Laboratoriya ishi №7 Mavzu: Fermentlarni yuqori temperatura ta’sirida inaktivatsiyaga uchrashi


Katalaza fermentining faolligini aniqlash



Yüklə 65,99 Kb.
səhifə4/4
tarix11.10.2023
ölçüsü65,99 Kb.
#153781
1   2   3   4
portal.guldu.uz-Biokimyo lab

Katalaza fermentining faolligini aniqlash


Katalaza vodorod peroksidini suv va O2 ga aylanish reaksiyasini katalizlaydi:

Bu metod katalaza fermenti ta’siri tugagandan keyin qolgan H2O2 ni kaliypermanganat bilan titrlash yordamida aniqlashga asoslangan.
Asboblar va reaktivlar: Tarozi, termostat, 50 ml li kolbalar, byuretkalar, 100 ml li tagi tekis kolbalar, pipetkalar, voronkalar, filtr qog'oz, chinni hovoncha, maydalangan shisha, shisha tayoqcha, 1% li vodorod peroksid; 0,1 N li KMnO4, 0,1 M fosfat buferi (pH=6,8), 2 N li sulfat kislota.
Materiallar: barg, unayotgan urug‘.
Ishning bajarilishi: 5 g 0‘simlik bargidan yoki unayotgan
urug'dan olib, 5 ml fosfat buferi va maydalangan shishadan solib, shisha hovonchada yaxshilab maydalanadi.
Maydalangan massa 50 ml li kolbaga solinadi va fosfat bufer bilan 50 ml gacha yetkaziladi. Aralashma yaxshilab aralashtiriladi va 37°C li termostatga 15 minutga qo'yiladi va undan olib, aralashma filtrlanadi. Shundan so‘ng 2 ta tagi tekis kolba olib, har biriga 20 ml dan filtratdan solinadi. Birinchi kolbaga (kontrol) 5 ml 2 N-li H2S04 dan fermentni faolligini yo‘qotishi uchun solinadi. Keyin har ikkala kolbaga 20 ml dan suv va 3 ml dan 1% li H202 eritmasidan solinadi va 37°C li termostatda 15 minut ushlanadi. Vaqt o'tgandan keyin 2- tajriba kolbasiga 5 ml 2 N li H2SO4 solinadi, aralashtiriladi va kaliy permanganatning 0,1 M li eritmasi yordamida titrlanadi. Bunda och pushti rang hosil bo'lishi va 30 sekund davomida yo‘qolmasligi kerak.
Katalazaning faolligi quyidagi formula orqali hisoblanadi:

bu yerda A va B - titrlash uchun ketgan kaliy permanganatning miqdori, ml da, (kontrol va tajriba uchun ketgan miqdor).
K - 0,1 M kaliy permanganatni titrlash uchun kuzatish ko'rsatkichi;
C - aralashma hajmi, ml da;
Ci- — aniqlash uchun olingan aralashmani hajmi, ml da;
n - o'simlik materialining og‘irligi, g da;
t - vaqt, soatda.
Хulosa
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________________________________________________________________
________________________________________________________________
O’qituvchi nazorati: _____________________
Yüklə 65,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin