MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
18
BAKTERIYALARGA ANTIBIOTIKLARNING TA’SIR MEXANIZMI.
ANTIBIOTIKLARGA CHIDAMLI BAKTERIYALAR HAQIDA
Ahmedova Saodat Toshboltayevna
1
1
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filliali
Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya fani asisstenti
ahmedova@gmail.com
Aminova Mohinur Normurod qizi
2
2
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filliali Davolash fakulteti talabasi
aminovamohinur133@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.7179645
Annotatsiya: Ushbu maqolada bakteriyalarga batafsil to’xtalib, antibiotiklarning
bakteriyalarga ta’sirini o’rganamiz. Bundan
tashqari ushbu maqolada
antibiotiklarga chidamli bakteriyalar haqida toxtalib, antibiotiklarga chidamli
bo’lgan bakteriyalarni o’rganib chiqamiz
Kalit so’zlar: Antibiotik,
bakteriya, penitsillin, mikrob, mikroorganizm
Abstract: In this article, we will focus on bacteria in detail and study the effect of
antibiotics on bacteria. In addition, in this article
we will focus on antibiotic-
resistant bacteria and study bacteria that are resistant to antibiotics
Key words: Antibiotic, bacteria, penicillin, microbe, microorganism
Аннотация: В этой статье мы подробно остановимся на бактериях и
изучим влияние антибиотиков на бактерии. Кроме того, в этой статье мы
сосредоточимся на устойчивых к антибиотикам бактериях и изучим
бактерии, устойчивые к антибиотикам.
Ключевые слова: антибиотик, бактерии, пенициллин, микроб,
микроорганизм.
Antibiotikning ta'sir mexanizmi muayyan mikroorganizm turining hayoti uchun
favqulodda muhim bo‘lgan biror kimyoviy reaksiyani sekinlashtirish yoki, uni
butkul to‘xtatib qo‘yishga asoslanadi. Natijada, antibiotik ta'siriga
tushgan
mikrob populyatsiyasi halok bo‘lishi kerak. Masalan, penitsillin bakteriyalarning
yangi hujayra qobiqlarini shakllanishida ishtirok etuvchi molekulalarni
reaksiyaga kirishishdan to‘xtatib qo‘yadi. Natijada, mikroblarning tanasini
tashkil qiluvchi hujayralari qobiqsiz qoladi va nobud bo‘ladi. Qo‘pol o‘xshatish
bilan
aytish mumkinki, penitsillinning mikroblarga ta'sirini, xuddi, kalit uchiga
saqich yopishtirilganiga taqqoslash mumkin. Tasavvur qiling, shunday kalit
eshikdagi
teshikka kira olmay, aksincha, kalit teshigida yopishib qoladi va
natijada eshikni ocholmaydigan qilib qo‘yadi. Penitsillin odam va hayvonlarga
ta'sir qilmasligining
oddiy sababi shundaki, bizning hujayralarimizning tashqi