Antibiotiklarga chidamli bakteriyalar haqida


MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix23.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#120285
1   2   3
MMMS1505

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
 
International scientific-online conference 
19 
qoplamasi, ya'ni, qobig‘i, mikroorganizmlarning hujayra qobig‘idan mutlaqo farq 
qiladi. 
Mikroblarning antibiotiklarga nisbatan chidamliligini o‘rganishga oid klassik 
eksperimentni 1952-yilda AQSHlik genetik olimlar Joshua va Ester Lederberglar 
o‘tkazishgan. Bunda, avvaliga Petri chashkalaridagi oddiy ozuqaviy muhitda 
muayyan bakteriyalar koloniyasi o‘stirilgan. Keyin esa, koloniyani qismlarga 
ajratib, ozuqa muhitiga penitsillin qo‘shilgan sharoitdagi boshqa chashkalarga 
ko‘chirilgan. Shunda, koloniyalarning aksariyat qismi yangi muhitda penitsillin 
mavjudligi sababli, qirilib ketgan. Lekin, muayyan juda oz sonli koloniyalar 
baribir yashab qolgan. Keyin esa, bu shunchaki tasodif emasligini isbotlash 
uchun, olimlar penitsillinsiz ozuqa muhitida o‘stirilgan eng birinchi - 
boshlang‘ich koloniyadan namuna olib, o‘sha yashab qolgan koloniya yoniga 
ko‘chirib o‘tqazishgan. Natijada, yashab qolgan va antibiotik ta'siriga 
uchramagan koloniya oldida, garchi avval bunday ta'sirga uchramagan bo‘lsa-da, 
yangi qo‘shilgan a'zolar ham barqaror yashab ketgan. Keyingi kuzatishlar esa 
shuni ko‘rsatdiki, endi bu koloniya shunchaki yashab qolishdan tashqari, uning 
keyingi avlodi penitsillinli muhitda bemalol o‘sib, rivojlana boshlagan. Ushbu 
tajriba, mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligi mexanizmi aslida 
tabiiy tanlash qonuniyatiga asoslanganini ko‘rsatib berdi. 
Qizig‘i shundaki, muayyan populyatsiyaning o‘ziga qarshi bo‘lgan 
zararkunandasi yoki kushandasiga qarshi chidamliligi effekti faqat 
mikroorganizmlarda emas, balki, yuksak organizmlarda ham kuzatiladi. 
Masalan, hashoratlar vaqt o‘tishi bilan pestitsidlarga nisbatan, o‘simliklar esa 
gerbitsidlarga nisbatan bardoshli bo‘lib qoladi. Bu o‘rinda ham, ta'sirga 
beta'sirlashish mexanizmi mikroorganizmlardagi singari kechadi. Ya'ni, 
populyatsiyaning muayyan alohida bir a'zolari tanasida pestitsid yoki, gerbitsid 
ta'siriga beta'sir kimyoviy o‘zgarishlar mavjud bo‘ladi va populyatsiyaning 
aynan o‘sha qismi yashab qoladi. Masalan, bu kimyoviy o‘zgarish hashorat yoki 
o‘simlik tanasidagi qandaydir noyob bir molekula bo‘lib, u pestitsid yoki 
gerbitsid molekulasini neytrallab qo‘yishi mumkin. Yoki, o‘sha hashorat yoki, 
o‘simlik tanasida maxsus bir kimyoviy modda shakllanib, pestitsid yoki gerbitsid 
molekulasini tanaga tushishi bilan, hali uning ta'siri boshlanmasidan avvali, uni 
hujayralardan darhol yana qayta chiqarib tashlashi mumkin. Natijada, tabiiy 
tanlash asosida, populyatsiyaning shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan a'zolari 
yashab qoladi va keyingi avlod ulardan tarqaladi. Ulardan tarqagan keyingi 
avlod esa, endi ushbu foydali xossaga to‘liq ega bo‘ladi va endilikda mazkur tur 
o‘ziga qarshi zararkunandalarga chidamli bo‘lib qoladi. 



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin