Laboratoriya ishi №7 Mavzu: Fermentlarni yuqori temperatura ta’sirida
inaktivatsiyaga uchrashi Fermentlar oqsil tabiatli moddalar bo’lgani sababli, ular haroratga juda ta’sirchan bo’ladi. Fermentlar uchun optimal harorat 37-38°C ni tashkil qiladi. Haroratning oz miqdorda ko‘tarilishi, (40- 45°C gacha) fermentlarning faolligini oshiradi. Lekin keyingi qizdirish, ya’ni 50°C dan yuqori bo’lgan harorat, fermentning faolligini yo'qolishiga sabab bo‘ladi. Buning sababi, fermentning oqsil qismi yuqori haroratda denaturatsiyaga uchrashidir. Past haroratda esa ferment o‘z faolligini yo'qotmaydi, lekin shu haroratda faolligi kamayishi mumkin. Agar harorat ferment uchun optimal holgacha ko‘tarilsa, fermentning faolligi yana tiklanadi.
Reaktivlar: a) 5 marta suyultirilgan so’lak, b) 1% li kraxmal; d)yodning kaliy yodiddagi eritmasi (Lyugol eritmasi); e) Trommer reaksiyasi uchun kerak bo’lgan reaktivlar: 5%li o‘yuvchi natriy, 5%-li mis sulfat (tajriba probirkalariga avval o‘yuvchi natriy qo'shiladi, so‘ngra tomchilatib mis sulfatdan solinadi va past olovda qaynaguncha qizdiriladi).
Ishning bajarilishi: 2 ta probirkaga 1 ml dan suyultirilgan so‘lak solinadi. Ulardan bittasi past olovda 2-3 minut davomida qaynatib olinadi. Shundan so‘ng har ikkalasiga 1 ml dan kraxmal eritmasidan solib, 10 minut 38°C li termostatga qo'yiladi. Keyin har ikkala probirkadagi suyuqlik ikkiga bo’linib, Trommer va Lyugol reaksiyalari o'tkaziladi. Shuni aytish kerakki, qaynatilgan so’lakli probirkada kraxmalning fermentativ gidrolizi bo’lmaydi.
Fermentlarning spetsifikligi Fermentlarning spetsifik ta’sir qilishi eng muhim xossalaridan biridir. Har bir ferment ma’lum bir moddaga yoki tuzilishi jihatdan o'xshash bo’lgan moddalar gruppasiga ta’sir qiladi.
Quyidagi spetsifiklik turlari farqlanadi:
a) absolyut spetsifiklik, bunda ferment faqatgina bitta moddani 0‘zgarish reaksiyasini katalizlaydi. Mas.,' ureaza (karbamidamido- gidrolaza) mochevinani ammiak va uglerod (ll)-oksidigacha gidrolitik parchalanishini katalizlaydi;
b) gruppali spetsifiklik, bunda ferment tuzilishi jihatdan o‘xshash bo'lgan moddalarning o‘zgarish reaksiyalarini katalizlaydi. Mas., saxaroza (P-fruktofuranozidaza) saxarozani gidrolitik parchalab, bunda glyukoza va fruktoza hosil bo'ladi, lekin shu ferment trisaxarid rafinozaning (ᾳ-galaktozido-ᾳ-glyukozido-ß-fruktozid) gidrolitik parchalanishini katalizlaydi va bunda faqatgina fruktoza molekulasi ajralib chiqadi, galaktoza bilan glyukoza orasidagi bog' esa buzilmay qoladi.
nisbiy spetsifiklikka ega bo'lgan fermentlar ma’lum kimyoviy bog' hosil bo'lishi yoki parchalanish reaksiyasini katalizlaydi. Mas., lipaza fermenti glitserin turli xildagi yog' kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efir bog'larini suv ishtirokida uzadi, ya’ni ferment murakkab efir bog'lariga nisbatan spetsifiklikka ega.
stereokimyoviy spetsifiklik, bunda ferment moddaning faqatgina bitta stereoizomerining sintezlanishini yoki parchalanishini katalizlaydi. L- sut kislotasining pirouzum kislotasigacha oksidlanishi laktatdegidrogenaza fermenti orqali amalga oshiriladi, lekin o'sha protsess D- sut kislotasida boshqa ferment -d-laktatdegidrogenaza fermenti orqali amalga oshiriladi.