FAO ning ma’lumotlariga muvofiq jahon miqyosida mineral o’g’itlarga bo’lgan talab 2010─yilda 307,2 t ni tashkil qiladi, ulardan 170 mln t N, 70 mln t P2O5 va 60 mln t K2O dir.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda o’g’itlardan foydalanish jon boshiga 55 kg dan 145 kg gacha bo’lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda bu miqdor 7 kg dan 23 kg gacha boradi. Shunday qilib, jahon miqyosida mineral o’g’itlar ishlab chiqarish yaqin 20 yil ichida uch martaga oshishi kerak bo’ladi.
Mutaxassislarning hisoblariga ko’ra hosildorlik oshishi ko’rsatkichini taxminan 50% o’g’itlardan foydalanish hisobiga to’g’ri kelsa, qolgan 50% boshqa: agrotexnika, nav, sug’orish va h.k. usullar hisobiga to’g’ri keladi.
AQSH ning ilmiy─tadqiqot muassasalarining ma’lumotlariga ko’ra urushdan keyingi yillar mobaynida bu mamlakatda hosildorlikni oshishini 41% o’g’itlardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan bo’lsa, 15—20% gerbitsidlar va boshqa o’simliklarni muhofaza qilishda qo’llaniladigan kimyoviy moddalar evaziga, 15% agrotexnikaning takomillashuvi evaziga, 8% — gibrid urug’lardan foydalanish, 5%— 11 —18% sug’orish va boshqa omillar evaziga yuz berdi.
Hosildorlikni oshishi o’simliklar tomonidan oziqa moddalariga bo’lgan talabni oshiradi, shuning uchun har qanday ekinning hosildorligini qancha oshirish rejalashtirilsa, shuncha ko’proq miqdorda o’g’it talab qilinadi. Lekin shuni ham e’tiborga olish kerakki, hosildorlik o’g’itning oshirilishi bilan ma’lum bir me’yor chegarasidagina mutanosiblikka ega. Chunki har bir qishloq xo’jalik ekini turi va navi o’zida genetic mahkamlangan ichki oziqlanish me’yoridan ortiqcha o’g’itni o’zlashtira olmaydi. Aksincha hosildorlik pasaya boshlaydi va berilgan o’g’itlar iqtisodiy jihatdan o’zini oqlamaydi.
Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish ancha miqdordagi energiya xarajati bilan bog’liq. Masalan, hozirgi kunda yer kurrasi bo’yicha 600 ga yaqin NN3 sintezlaydigan qurilma ishlab turibdi. Bu qurilmalar tomonidan bir kecha─kunduzda 125 mln litr neftga ekvivalent bo’lgan energiya sarf bo’ladi. Shuning uchun dehqonchilikda o’g’it miqdorini oshirish uning oshiqcha ishlatiladigan miqdorining xarajati qo’shimcha hosil orqali iqtisodiy jihatdan qoplangandagina samara beradi.
Hozirgi kunda Respublikamizda 6 ta o’g’it zavodi (Chirchiq, 01─ maliq, Navoiy, Samarqand, Farg’ona, Qo’qon) faoliyat ko’rsatmoqda.