yurak muskullarining kislorodga bo’lgan talabi va koronar qon tomirlardagi qon aylanishi orasidagi muvozanat buzilishi natijasida vujudga keladigan patologik holat.
Ushbu muvozanat buzilishi natijasida miokardda ishemiya yoki nekroz, ba’zi hollarda kardioskleroz rivojlanadi.
Yurak ishemik kasalliklari tasnifi
To’satdan yuz bergan koronar o’lim (birlamchi yurak to’xtashi)
Stenokardiya:
Koronar arteriyalardan qonning turli sabablarga ko’ra o’tmay qolishi, ishemik zona vujudga kelishi va og’riq sindromi bilan kechuvchi yurak ishemik kasalliklarining bir turidir.