Galogenlar. Oltingugurt va fosforni aniqlash
Molekula tuzilishida galogeni bor organik dori moddalar miqdorini ayni
galogen asosida aniqlash, farmatsevtik tahlilda katta ahamiyat kasb etadi.
Shuning uchun ham shu guruh preparatlar miqdorini ular tarkibidagi galogen
asosida aniqlashda mineralizatsiyalash
usulini tanlash muhim ahamiyatga ega.
Ba’zi dori moddalar tarkibidagi galogen uglerod atomi bilan birmuncha kuchsiz
birikkan bo'lib, odatda, ular dastlabki kuchli va
chuqur minerallashni talab qilmay, balki ulaming chinligi va miqdorini bevosita
aniqlash mumkin bo'ladi. Masalan, yodoformni
aniqlashda, uning ma’lum miqdor spirtdagi eritmasiga kumush nitratning 0,1
mol/1 li eritmasidan (aniq miqdorda) ortiqcha qo'shib,
yarim soat davomida suv hammomida qizdiriladi, so'ngra sovitilgan
suyuqlik tarkibidagi kumush nitratning ortiqchasi temir ammoniyli achchiqtosh
indikatori ishtirokida eritma qizil rangga o'tgunga
qadar, ammoniy rodanidning 0,1 mol/1 li eritmasi bilan titrlanadi:
CH1 3 + 3AgN03 + 2 H2 0 -> 3 Agl 4. + 3HN03 + HCOOH
AgN03 +N H 4 SCN ->• AgSCN 4, + NH4 N 03
FeNH4 (S04 ) 2 +3NH4SCN ->• Fe(SCN) 3 +2(N H4 )2 S 0
Bu usul bo'yicha dopan, sarkolizin, xlorbutil kabi preparatlar
miqdori ham aniqlanadi. Tarkibida galogen elementi saqlovchi preparatlar
miqdorini aniqlashda, ulami faqatgina natriy yoki kaliy gidroksid eritmasi bilan
qizdirib, gidrolizlash kifoya qiladi. Masalan,
bromizoval miqdori uning tarkibidagi brom asosida quyidagi kimyoviy
tenglamaga ko'ra natriy gidroksid eritmasi ta’sirida, qizdirish
yo'li bilan gidrolizlab aniqlanadi:
Keyinchalik reaksiya natijasida ajralib chiqqan brom ionini nitrat kislotali
muhitda kumush nitratning ortiqchasi bo'yicha Folgard
usuli yordamida aniqlanadi.
Ba’zi organik dori moddalarida galogenlar uglerod atomi bilan
birmuncha mustahkam birikkan bo'ladi. Bu ayniqsa, galogen saqlovchi
aromatik qator preparatlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Ayni
hollarda ular tarkibidagi galogenlami ionogen holatiga o'tkazish birmuncha
murakkab va maxsus sharoit talab qiladi. Bunday preparatlar, odatda,
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari yordamida minerallashtiriladi. Oksidlash
yo'li bilan minerallashga asoslangan usul
bo'yicha tarkibida yod saqlagan bilignost, kardiotrastga o'xshash
preparatlami aniqlash tavsiya qilinadi. Bunda ma’lum miqdorda
olingan preparatni, awal sulfat kislota ishtirokida kaliy permanganat bilan
oksidlab, undagi organik birikkan yodni, yodat holatiga o'tkaziladi:
Yod saqlovchi + KM n04+ H2S 0 4—»K2S 0 4 + M nS04+H I03 + H20 + ...
organik birikma
Aralashmadagi kaliy permanganatning ortiqchasi suyuqlik rangsizlanguniga
qadar, unga tomchilab natriy-nitrit eritmasi qo'shish
yordamida parchalanadi:
2KMn04 + 5NaN02 • 3H2 S 0 4 -»• K2 S0 4 + 2MnS04 + 5NaN03 + 3H20
Reaksiyaning navbatdagi bosqichida eritmaga qo'shilib qolgan
ortiqcha natriy nitrit mochevina yordamida parchalanadi:
O
H2N - C - NH2 + 2NaN02 + H2 S0 4 -► K2 S 0 4 + 2 N 2 | + C 02 T + 3H20
' Reaksiyaning oxirgi bosqichida suyuqlikka kaliy yodid eritmasi qo'shiladi va
reaksiya natijasida ajralib chiqqan erkin yod, kraxmal indikatori ishtirokida
natriy tiosulfatning 0,1 mol/1 eritmasi bilan
titrlanadi:
KIO3 + 5KI + 3H2S04 — 3I2 + 2K2S04 + 3H20
Organik dori moddalar tarkibidagi galogen elementlar miqdorini yana ularni
qaytarish reaksiyasi yordamida ionogen holatiga
o'tkazib aniqlash ham farmatsevtik tahlilda keng qo'llanadi. Bu usul
bo'yicha qaytarish reaksiyasi rux kukuni ishtirokida kislotali yoki
ishqoriy muhitda olib boriladi. Masalan, bromkamforaning miqdorini
aniqlashda uning spirtdagi eritmasini kaliy gidroksid eritmasi, mis
(II) sulfat katalizatori va rux kukuni bilan qizdirish yordamida organik birikkan
bromni ionogen holatigacha qaytariladi:
Keyinchalik reaksiya natijasida ajralib chiqqan brom ioni Folgard usuli bo'yicha
aniqlanadi. Qaytarish reaksiyasi bilan preparatlar
tarkibidagi organik birikkan galogenni noorganik holatiga o'tkazib,
so'ngra uni argentometriya usulida aniqlash, bilignost, triombrin,
yopanoy kislota kabi tarkibida yod saqlovchi rentgenokontrast preparatlar
miqdorini aniqlashda ham qo'llanadi.
Hozirgi vaqtda tarkibida organik birikkan galogen, oltingugurt,
fosfor saqlagan preparatlar miqdorini kislorod atmosferasida kuydirish yo'li
bilan minerallab aniqlash keng qo'llanmoqda. Bu usulning
mohiyati shundan iboratki, molekulasida yuqorida nomi keltirilgan elementlarni
saqlagan biror preparatning ma’lum miqdori kul
qoldirmaydigan «kulsiz» filtr qog’ozga o'ralib, maxsus yasalgan kolbada (DF
XI; I jild, 182-bet) kislorod atmosferasida kuydirib parchalanadi. Buning
natijasida hosil bo'lgan kuyindi mahsulot, kolbaga
oldindan solib qo'yilgan yutuvchi suyuqlikka tushib eriydi. Shundan
so'ng undagi elementning ioniga xos reaksiya va usullar yordamida
'Chinligini yoki miqdorini aniqlash mumkin.
Tahlil qilinayotgan preparatni kuydirish jarayonida hosil
bo'ladigan elementning qaysi shaklda ajralib chiqqani va uning
xossasiga qarab, yutuvchi suyuqlik tanlab olinadi. Masalan, xlor va
brom saqlovchi organik preparat miqdorini kislorod atmosferasida
kuyditib aniqlashda, yutuvchi suyuqlik sifatida kolbaga 6 %li vodo124
rod peroksid eritmasi solinadi. Kuydirish jaryoni tugagach, kolbadagi yutuvchi
suyuqlikni 0,1 mol/1 li natriy gidroksid eritmasi bilan
bromfenol ko'ki ishtirokida sariq rangdan ko'k rangga o'tgunga
qadar neytrallanadi. So'ngra eritmadagi xlor yoki brom ioni kuchsiz nitrat
kislotali muhitda, difenilkarbazon indikatori ishtirokida,
simob (II) nitratning 0,1 mol/1 li eritmasi bilan suyuqlik sariq rangdan och
binafsha rangga o'tgunicha titrlanadi.
Bu yerda shuni ham aytib o'tish kerakki, tahlil qilinayotgan preparatlardagi
organik birikkan xlor va brom kuydirib parchalash jarayonida oksidlanib, turli
kislorodli birikmalarga o'tib ketishi mumkin.
Shuning uchun ham ulami xlor va brom ioni holiga o'tkazish maqsadida
yutuvchi suyuqlik sifatida olingan vodorod peroksidning qaytaruvchanlik
xossasidan foydalaniladi:
ШСО + H2 0 2 - » HCI + H20 + o 2 T
HCI + NaOH -» NaCl + H20
Keyinchalik galogen ionlari yuqorida keltirilgan kimyoviy tenglama bo'yicha
merkurimetrik usulda aniqlanadi. Tarkibida yod elementini saqlovchi organik
dori moddalami kislorod atmosferasida
kuydirish usuli bo'yicha parchalab aniqlashda, yutuvchi suyuqlik
sifatida 0,2 mol/1 li natriy gidroksid eritmasi ishlatiladi. Preparatni
kuydirish jarayoni tugab bo'lgach, unga 25 ml 10 %li kaliy atsetatning
konsentrlangan sirka kislotasidagi eritmasi, 15 tomchi brom, 40
ml suv va keyin esa suyuqlik rangsizlangunicha (erkin bromni HBr
ga o'tkazish maqsadida), tomchilab chumoli kislotasining 85%li
eritmasi qo'shiladi. So'ngra suyuqlikka 20 ml 0,05 mol/1 li sulfat
kislota eritmasi va 0,5 g kaliy yodid qo'shib, besh minutga qorong'i
joyga qo'yiladi va natijada ajralib chiqqan erkin yod natriy tiosulfatning 0,1
mol/1 li eritmasi bilan titrlanadi:
HIO + NaOH -» NalO + H20
NalO + 2Br2 + 2H20 -» Ш 03 + ЗНВг + NaBr
Br2 + HCOOH - 4 2НВг + C 02 T
H103 + 5K1 + 3H2 S 0 4 3I2 + 2K2 S 0 4 + KHS04 + 3H20
125
Tarkibida ftor saqlagan organik dori moddalami kislorod atmosferasida
kuydirish yo'li bilan aniqlashda, yutuvchi suyuqlik sifatida
tozalangan suv olinadi. Preparatni kuydirib bo‘lgach, suyuqlikka 40
ml suv, 0,6 ml alizarin qizil «С» eritmasi va undagi rang qizil rangiga
o‘tgunicha tomchilab 0,1 mol/1 natriy gidroksid eritmasi qo'shiladi. So‘ngra
suyuqlikka 2-3 tomchi 15 %li nitrat kislota qo'shib,
sariq rangga o'tkaziladi. Suyuqlikning pH qiymatini 3,0 ga keltirish
maqsadida unga 3,5 ml monoxloretan kislota va uning natriyli tuzidan iborat
bufer eritma qo'shib, so'ngra toriy nitratning 0,005 mol/1
eritmasi bilan suyuqlik pushti rangga o'tguniga qadar titrlanadi:
Me’yoriy hujjat ftor saqlovchi organik dori moddalarini kislorod atmosferasida
kuydirish orqali undagi ftomi ion holatiga keyin
esa aclizarin C va toriy nitrat eritmalari ta’sirida rangii kompleks
birikmaga o'tkazib, fotokolorimetrik usul bo'yicha aniqlashni tavsiya qiladi.
Farmatsevtik tahlilda kislorod atmosferasida kuydirish usuli
oltingugurt va fosfor saqlagan organik dori moddalarini aniqlashda
ham keng qo'llanilmoqda.
126
Oltingugurt saqlagan organik dori moddalarini kislorod atmosferasida kuydirish
usuli bilan aniqlashda yutuvchi suyuqlik sifatida
xlor va brom elementlarini aniqlashdagi kabi 6 % vodorod peroksid
olinadi.
Kuydirish jarayoni tugagach, kolbadagi suyuqlik 4—5 ml qolgunga qadar
qizdirib, bug‘latiladi. Bunda vodorod peroksid preparatning parchalanishidan
hosil boMgan oltingugurtning past valentli birikmalarini, jumladan, sulfit
angidridni sulfat angidridgacha
oksidlaydi.
So‘ngra sirka kislota, spirt va 2 tomchi metil ko‘ki va toron eritmalaridan iborat
qo‘sh indikator ishtirokida suyuqlik sariq-yashil
rangdan pushti rangga o‘tgunga qadar, bariy nitratning 0,01 mol/1
eritmasi bilan titrlanadi.
Oltingugurt saqlagan organik modda ——>S02 +S0 3 + ...
s o 2 + h 2 o 2 - » h 2 s o 4
H2 S04 +Ba(N03 ) 2 -» BaS04 i +2HN03
Fosfor elementi saqlovchi organik dori moddalarini kislorod
atmosferasida kuydirish usuli bo‘yicha aniqlashda yutuvchi suyuqlik sifatida
0,1 mol/1 sulfat kislota eritmasi olinadi. Bunda kislorod
atmosferasida kuydirish jarayoni tugagach, suyuqlik natriy karbonat eritmasi
bilan neytrallanadi va undagi fosfat ionini baravar hajmda ammoniy molibdat
tuzining 50 %li eritmasi va konsentrlangan
sulfat kislota qo‘shib, sariq rangii H3P04- 12Mo03 birikmasiga o'tkaziladi.
Reaksiyaning oxirgi bosqichida suyuqlikka natriy sulfit va metol
eritmasidan tashkil topgan qaytaruvchi aralashma hamda natriy
atsetat qo'shiladi va natijada hosil boMgan ko‘k rangii (molibden
ko‘kini) suyuqlikni 750 nm toMqin uzunligida spektrofotometrda
Dostları ilə paylaş: |