25- LABORATORIYA MASHG'ULOTI Eruvchanlik ko'paytmasi Ishning maqsadi: Tuzlarning eruvchanlik ko'paytmasini aniqlash.
Kerakli asbob va reaktiviar: probirka, voronka, filtr qog'ozi, stakan, mis sulfat, kalsiy xlorid. kumush nitrat, natriy xlorid, natriy sulfid, qo'rg'oshin asetat, qo'rg'oshin nitrat, natriy karbonat, kaliy yodid, kaliy xlorid, kaliy xromat, bariy xlorid, xlorid kislota, sirka kislota, marganes, temir, rux, kadmiy sulfatlari.
Ishning borishi: 1.Tajriba: Qiyin eriyd'igan moddalarning hosil bo'lishi. a) Probirkaga 1-2 ml mis sulfatning tuyingan eritmasidan solib, unga kalsiy xloridning konscntrlangan eritmasidan 2-4 tomchi qo’sning.Kalsiy sulfat kristallarini hosil bo'lishini tushuntiring. .
b) Probirkaga 1 ml miqdorda kumush nitrat eritmasidan solib, ustiga 1ml hajmda natriy xlorid eritmasidan quying, kumush xloridning oqchukmasi hosil bo'lishini kuzating. Hosil bo'Igan oq cho'kma ustiga tomchilatib natriy sulfifid eritmasidan qo'shing. Probirkadagi oq cho'kmaning qorayishini tushuntirib bering. Reaksiya tenglamasini yozing. Kumush xlorid bilan kumush sulfidning eruvchanligi haqida xulosa chiqaring. (Eruvchanlik ko'paytmasi jadvalidan foydalaning).
c) 2 ta stakanchaga 20 ml dan qo'rg'oshin nitratning 0,1 n eritmasidan soling. Ulardan biriga natriy xloridning 0,5 n eritmasidan 20 ml, ikkinchisiga natriy xloridning 0,5 n eritmasidan 5 ml va 15 ml distillangan suv quying. Stakanlarning qaysi birida cho'kma paydo bo'ladi?
d) Probirkaga 1 ml natriy sulfat, ikkinchisiga 1 ml natriy karbonat, uchinchisiga kaliy xromat eritmasidan quying va ustiga 1 ml bariy xlorid eritmasidan soling. Reaksiya tenglamalarini yozing va qanday sharoitda cho'kma hosil bo'lishini tushuntirib bering. Bariyning qaysi modda bilan hosil qilgan cho'kmasining eruvchanligi kam?
e) stakanchaga 10 ml dan qo'rg'oshin nitrat va kaliy xloridning 1 n eritmalaridan solib chayqating. Qo'rg'oshin xlorid cho'kmasini tindiring. Suyuqlikni filtrlang. Filtratni 2 qismga bo'ling. Bir qismiga kaliy xloridning 1 n eritmasidan 2-3 ml qo'shing. Nima sababdan qo'rg'shin xlorid cho'kmasi hosil bo'lmay, qo'rg'shin yodid cho'kmasi hosil bo'lishini tushuntirib bering (Jadvalga qarang).
2. Tajriba:Cho'kmalarni erish shartlari Ikkita probirka olib, har biriga 2 ml dan kaliy xromat eritmasidan quying va ustiga 2 ml bariy xlorid eritmasidan qo'shing. Nima kuzatiladi? Hosil bo’lgan cho'kmani voronkaga flltr qog'ozi qo'yib filtrlang. Probirkadagi cho'kmalardan birini ustiga 2 n li xlorid kislota, ikkinchiga 2 n li kislota eritmasidan 1 ml dan quyib chayqating va qaysi probirkada chukma ko'proq erishini kuzating. Reaksiya tenglamalarini yozing. Bariy xromatning eruvchanligini uning eruvchanlik ko'paytmasi orqali tushuntiring.
3.Tajriba:Metallarning birikmalarni hosil qillsh va ularning eruvchanligi.
Birnecha probirkalar olib, ular 1 ml dan: kaliy xlorid, rux sulfat, marganes sulfat, temir sulfat, kadmiy sulfat, mis sulfat,qo'rg'shin nitrat vakaliy xlorid eritmalaridan quyib, ustiga 1 ml atrofida ammoniy eritmasidan tomizing. Qaysi birida cho'kma hosil bo'ladi? Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli ko'rinishda yozing. Hosil bo'lgan cho'kmalarning rangiga e'tibor bering. Cho'kmalarni shisha voronkaga filttr qog'ozi qo'yib filtrlang. Cho'kmalarning ustiga 2 n li xlorid kisloia quyib eriting. Qilingan tajribalar asosida sulfidlarni uch guruhga bo'ling.
suvda eriydigan sulfidlar.
amalda suvda erimaydigan sulfidlar.
c) na suvda, na xlorid kislotada erimaydigan sulfidlar. Eruvchanlik ko'paytmasi bo'yicha cho'kmalarni xlorid kislotada erish yoki erimasligini tushuntirib bering.