O’g’itlash sharoitida yuqori agrotexnikani qo’llash
27,4
18,3
Sug’orishni yaxshi yo’lga qo’yilishi yoki yog’ingarchilik miqdorini yetarli bo’lishi mineral o’g’itlarning hosildorlikni oshirishdagi samaradorligini kuchaytiradi.
Ko’p sonly tadqiqotlar natijasida azotli o’g’itlarning miqdori va shakllarini kuzgi bug’doy donining sifatiga ayniqsa donning oqsilga boy bo’lishiga ijobiy ta’sir etishi isbotlangan.
J. Sattorov tajribalari natijalariga qaraganda o’g’itlar paxta tolasining uzunligi, metrik nomeri, mustahkamligiga va chigitining yog’lilik darajasiga ham ta’sir qiladi. Masalan, sug’oriladigan tipik bo’z tuproqda G’o’za eng uzun tolaning N200 P140 K100 fonida hosil qiladi. Tolaning nisbatan yuqori darajada mustahkam bo’lishi ham o’g’itning N200 P140 K100 va N250 P175 K125 me’yorlarida ko’rinadi. Ammo bundan yuqori dozada esa paxta tolasining sifati pasayganligi aniqlangan. G’o’za chigitida yog’ miqdorining maksimal ko’payishi o’g’itning me’yori N200 P140 K100 da kuzatiladi. Yuqoriroq me’yorlartla esa chigitda yog’ning miqdori nisbatan kamayadi.
D.N. Pryanishnikov go’ngga nisbatan noto’g’ri munosabat mineral o’g’itlar tarkibidagi oziqlanish eleinentlariga nisbatan no’to’g’ri munosabatdir, deb hisoblardi.
Organik o’g’itlar birinchi navbatda ekinzorni to’g’ri o’g’itlash tizimining eng muhim elementlaridan biridir. Ilmiy─tadqiqot muassasalarining ma’lumotlariga ko’ra, noqoratuproq voha (zona) da 1 ga maydonga 20─30 tonna go’ng solinganda donli o’simliklarning har gektaridan qo’shimcha ravishda 6—7 sentner kartoshkadan 60—70 sentner, g’o’za o’simligidan 5 ─6 sentner, ildizmevalilardan 150 sentner, silos ekinlaridan 150—200 sentner hosil olinadi. Go’ngning ijobiy ta’siri 4 ─5 yilgacha davom etadi. Bu yillar davomida uning har bir tonnasi hisobiga 1 sentner (ko’rsatkichni donga aylantirilganda) ga teng bo’lgan qo’shimcha qishloq xo’jalik mahsuloti olinadi.