Analitik kimyodan organik reagentlarning ishlatilishi Reja: Organik reagentlar



Yüklə 4,08 Kb.
tarix15.11.2022
ölçüsü4,08 Kb.
#69235
Analitik kimyodan organik reagentlarning ishlatilishi Reja Orga


Analitik kimyodan organik reagentlarning ishlatilishi Reja: Organik reagentlar. Organik reagentlarning tahlilda qo’llanilishi

Analitik kimyodan organik reagentlarning ishlatilishi

Reja:

1.Organik reagentlar.

2.Organik reagentlarning tahlilda qo’llanilishi.

3.Organik reagentlarning afzalligi va ishlatilish sohalari
Qator organik birikmalar muayyan, organik yoki anorganik moddalar bilan
reaksiyaga kirishgada analitik samara zohir bo‘ladi. Analitik samara namoyon etuvchi organik birikmalar organik reagentlar deyiladi.
Organik

reagentlarni


analitik
kimyoda qo‘llanishi, birinchi bor, 1885 y.
rus olimi M.A.Ilinskiy, Co
3+
ionini ochish

uchun, α-nitrozo, β-naftol reagentini qo‘llash bilan boshlangan


Organik reagentlarni taxlilda qo‘llanishi
Ko‘pchilik kation va anionlar kompleks xosil qiluvchi organik reagent yordamida ochiladi. Misollar:
Dimetilglioksim bilan Ni(II) kationi lola-qizil rangli cho‘kma xoil qilishi asosida ochiladi
lola-qizil rangli
nikel dimetil-glioksi-mati
Bu reaksiya yuqori sezgirlikga ega W=1:300000 t/ml, m=0,17 mkg.
Alizarin Al3+ kationi bilan filtr qog‘ozda qizil dog‘ – alyuminiy alizarinati xosil qiladi
m=0,5 mkg W=1:100000
Oksixinolin magniy ioni bilan sarg‘ish yashil magniy oksixinolyat cho‘kmasini xosil qiladi
m=0,25 mkg W=1:200000 sm3
Taxlilda qo‘llanadigan organik reagentlarga qo‘yilgan talablar. Organik reagentlar quyidagi talablarga javob berishi kerak.
Oz eruvchan kompleks birikma xosil qilishi.
Xosil bo‘ladigan kompleksning barqarorlik doimiysi katta bo‘lishi kerak β ≤ 10+8
Organik reagent suvda eruvchan bo‘lishi kerak.
Organik reagentlar ionlarni ochishdagina emas balki xalaqit beruvchi ionlarni niqoblashda xam ishlatiladi. Masalan Ni2+ kationini ochishga xalaqit beradigan Co2+ va Fe2+ kationlari uzumkislotasining tuzlari bilan barqaror tartarat kompleksiga bog‘lanadi. Tartarat anioni bilan niqoblangan Co2+ va Fe2+ kationlari Ni2+ ochilishiga xalaqit bermaydi.
Organik reagentlarning afzalligi va ishlatitish soxalari
Qator organik birikmalar muayyan, organik yoki anorganik moddalar bilan reaksiyaga kirishgada analitik samara zohir bo‘ladi. Analitik samara namoyon etuvchi organik birikmalar organik reagentlar deyiladi.
Organik reagentlarni analitik kimyoda qo‘llanishi, birinchi bor, 1885 y. rus olimi M.A.Ilinskiy, Co3+ ionini ochish uchun, α-nitrozo, β-naftol reagentini qo‘llash bilan boshlangan qizil qo‘ng‘ir cho‘kma
Organik reagentlarni anorganik ionlarga ta’siri qonuniyatlarini I.I.CHugaev ishlab chiqgan, shu sababdan bu ikki rus olimlari organik reagentlarni taxlilda qo‘llash asoschilari xisoblanadi.
Fanning mazkur soxasini rivojlantirish uchun I.P.Alimarin, A.K.Babko, Yu.A.Zolotovlar bilan bir qatorda o‘zbek olimlari Sh.T.Tolipov, Sh.T.G‘aniev, K.Raxmatullaevlar xam xissa qo‘shganlar.
Organik reagentlar kimyoviy taxlilni turli soxalarida taxlil usullarini osonlashtirish, tezlatish, sezgirligini oshirish maqsadlarida qo‘llanadi. Ular anorganik reagentlarga nisbatan qator afzalliklarga ega:
sezgirligi yuqori bo‘lgani uchun, boshqa usullarda ochib bo‘lmaydigan ionni ochish imkonini beradi,
aksariyat organik reagentlar o‘ta selektiv va spetsifik xossaga ega,
organik reagentlar, eritma pH qiymatiga ko‘ra o‘z rangini o‘zgartirishi indikator sifatida kata axamiyatga ega.
Ko‘rsatilgan afzalliklar sababli organik reagentlar analitik kimyoda keng qo‘llanadi.

E’tiboringiz uchun raxmat!


http://hozir.org
Yüklə 4,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin