli gazdagi CO2 ning 10,5% boshlang‘ich miqdorida va uning 1,5% oxirgi miqdorida taxminan 0,856 GJ/t g‘ovak temirni tashkil etadi.
Energetik balansni aniqlashda (1.6-rasm) quyidagi nazariy sarflash ko‘rsatkichlaridan kelib chiqildi, GJ/t g‘ovak temir:
Texnologik gaz ............................................................................
|
4,730
|
Yonuvchan gaz (reformer) ........................................
|
2,629
|
Yonuvchan gaz (tiklagich-gazni qizdirish uchun qurilma).... ........
|
2,022
|
Sovituvchi gaz aylanishi konturiga qo‘shiladigan
|
|
tabiiy gaz .........................................................................................
|
1,231
|
Umumiy sarf .............................................................................
|
10,612
|
Bug‘ni ishlash uchun koloshnikli va sovituvchi gaz issiqligidan foydalanish tufayli SO2 dan yuvish qurilmasi uchun energiya umumiy sarfining 9,74 GJ/t g‘ovak temirgacha qo‘shimcha kamaytirishga erishish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |