MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
20
Mikroorganizmlarning muayyan populyatsiyasida oz sonda bo‘lsa ham shunday
tuzilishga ega a'zolar bo‘ladiki, ularning molekulyar tuzilishi va shakli, bemor
tanasiga yuborilgan antibiotiklarning ta'sir mexanizmiga mos kelmaydi.
Natijada, antibiotik bilan davolash kursidan so‘ng aynan o‘sha
oz sondagi
bakteriyalar yashab qoladi. Ular dastavval oz sonda bo‘lgani sababli, yangi
kasalliklar qo‘zg‘atishga qodir bo‘lmaydi. Lekin, mazkur oz sonli a'zolari bilan
yashab qolgan populyatsiya yashashda va ko‘payishda davom etadi.
Bir necha
avlod davomidan keyin, o‘sha populyatsiyada tabiiy tanlash qonuniyatlari
asosida antibiotiklar ta'siriga beta'sir bo‘lgan a'zolar soni ko‘pchilikni
tashkil
qila boshlaydi. Oxir-oqibatda, ushbu populyatsiyaning aynan bir antibiotikka
nisbatan ta'sirlanmaydigan butun boshli yangi avlodi shakllanadi. Mikroblar shu
tariqa evolyutsiyalanib, yangidan-yangi tur vositasida
odamzotga va xususan,
ilm-fanga qarshi chiqaverardi.
Yana bir bora ta'kidlab o‘tish joizki, mikroorganizmlarning muayyan aniq bir
antibiotik turiga nisbatan chidamlilik effekti ularning faqat bir necha avlodi
almashishidan keyingina yuzaga chiqadi. Buning
uchun esa muayyan vaqt
ketadi. Boz ustiga, alohida olingan bir dona bakteriya bir o‘zi antibiotikka
nisbatan mustaqil immunitet shakllantira olmaydi. Chunki,
har qanday
organizmning molekula shakli genetik darajada oldindan belgilanadi va uning
hayoti davomida shakl o‘zgarishlariga uchramaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya,
immunologiya,
virusologiya. T.,.
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
2.
Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya
shkola».
2003.
3.
Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo
«Meditsina» 1980.