1. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimining mohiyati va tarkibi.
2. Xalqaro valyuta-kredit tizimining rivojlanish bosqichlari.
3. Xalqaro valyuta-kursining turlari
4. Yevropa valyuta-kredit tizimi.
5. Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari.
Mustaqillik yillari davrida respublikamiz iqtisodiyotida katta tuzilmaviy o'zgarishlar ro'y berib, mamlakatimiz iqtisodiy jihatdan rivojlangan, sanoati va qishloq xo'jaligi eksportga yo’naltirilgan davlatga aylandi. O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida jahonga tanilgan birinchi kunidanoq tashqi iqtisodiy aloqalarga katta e'tibor berib kelindi. Hech bir davlat tashqi iqtisodiy aloqalarsiz mukammal rivojlana olmaydi. Shu sababli xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, qo'shma korxonalarni barpo etish va iqtisodiyotga chet el sarmoyalarini jalb etish uchun O’zbekiston Respublikasida keng imkoniyat hamda sharoitlar yaratib qo'yildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi "Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida"gi PF-2564 raqamli Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 24 martdagi "Bank tizimini isloh qilishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi 104-raqamli qaroriga asosan respublika iqtisodiyotida olib borilayotgan erkinlashtirish jarayonlari chuqurlashdi, moliya bozori shakllandi va undagi operatsiyalar ko'lami o'sib, ishtirokchilarining soni ham ortdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar mustaqil sub’ektlar sifatida tashqi iqtisodiy aloqalarga kira oladigan bo'ldi..