Guliston davlat universiteti «pedagogika va psixologiya»



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix22.06.2020
ölçüsü1,42 Mb.
#31977
1   2   3   4   5   6   7   8
pedagogika va psixologiya


Risar  tarbiyasi.  Cherkovga  qarashli  maktablar  va  faqat  diniy  ruhdagi  tarbiya  endi  o’rta  asrlar  jamiyatiga 

hukmron bo’lgan harbiy-pomeshchiklar tabaqasiga  mansub dunyoviy feodallarning talablariga javob bera olmaydigan 

bo’lib  qoldi.  Yer  va  krepostnoy  dehqonlar  dunyoviy  feodallarning  xususiy  mulki  bo’lib,  bu  feodallar  krepostnoy 

dehqonlarni  shafqatsiz  va  ekspluatasiya  qilar  va  ularni  qurol  kuchi  bilan  o’zlariga  itoat  qildirar  edilar.  Ular 

dehqonlarning qo’zg’olonlarini bostirishda va boshqa mamalakatlarga qarshi urushlarda ishtirok qilardilar, o’zlarining 

yer,  suv  mulklarini  orttirish  maqsadida  doim  bir-biriga  hujum  qilish,  o’zaro  urush  qilardilar.  Shuning  uchun  ham 

dunyoviy feodallar muhitida risar fazilatlariga ega bo’lgan odam ideali vujudga keldi. Bu idealga muvofiq risar tajribali, 

mohir va mard jangchi, krepostnoy dehqonlarga nisbatan qattiqqo’l, shafqatsiz va ayni vaqtda feodal tabaqasiga mansub 

kishilarga  nisbatan oliyjanob, nazokatli, odobli, xushmuomalali, vijdonli,  fidokor va sodiq  odamdir.  Risar  ideali  bilan 

bir vaqtda alohida tarbiya tizimi, ya’ni risar tarbiyasi ham vujudga keldi. 

G’arbiy  Yevropada  XII-XIII  asrlarda  hunarmandchilik  va  savdoning  rivojlanishi  shaharlarning  o’sishiga  va  shahar 

madaniyatining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. shaharning asosiy aholisini tashkil qiluvchi hunarmand va savdogarlar 

o’z  bolalariga  amaliy  faoliyat  uchun  zarur  bo’lgan  bilim  berishga  manfaatdor  edilar.  O’sha  vaqtda  ishlab  turgan 

cherkovga  qarashli  diniy  maktablar  bunday  bilim  bermas  edilar.  Shu  sababli  sexda  birlashgan  hunarmandlar  va 

gildiyalarda  birlashgan  savdo  ishlab  turgan  cherkovga  qarashli  diniy  maktablar  sex  maktablari  va  gildiya  maktablari 

deyilar  edi.  Keyinchalik  esa  sex  va    gildiya  maktablari  magistrat  maktablariga,  ya’ni  shahar  boshqarmasi  (magistrat) 

harajatidagi maktablarga aylandi. 

Yevropada  dastlabki  universitetlar  hamda  Akademiyalarning  tashkil  topishi  va  ulardagi  ta’lim  tizimi. 

Yevropada  birinchi  universitetlar  XII  asrning  ikkinchi  yarmida  Italiyada  (Bolonya  shahrida),  Angliyada  (Oksford 

shahrida),  Fransiyada  (Parijda)  tashkil  qilindi.  Bu  universitetlar  dastlab  professor  va  talabalarning  mustaqil  idora 

qilinadigan uyushmasi (korporasiyasi)dan iborat  edi. Keyinchalik XIII asrda bu korporasiyachlar o’z-o’zini idora qilish 

huquqini  saqlab  qolgan  holda  davlat  tomonidan  rasmiy  tasdiqlandi.  Cherkov  esa  o’qituvchilik  huquqini  berishni  o’z 

ixtiyoriga  oldi.  Ana  shu  tariqa  universitetlar  rasmiy  o’quv  muassasasiga  aylanib  qoldi.  XIV  –  XV  asrlarda  kelib 

universitetlar Yevropa mamlakatlarining hammasida ochilgan edi. 

O’rta  asr  universitetlari  odatda  to’rtta  fakultetdan  tuzilgan  bo’lib,  tayyorlov  fakulteti,  yuritik,  medisina  va  teologiya 

(din)  aqidalari  fakultetlaridan  iborat  edi.  Tayyorlov  fakulteti  talabalari  yuqorida  aytilgan  trivium  va  kvadrivium 

tarkibiga kirgan fanlarni o’qir edilar. Tayyorlov fakultetida o’qish muddati odatda 6-7 yilgacha, asosiy fakultetlarda esa 

5-6 yilgacha chuzilar edi. 

Universitetlarning  vujudga  kelishi  va  ularning  rivojlanishi.  XII-XIII  asrda  bir  qancha  G’arbiy  Yevropa 

mamalakatlarida oliy ma’lumot beradigan o’quv yurtlari sifatida universitetlar paydo bo’la boshladi. Ularning vujudga 

kelishiga o’sha vaqtlarda ko’p Yevropaliklarning arab madaniyati (xususan, medisina va falsafa) bilan tanishuvi katta 

ta’sir  ko’rsatdi.  Bu  madaniyat  bilan  tanishishga  G’arbiy  Yevropa  feodallarining  XI  asr  oxirida  Sharqdagi  arab 

musulmon  mamlakatlariga  qarshi  boshlagan  harbiy  harakatlari  sabab  bo’ldi.  o’sha  zamon  arab  mamlakatlarida 

madaniyat  va  ma’rifat  G’arbiy Yevropadagi  madaniyatga  nisbatan ko’p jihatdan taraqqiy qilgan edi.  Xususan arablar 

tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab oliy o’quv yurtlari Yevropa universitetlari uchun 

ma’lum  darajada  namuna  bo’ldi.  Ispaniyada  arablar  barpo  qilgan  feodal  musulmon  davlatining  poytaxati  Kordova 

shahrida  tashkil  qilingan  arab  oliy  o’quv  yurtlarida  falsafa,  matematika,  astronomiya,  medisina  fanlari  o’qitilar  edi. 

Yevropaning turli mamalakatlaridan kelgan ko’p talabalar Kordovada o’qib, oliy ma’lumot olardilar. 

Shuningdek, katolik cherkov aqidalariga xilof bo’lgan turli diniy ta’limot va bid’at fikrlar ham Yevropada universitetlar 

tashkil qilinishiga ta’sir etdi, chunki mana shu bid’at fikrlarga qarshi kurash olib bora oladigan oliy ma’lumotli katolik 

ruhoniylarga ehtiyoj tug’ildi. Mavjud cherkov maktablari esa, bunday xodimlar tayyorlash vazifsini bajara olmas edilar. 

Katolik cherkoviga xilof diniy ta’limotlarning tarqalishi va rivojlanishi munosabati bilan katolik cherkovi maorif ishini 

batamom  o’z  qo’liga  olishga  majbur  bo’ldi.  Natijada  katolisizmga  sodiq  bo’lgan  oliy  malakali  o’qituvchilarga  ham 

ehtiyoj yuzaga keldi. 

Universitetlarning  paydo  bo’lishiga  yana  bilar  sabab  shu  ediki,  Yevropada  katta  davlatlar  barpo  qilinganligi  va 

markazlashtirilgan  monarxiya  hokimiyatining  kuchayganligi  munosabati  bilan  ilmli  va  yuksak  malakali 

huquqshunoslarga talab tug’ildi. Mazkur sabablardan tashqari XII-XIII  asrlarda G’arbiy Yevropa hayotida yuz bergan 

iqtisodiy,  madaniy  o’zgarishlar,  ya’ni  hunar  va  savdoning  rivojlanishi,  shaharlarning  o’sib  borishi  va  shunga  bog’liq 

holda  dunyoviy  shahar  madaniyatining  taraqqiy  qilib  borishi,  xalqaro  aloqalarning  kengayishi,  yoshlar  o’rtasida  oliy 

ma’lumot olish harakatini  tug’dirdi, bu hol o’z navbatida universitetlarning paydo bo’lishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 



Yan  Amos  Komenskiy.  Buyuk  chex  pedagogik  Ya.A.Komenskiy  1592  yil  28  mart  «Ugorskiy  Brod»  degan 

joyda  Moraviyada  tegirmonchi  oilasida  dunyoga  keladi.  Uning  oilasi  ruhoniy  «chex  qardoshlari»  jamoasiga  tegishli 

bo’lib,  o’zlarini  protestant  Yan  Gusning  davomchisi  deb  hisoblar  edilar.  U  o’rta  maktabni  tugatgach,  Gerbern 

universitetiga  (Germanida)  o’qishga  kiradi.  Uni  tugatgach  Geldelberg  univnrsitetida  leksiya  kursini  tinglaydi.  Bu 

universitetda o’sha davrda ilg’or professorlar ishlar edilar.  


 

1631  yil  o’qish  uchun  kitob  «Otkro’taya  dver  yazo’ka»  (Tillar  va  hamma  fanlarning  ochiq  eshigi)ni  yaratadi.  Bu 

asardan so’ng, Komenskiyning ko’p mamlakatlarda dong’i ketib ta’siri kuchayadi.  

1632  yili  Komenskiy  «Buyuk  didaktika»  degan  katta  pedagogik  asarni  tugatadi.  «Ona  maktabi»  degan  maktabgacha 

tarbiya  qo’llanmasi  asarini  bunyod  etadi.  «Ulug’  didaktika»  asarida  «pan,  sofiya  ideyasini»  (pan  grekcha  –  butun, 

hamma, sofiya – donolik, aqllilik) hamma narsani bilish hamma uchun bilim berish demakdir. 

Komenskiyning pandsofik ishi Angliyada qo’llab quvvatlanadi va 1641 yili Angliyaga keladi. Uni barcha mamlakatlar 

taklif  eta  boshlaydilar.  Shvesiyada  lotin  tili  darsligini  va  til  o’qitish  metodikasini  tuzadi.  1648  yilda  yana  ona  vatani 

Polshaning  Leshno  shahriga  qaytib  kelib,  o’qituvchilik  faoliyatini  davom  ettiradi.  U  Vengeriyada  maktablarni 

boshqaradi.  «Vidimo’y  mir  v  kartinkax»  ya’ni  «Hislar  vositasi  bilan  idrok  qilinadigan  narsalarning  sur’atlari»  degan 

asar yozib, o’qish ishini rasmlar bilan olib borishni ilgari suradi. 

Komenskiy  «Buyuk  didaktika»,  «Tillar  va  barcha  fanlarning  ochiq  eshigi»,  «Fizika»,  «Falakiyot»,  «Onalar  maktabi», 

«Lotin  tili  muqaddimasi»,  «Tillarning  eng  yangi  metodi»,  «O’yin  -  maktab»,  «Hislar  bilan  idrok  qilinadigan 

narsalarning suratlari», «Tinchlik farishtasi» kabi asarlarida o’zining muhim pedagogik g’oyalarini ifodalagan. 

«Buyuk didaktika» jahon pedagogikasining nodir asarlaridan biridir. Unda ta’lim nazariyasiga doir fikrlar bilan birga 

maktabgacha  va  maktab  yoshidagi  bolalarni  aqliy  va  axloqiy,  jismoniy  va  estetik  jihatdan  taribyalash  usullari  ham 

bayon  etilgan.  Barcha  o’g’il  va  qizlarga  ta’lim  berish  uchun  maktablar  ochish,  bolalarni  o’z  ona  tilida  o’qitish, 

tarbiyalash,  amaliy  hayotga  turmushga  tayyorlash,  xususiy  metodikalarni  takomillashtirish  masalalari  tahlil  qilingan. 

Shuningdek, ta’lim-tarbiyaning maqsadi, shart-sharoitlari, imkoniyatlari va amaliy ahamiyati ham keng o’rin olgan.  

«Buyuk didaktika» chex tilida yozilib, uning buyuk didaktika deb atalishi ham bejiz emas. Kitob unda tilga olingan va 

hal etilgan masalalarning ko’lami hamda ahamiyati jihatdan buyuk mumtoz asardir. 

Komenskiy  umrining  so’nggi  yillarini  xalqlar  o’rtasida  tinchlik  o’rnatish  uchun  xizmat  qilishga  bag’ishladi.  U  1667 

yilda  o’zining  «tinchlik  farishtasi»  nomli  asarini  yozdi.  Unda  davlatlar  o’rtasida  xayrihohlik  va  tinchlik  bo’lishi 

zarurligini bayon qildi va bunga erishishning muhim omillarini tavsiya etdi. 

Komenskiy 1670 yilda vafot etdi. 

Komenskiy ijodi pedagogika fanining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. Xususan, uning «Buyuk didaktika» nomli 

asari jahon tillariga, shu jumladan pedagogika fanlari doktori, professor M.Ochilov tomonidan o’zbek tiliga ham tarjima 

qilinib nashr etildi (1975).  

Ya.A.Komenskiy bolaning kamol topishini quyidagi davrlarga bo’ladi va shu davrga xos maktablarni ko’rsatadi:  

1. 


Go’daklik davri – ona maktabi; 

2. 


Bolalik davri – boshlang’ich maktab yoki ona tili xalq maktabi

3. 


O’smirnlik davri – lotin maktabi yoki gimnaziya

4. 


Yetuklik davri – akademiya va sayohat. 

Komenskiy maktablarning to’rt turini yilning to’rt fasliga o’xshatgan.  

Komenskiy o’quvchiga bilim berish bilan birga unda quyidagi sifatlarni tarkib toptirish zarurligini uqtirgan:  

1. 


Ovqat yeganda ham, kiyinishda ham tozalikka rioya qilish; 

2. 


Kattalarni hurmat qilish; 

3. 


Buyruq va taqiqlarga so’zsiz va sidqidildan itoat etish; 

4. 


Hamisha to’g’ri so’zlash, hyech qachon yolg’on gapirmaslik; 

5. 


Adolatli bo’lish, egasining roziligisiz biror narsani olib ketmaslik, hyech kimga, hyech qachon yomonlik 

qilmaslik, hyech narsaga suqlanib qaramaslik; 

6. 

Boshqalarni sevish, muhtojlikdan yordam so’ragan o’rtog’idan o’z narsasini ayamaslik. 



Komenskiyning  pedagogik  nazariyasida  ta’lim  o’qitish,  ya’ni  didaktika  katta  o’rin  egallaydi.  Uning  didaktikasida 

tabiiylik metodi asosiy rol o’ynab, bu metodning mohiyati, bolaning yoshini bilim hajmini, psixologik xususiyatlarini 

hisobga olib, darsni tabiat borlig’iga moslab o’tishdan iboratdir. «Buyuk didaktika»da didaktik prinsiplar berilib, dars 

jarayonida  o’qituvchi  qo’llashi  kerakligi  uqtiriladi.  Komenskiy  ko’rsatmalilik  prinsipini  nazariy  jihatdan  isbotlab, 

faqatgina  ko’rsatib  o’qitish  usuli  tariqasidagina  emas,  balki  barcha  sezgi  organlarini  narsa  va  hodisalarni  asosli  va 

yaxshi o’zlashtirib olishga jalb etish vositasi tariqasida keng ma’noda to’g’ri tushunadi. 

Ko’rsatmalilikni o’qitishning «oltin qoidasi» deb atadi. Ko’rsatmalilik prinsipida:  

a) bolaga real narsalarni ko’rsatish; 

b) dunyoni rasmlar orqali tushuntirish

v) narsalar modelini ko’rsatish; 

g) o’qituvchining so’zi kabi vositalar orqali ko’rsatishni uqtiradi. 

Komenskiy onglilik prinsipini o’qitishda ma’no-mazmunini tushunmay, og’zaki yodlashga qarshi chiqadi. 

U  ta’limning  tizimlilik  prinsipini  ham  ilgari  suradi.  O’qitilayotgan  material  o’quvchilarga  asosiy  qoidalar  tariqasida 

lunda  bayon  qilinishi  kerak.  O’qitishda  dalillardan  xulosalarga,  misollardan  qonunlarga  o’tish,  dalillar  va  misollarni 

qoidalar  tizimiga  solib,  umumlashtirib  berish  lozim,  aks  holda,  hodisalarning  tizimsiz  uyumi  hosil  bo’lib  qoladi. 

Konkretdan abstraktga, osondan qiyinga, umumiydan xususiyga o’tish kerak.  

Komenskiy  izchillik  prinsipida  kun,  oy,  yilga  vazifa  qo’yish  va  uni  amalga  oshirish  uchun  intilish  kerakligi  aytiladi. 

Bunda: a) aniq vaqtni belgilash, b) o’qishning bola yoshiga mos bo’lishi, v) material izchillik bilan o’rganilishi,  ya’ni 

bugungi material ertangi material bilan bog’lanishi va keyingi o’tiladigan materialga yo’l ochish kerak. 

Komenskiy  materialni  mustahkamlash,  asosli  o’zlashtirib  olishlariga  katta  ahamiyat  berib,  mustahkam  asos  vujudga 

keltirish, o’qitilayotgan narsalarni bir-biriga bog’lagan holda olib borish lozim deydi. 


 

10 

VII  asr  boshlarida  islom  g’oyasiga  asoslangan  Arab  xalifaligi  tashkil  topib,  bu  davlat  o’z  mavqyeini 

mustahkamlash  uchun  boshqa  mamlakatlarni  ham  zabt  etishni  biladi.  Butun  Arabiston  yarim  oroli  shuningdek,  Eron, 

Kavkaz orti, Suriya, Shimoliy Amerika, Janubiy Ispaniya xalifalik tarkibiga kiritildi. 

 

VII asr o’rtalaridan boshlab arablar Movarounnahrga ham hujum qilish rejasini tuza boshladilar. 



 

Arab  istilochilarining  birinchi  yurishi  651  yilda  Ubaydulloh  ibn  Ziyod  boshchiligida  amalga  oshirildi.  676 

yilda esa Said ibn Usmon rahbarligida Buxoro, So’g’diyona, Kesh, Nasaf shaharlariga hujum qilindi. 

 

Arab istilochilarining ikkinchi yurishi 705 yilda Xuroson hokimi Qutayba ibn Muslim tomonidan boshlandi. U 



706 yilda Zarafshon  vodiysiga yurish boshlab, Poykend, Buxoro, Samarqand, So’g’d, Farg’ona va boshqa shaharlarni 

qo’lga  kiritdi,  so’ng  Xorazmni  zabt  etdi.  Qutaybaning  istilochilik  yurishi  u  715  yilda  arab  qo’zg’alonchi  jangchilar 

tomonidan Farg’onada o’ldirilgandan so’ng to’xtadi. 

 

VIII asrning o’rtalariga kelibgina arablar Movarounnahrni zabt etishga to’la erishdilar. 



Xalifalar  istelochilar  siyosatni  o’tkazar  ekanlar,  barcha  xalqlar  ustidan  madaniy  ustinlik  o’rnatishga  harakat  qildilar. 

Chunki arab xalqi VII asr boshlarida o’ziga xos madaniyat, adabiy til yaratgan bo’lib, unda notiqlik va she’riyat yuqori 

darajada  qadrlangan.  Ayniqsa,  Qur’onning  o’zi  ajoyib  yuqori  adabiy  fazilatlarga  ega  bo’lib,  u  o’rta  asr  arab 

adabiyotining eng nodir adabiy yodgorliklari orasidan o’rin olgan. IX asrda tarkib topgan «Ming bir kecha» ertaklari esa 

jahon madaniyatining durdonalaridan sanaladi. 

 

Arab tili ham, o’z  navbatida, yangi  madaniyat  tili bo’lib  maydonga  chiqdi.  Bu madaniyat ham qadimgi arab 



madaniyati, shuningdek, arab davlati hududida yashagan boshqa xalqlar madaniyatining majmuasi edi. Arablar Yunon 

fanining  yutuqlaridan  amaliy  foydalandilar,  ularning  faylasuf  olim,  yozuvchilarning  asarlarini  tarjima  qildilar. 

Astronomiya,  tibbiyot,  kimyoga  oid  barcha  yirik  asarlar  arab  tiliga  tarjima  qilindi.  Hatto  arab  olimlari  sun’iy  oltin 

tayyorlash  vositasi  «falsafa  toshi»ni  izlaganlar  (Kimyo  fani  alkimyodan  boshlanib,  oltin  izlovchilar  «alkimyogarlar» 

deb atalgan). 

 

Yunonlardan  fanni  tasnif  etish  (klassifikasiya)  olinib,  fanlar  ikki  qismga:  nazariy  va  amaliy  qismlarga 



ajratiladi. Birinchi qismda uch bo’lim – tabiat to’g’risidagi fan, iloxiyot to’g’risidagi va matematika fanlari bo’lib, ular 

arifmetika, handasi, astranomiya va musiqa kiritilgan. Ikkinchi qism esa, etika, iqtisod va siyosatga bo’lingan. Hind fani 

arab    madaniyatiga,  asosan  arifmetika,  algebra,  tibiyotga  ta’sir  etgan.  Yevropaliklar  ham  sonlarning  Hind  nazariyasi 

bilan arablar orqali tanishganlar, Al Jabr (Algebra) degan arabcha nomni qabul qilganlar. 

 

Arablar  ulkan  davlat  barpo  etib,  giografiya  rivojiga  ham  ktta  ta’sir  ko’rsatdilar.  Masalan,  arab  mulklarining 



dastlabki xaritalari IX asrda tuzilgan bo’lib, ularda daryolar oqimi to’g’risida mufassal ma’lumotlar bo’lgan. Ispaniyada 

Markaziy Osiyo va Hind daryosigacha cho’zilgan musulmon duniyosi bu haritada batafsil ko’rsatiladi. Ko’p xududlarga 

arabcha nomlar beriladi. Xususan, Mavarounnahr ham arabcha bo’lib, “daryo orti” ma’nosini bildiradi. 

Arab  xalifaligida  yuz  bergan  ijtimoiy-siyosiy  o’zgarishlar,  yagona  islom  dinining  tarkib  topishi  madaniy,  ma’naviy 

hayotga ham ta’sir etadi. Unda katta ko’tarinkilik ruhini paydo qildi.  

 

Bu ko’tarinkilik butun arab halifaligini, Yaqin va O’rta Sharqni qamrab olganligi uchun Sharq Uyg’onish davri 



deb ataldi. Bu jarayon IX asrdan boshlanib, XV-XVI asrlargacha davom etdi. 

 

Arab  xalifaligida  IX  asrda  vujudga  kelgan  Uyg’onish  davri  xalifalikning  Bog’dod,  Damashq,  Xalab 



shaharlarida  boshlanib,  barcha  boshqa  xalqlar  madaniy  hayotiga  tarqalgan  bu  esa  u  davlatlarning  ham  madaniy 

rivojlanishiga  zamin  tayyorlagan.  Xalifalik  yemirilishi  natijasida  tashkil  topgan  mustaqil  davlatlardagi  madaniy 

rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi bo’ldi. 

 

Xalifa  Xorun  ar-Rashid  (786-833)  va  uning  o’g’li  Ma’mun  davrida  Bag’dodda  «Baytul  hikma» 



(Donishmandlik uyi) (hozir Akedamiya ma’nosida) tashkil etiladi. Mazkur Akademiya barcha ilm soxiblari to’plangan 

markazga  aylanadi.  Uning  qoshida  jahon  kutubxonasi  tashkil  etilgan,  rasadxona  ham  bo’lgan,  keyinchalik  yangi 

kutubxona qurilgan. Bog’doddagi mazkur ilm markazi, o’z navbatida Sharq va G’arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, 

ma’naviy  hayotning  yuksalishiga  ta’sir  etgan.  Bu  o’rinda  xalifa  Al-Ma’muning  ilm  fan  ravnaqida  ko’rsatgan 

xomiyligini alohida ta’kidlash joiz. 

 

Zero, xalifa Al-Ma’mun ilm-fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlarida xalifalikning Xurosondagi noibi bo’lgan 



vaqtida  ham  Movarounnahr  va  Xurosondagi  olimlarni  to’plab,  ularning  ilmiy  ijodiga  sharoit  yaratib  bergan.  Bular 

orasida  al-Xorazmiy,  al-Xuddalil,  al-Javxariy,  al-Farg’oniy,  al-Marvaziy  kabi  vatandosh  olimlarimiz  ham  bo’lgan,  al-

Ma’mun xalifalik taxtiga o’tirgach, u olimlarning barchasini Bog’dodga chaqirib oladi. 

 

Shuningdek, qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular Xox Yunon, xox arab, Movarounnahr va Xuroson 



xalqining  eng  qadimgi  antik  davrlar  madaniyati  bo’lsin,  uyg’onish  davri  madaniyatining  yaratilishi  va  rivojlanishiga 

asos bo’lib xizmat qilgan. 

 

Agar arablar O’rta Osiyoni bosib olib, bu yerda ilgari mavjud bo’lgan fan va madaniyat o’choqlarini yo’qotgan 



bo’lsalar,  ko’p  o’tmay,  qadimiy  ilmiy  an’ana  asta  sekin  tiklanib,  natijada  ilm-fanning  yetuk  siymolari  yetishib  chiqa 

boshlaydi. Ularning barchasining bir-biriga qo’shuluvi natijasida Sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana 

boshlaydi. 

 

Yaqin  va  O’rta  Sharqda,  jumladan  Eron,  Kavkaz  orti  vaO’rta  Osiyoda  savdo  aloqalarining  rivojlanganligi, 



xunarmandchilikning taraqqiy etishi, iqtisodiy va ma’naviy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi. Bu 

davr madaniy taraqqiyotida arab xalifaligiga bo’ysingan mamlakatlarning xo’jalik-iqtisodiy aloqalarining kuchayishi va 

uning  oqibatida  turli  madaniyatlar-hind,  O’rta  Osiyo,  Eron,  arab,  Yunon,  Rim  madaniyatlarining  yaqindan  o’zaro 

aloqasi va bir-biriga ta’sir etib borishi katta rol o’ynadi. 

 

Bu davrda qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yer maydonlari kengaydi, ko’plab sug’orish inshoatlari tiklandi 



va  yangilari  qurildi,  paxta,  zig’ir,  kanop  ekilib,  ular  tolasidan  mato  to’qilgan.  Movarounnahrda  xususan,  Urganch, 

 

11 

Farg’ona, Samarqand va Buxoro to’qimachilik maxsulotlari, ayniqsa Samarqanda va Buxoro shoyisi dunyoga mashxur 

bo’ldi.  

 

Qishloq  xo’jaligi  va  xunarmandchilik  sanoat  maxsulotlarini  ishlab  chiqarilishi  savdoni  rivojlanishiga  yo’l 



ochdi.  Natijada  Yaqin  va  O’rta  Sharq  mamlakatlarining  chet  davlatlar:  Ispaniya,  Hindiston,  Hitoy,  Vizantiya  bilan 

savdo ishlari ko’lami ortib bordi. 

Qarib bir yarim asr davomida xonavayron bo’lgan Movraunnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib mo’g’il istelochilari 

zulmidan  qutila  boshladi.  Movarounnahrda  kuchli  davlat  tuzishga  bo’lgan  intilish  g’olib  keldi.  Mo’g’l  istelochilariga 

qarshi  Buxoroda  xalq  Maxmud  Tarobiy  boshchiligida  qo’zg’aldi,  Samarqand  va  Xurosonda  esa  Sarbadorlar 

qo’zg’olonlari ro’y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar. 

 

XIV  asrning  ikkinchi  yarmida  Movraunnahrning  feodal  tarqoqligiga  barham  berildi,  mamlakat  mo’g’l 



bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri va XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa 

boshladi.  

 

Soxibqiron Temur va dastlabki Temuriylar hukumronlik qilgan davr Movaronnahr tarixida alohida o’rin 



egalladi. 

 

Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movarounnahrdan yana fan va madaniyat, muorif 



qaytadan ravnaq topa boshladi. 

 

Bejiz emaski, XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixda Sharq uyg’onish davrining ikkinchi bosqichi deb 



ataldi.  Chunki,  bu  davr  madaniyati  o’z  tamoillari,  yo’nalishi,  iqtisodiy  asosi  jihatdan  IX-XII  asrlardagi  madaniy 

rivojlanishdan  ajratib  olib  ko’rsatish  mumkin  emas.  XIV  asrning  uchinchi  choragi  va  XV  asrda  Markaziy  Osiyoda 

ekanomika, fan va madaniyat o’sdi. Amir Temur hukumronligi davrida jahonning ko’plab shaxarlaridan Samarqandga 

hunarmandlar olimu-fozillar san’atkorlar muxandislar olib kelindi va ularning boy tajribalari, ijodiy mahoratlaridan ilm-

ma’rifat, madaniyat, qurilish jabhalarida keng foydalanildi. Samarqand va Xirotda madrasalar, kutubhona va rasadxona 

qurildi. Tibbiyot ilmini o’rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo’g’rofiya, tarix, adabiyot, falsafa 

hamda tabiyotshunoslikka oid bir qancha ajoyib va muhim asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, 

Sa’diy meroslarini shuningdek, yunon-rim madaniyatini o’rganishga xavs kuchaydi.   

 

Shuni ta’kidlash kerakki, Temur va uning izdoshlari, Temuriylar davrida fan va madaniyat rivojlandi ayniqsa, 



Samarqand va Xirot shaharlari madaniyat, ilm-marifat markaziga aylandi. Shoxizinda, Go’riamir maqbarasi, Bibixonim 

jome  masjidi,  Registon  maydoni  va  shu  singari,  ko’plab  madrasa  va  masjidlarning  yirik  me’morchilik  namunalari 

bunyod etildi. 

 

Ulug’bek zamoniga kelib esa matematika, astranomiya kabi fanlar ayniqsa rivoj topdi. Tibbiyot, tarix, adabiyot 



va    ular  bilan  barobar  diniy  bilimlarning  ham  ravnaq  topishiga  katta  e’tibor  berildi.  Oliy  maktad-madrasalar  qurildi. 

Buxoro, Samarqan va G’ijduvonda qurilgan uch madrasa fan taraqqiyyottida ilmiy markaz bo’lib keldi. 

 

Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quydagi yozuvlar haligacha yaqqol ko’zga tashlanadi: «Ilm olmoqqa 



intilmoq har bir muslim va muslima uchun qarzu farzdir».  

 

Shular  XIV  asrning  ikkinchi  yarmi  va  XV  asr  Markaziy  Osiyo  tarixida  uyg’onish  davri  bo’lib  tarixga  kirgan 



deya olishimizga asos bo’la oladi.  

 

Bu  davrda  o’zbek  adabiyotida  ancha  siljish  ro’y  berib,  Atoyi,  Sakkokiy,  Haydar  Xorazmiy,  Durbek  va 



Lutfiylar  tomonidan  qimmatli  asarlar  yaratildi.  Shuningdek,  tarixiy  va  adabiy  asarlarni  o’zbekchaga  tarjima  qilish 

ishlari jonlandi.  

 

Ulug’bek olimlarga homiylik qilib, fan ahlini rag’batlantirdi, uning o’zi, ayniqsa, astranomiya va matematika 



fanlari bo’yicha muhim ishlarni amalga oshirdi Samarqandda Ulug’bek tomonida rasadxonaning barpo etilishi va uning 

o’sha davr ilmiy markaziga aylanishi muhim voqyea hisoblanadi. Shu davrda Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshid 

bin Ma’sudi, Muyiddin va uning o’g’li Mansur Qoshiy, Ali ibn Muhammad Birjondi va boshqalar ijod etdilar. Xirotda 

esa  Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiy ulug’ rassom Bexzod, tarixshunos Xondamir, xattot Sulton ali Mashhadiy va 

boshqalar ijodiyot cho’qqilariga ko’tarildilar. 

 

Ulug’bekning  shogirdi  Aloviddin  Ali  ibn  Muhammad  Qushchi  Samarqandiy  (1403-1474)  o’sha  davr 



Movarounnahrning madaniy va ilmiy hayotida katta rol o’ynaydi. Astranomiya to’g’risida “Risolai dar falakiyot” degan 

kitob  yozgan  Ali  Qushchining  o’z  davrining  Ptolomeyi  deyishardi.  Uning  mazkur  asarida  geometrik  bilimlarning 

asoslari  bayon  qilindi,  nuqta,  chiziq,  yuza,  aylana  va  shu  kabi  tushinchalar  to’la  ta’riflab  berildi,  tabiyot  fanlari  va 

shuning singarilar sohasida boshlang’ich bilimlar bayon qilindi. Bu asarda hamma narsa oddiy va murakkab narsalarga 

bo’linib ta’riflanadi. 

 

XIV-XV  asrda  Samarqandda  yashab  ijod  etgan  ulug’  alloma  Mir  Said  Sharif  Jurjoniy  (1340-1413)  til, 



mantiqqa, huquqqa, falsafa va boshqa fanlarga oid 50 dan ortiq asar yozdi. Uning “Borliq haqida risola”, “Olamni aks 

ettiruvchi  oyna”  kabi  asarlarida  falsafa,  mantiq,  tarbiyashunoslikka  oid  bir  qator  ilmiy  va  nazariy  masalalar  yoritilib, 

Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga doir izlanishlarini rivojlantirdi va boyitdi. 

 

XV  asrda  Markaziy  Osiyoda  tarix  fani  keng  rivoj  topdi.  Hofizi  Abro’  “Zubdan  tavorix”  (“Tarixning 



qaymog’i”)  degan  kitob  yozdi  va  bu  kitobda  1427  yilgacha  bo’lgan  voqyealarni  bayon  qilib  berdi.  Abdurazzoq 

Samarqandiy  Hofizi  Abro’ning  bu  asarini  davom  ettirdi.  U  o’zining  “Matalai  sa’dayi  va  majman  bahrayi”  (“Ikki 

saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki dengizning qo’shilish joyi”) degan asarida 1471 yilgacha bo’lgan voqyealarni 

bayon  qilib  beradi.  “Ravzotus  safo”  asarini  yozgan  Mirxond  va  “Habibus  siyar”  asarini  yozgan  Xondamir  shu 

asarlarning bir qismini Sulton Husayin hukumronlik qilgan davrga bag’shlaydilar. Davlatshoh esa o’zining “Tazakiratsh 

shuaro” asarini Alisher navoiyga bag’ishlaydi. 



 

12 

 

Zahiriddin  Muhammad  Bobur  “Boburnoma”da  Hirot  to’g’risida  yozar  ekan  butun  dunyoda  bunday  obod 



shaharlarni ko’rmaganligini aytdi. 

 

Hirotda  machit  va  madrasalrning  muazzam  binolarini,  ijtimoiy  foydali  inshoatlar:  hammomlar,  shifoxonalar, 



xovuzlar,  bog’-rog’lar,  ko’priklar,  karvon  yo’llaridagi  robitlar  va  boshqa  arxitektura  inshoatlarini  qurishga  Alisher 

Navoiy tashabbuskor bo’ladi. 

 

Buyuk mutafakkir Alisher navoiy til-adabiyot, musiqa, tarix, falsafa, astranomiya, tarbiya nazariyasi sohasida 



juda  ko’p ilmiy asarlar  yaratdi.  U  fan  va  maorifni birinchi darajadagi  muhim ish deb hisoblaydi,  ularni rivojlantirish 

uchun tinmay kurashadi. 

 

Alisher  Navoiy  davrida  Hirotda    kitoblarni  bezash  san’ati,  avvalo,  xattotlik  va  miniatyura  yuksak  darajaga 



yetdi. Hirotda xashamatli arxitektura inshootlari yaratildi. Ilmiy munozaralar o’tkazish keng yo’lga qo’yildi.  

 

Bu davrda Movarounnahrda ham san’at, aritektura, binokorlik texnikasi ancha ravnaq topdi. Musiqa, tasviriy 



san’at, madaniyat, adabiyot, ta’lim-tarbiyaga oid qator asarlar yaratildi. Hasan Buxoriy Nisoriyning (1556) “Muzakkir 

al-ahbob” tazkirasi, Mutribiyning “Tazkira – tush shuaro” (1604-1605) to’plamlari, tarixiy va adabiy yodgorlik bo’lgan 

“Boburnoma” o’sha davrda yaratilgan asarlar orasida o’ziga xos axamiyat kasb etadi. Amin Axmad Roziy “Hafit iqlim” 

(“Yetti iqlim”) degan  geografik-biblografik lug’at  tuzdi.  Darvesh Muhammad ibn Do’stmuhammad Buxoriy xattotlik 

san’atining nazariyasi to’g’risida asar yozdi. 

XVI asrda  xattotlik san’ati  yuksak darajaga  yetdi.  Sulton Al Mashhadiy. Mirali Halvaiy, Muhammad ibn Is’hoq ash-

Shixabiy va boshqalar ustoz xattot bo’lib nom qozondilar.   

XIX  asrlarning  o’rtalarida  Turkiston  o’lkasida  boshlang’ich  ma’lumot  beradigan  maktab  hamda  o’rta  va  oliy  diniy 

ta’lim  beradigan  madrasalar  mavjud  edi.  Maktablarning  aksariyati  shu  jumladan,  qishloq  maktablarining  ko’pchiligi 

diniy ta’lim beruvchi eng oddiy boshlang’ich maktablar edi xolos. Bu maktablarda machitlarining  imomlari, savodxon 

muallimlar dars beradilar. Bunday maktablarda o’qitishga eng oddiy diniy vazifalarni o’rgatish bilan, ya’ni arab tilida 

yozilgan  Qur’onni  o’qishni  o’rgatish,  har  bir  musulmon  uchun  zarur  bo’lgan  asosiy  vazifalarni  bildirish  bilan 

cheklanardi.  

Shahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari, umumiy ta’lim elementlari – yozish va hisoblash yo’llari o’rgatiladi, xalq 

orasida  mashhur  shoirlarning  she’r  va  g’azallari  o’qitilar  edi.  Odatda  bunday  maktablarning  o’quvchilari  badavlat 

oilalarning  bolalari  bo’lar  edi.  Ular  o’qishni  tamomlab  olgach,  bilimlarini  savdo-sotiq  ishlarida,  hunarmandchilik 

ustaxonalarida  qo’llar  edilar,  ba’zilari  qo’shimcha  ta’lim  olib,  hattotlik  kasbi  bilan  shug’ullanar,  ba’zilari  madrasaga 

kirib o’qishni davom ettirardilar.   

Oliy diniy maktab bo’lgan madrasada o’rta asrga oid diniy falsafiy va musulmon huquqlari, arab tilining grammatikasi 

va mantiq ilmidan dars o’tilardi. Madrasani tamomlab chiqqanlar imomlik bilan shug’ullanish va qozixonalarda ishlash 

huquqiga ega bo’lar edilar. Maktab va madrasalarda asosan o’g’il bolalar o’qitilar edi. Shaharlardagi diniy maktablarda 

ba’zi  domlalarning xotinlari  –  otinoylar qizlarni ham o’qitish bilan shug’ullanar edilar. Maktab va  madrasalarda  dars 

o’zbek, arab fors-tojik tillarida olib borilardi. 

1. 


Quyi maktab bu maktabda o’g’il bolalarga savdo o’rgatishga (4 yil). 

2. 


Xalilxona maktabi – (namoz) yod oldirib o’rgatilgan. 

3. 


Qorixona – Qur’on yod olingan. 

4. 


Maktab  internat  –  o’rta  madrasa  bo’lib,  bu  maktabda  ham  diniy,  ham  dunyoviy  fanlar  o’qitilib  o’rta 

ma’lumot berilgan. 

Markaziy Osiyoda keyinchalik ba’zi o’zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktablari uchun bosmaxonalarda chop qilingan 

darsliklar paydo bo’ldi. Qozonda bosmaxonada nashr qilingan qur’on va xavtiyaklar, Hindiston va Erondan shoirlarning 

litografiyada chop etilgan to’plamlari keltirildi. Toshkentning o’zi ham maktablar uchun darsliklarni litografiya usulida 

nashr qilish yo’lga qo’yildi.  

Asrimizning  boshlariga  kelib  Turkiston  o’lkasidagi  yirik  markaziy  shaharlarda  oliy  ta’lim  maskani  hisoblangan 

quyidagi  madrasalar: Buxoroda  – 80, Qo’qonda – 40, Samarqandda  – 22, Marg’ilonda  – 28, Toshkentda  – 17

, Xeva 


xonligida – 130

 mavjud bo’lib, ular 400 dan 5000 tagacha talaba taxsil olar edi. 



1906 yilga kelib Samarqand viloyatining o’zida 1510 ta musulmon maktabi bor edi, ular 1482 o’quvchi 12740 talabaga 

saboq bergan.  

Umuman olganda Turkiston o’lkasida  1905-1906 yillarda 5290 ta maktab bo’lib, ularda, 10955 talaba ta’lim olgan.  

Bu  davrga  kelib  maxalliy  fuqaro  bolalaridan  ilmli  kishilar  tayyorlash  maqsadida  Xeva  xoni  Sayid  Muhammad 

Rahimxon  Boxodirxonni  soniy  –  Feruz  (1844-1910  y.)  katta  ishlarni  amalga  oshirdi.  Bevosita  uning  tashabusi  bilan 

1884 yili o’z saroyida maktab ochilib, bu maktabda rus o’qituvchisi va Mirzo, Raxmoyequl qori kabi mahoratli ta’lim-

tarbiya ustalari yoshlarga bilim berish ishi bilan shug’ullanadilar. 

Feruz  farmoniga  muvofiq  1904  yilning  10  noyabrida  Urganchda  birinchi  yangi  usul  maktabi  ochildi.  Uni  Xusayin 

Qo’shayev degan Turkiyadan kelgan o’qituvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya bera boshladi. 

Musulmon  aholisi  yashaydigan  joylarda  qadimdan  maktab-madrasa  va  hakozolar  mavjud  bo’lib,  bularga  qarshi  chor 

hukumat  Rossiyadagi  ko’p  sonli  xalqlar  maxsus  hukumat  maktablari  barpo  qilinar  edi.  Ularning  biri  –  to’rt  yillik, 

ikkinchisi  –  ikki  yillik  edi.  Ba’zi  bir  to’rt  yillik  maktablarda  internatlar  hamm  bo’lib,  ular  faqat  feodallarning  va 

maxalliy  aholining  boy  qatlam  bolalari  ta’lim  olardi.  Ammo  mehnatkashlarning  bolalari  uchun  yo’lga  qo’yilgan  ikki 

yillik savod chiqarish maktablari ochilgan edi. O’qish muddati ikki yil bo’lgan milliy maktablarda, masalan, qozoqlarda 

ovul maktablari, deb atalgan maktablar tipik maktab sanalar edi.  

Dastlabki  ovul  maktablar  1892  yilda  To’rg’ay  oblastining  ovullarida  tashkil  topgan  bo’lib,  aholining  ko’chmanchilik 

turmushiga  moslashtirlgan edi.  Ovul  maktablarida  rus tili,  arifmetika, qozoq alifbosi va  islom dini o’qitilar edi.  1916 


 

13 

yilda 169 ta ovul maktabi bo’lib ularda 5 ming o’quvchi o’qirdi, bu maktab yoshidagi barcha qozoq bolalarining faqat 

bir  foizinigana  tashkil  etardi,  xolos.  Rus  maktablarda  o’qitish  rus  tilida,  diniy  ta’limot  esa  o’quvchilarning  ona  tilida 

olib borilar edi. 

O’rta asrda maktablarni isloh qilishdan bosh tortgan chorizm, ruslar o’rnashgan yerlarni rus maktablarini Turkistonda 

maorif  sohasida  o’z  siyosatining  quroli  qilib  olishga  harakat  qildi.  (Toshkentda  dastlabki  rus  maktabi  1866  yilda 

ochilgan  edi.)  rus  maktablariga  ruslar  bilan  birga  o’qish  uchun  mahalliy  aholi  bolalari  ham  qabul  qilinar  edi. 

Turkistondagi  boshlang’ich  rus  maktabalrida  hunarga  Rossiyaning  Yevropa  qismidagiga  qaraganda,  ancha  ko’piroq 

o’rgatilar edi; bundan maqsad mahalliy aholining bolalarini maktabga ko’proq jalb qilish edi.  

Turkistonda  dastlabki  rus  o’rta  o’quv  yurtlari  1870  yillarda  ochila  boshladi:  1876  yil    Toshkentda,  Verniyda  (hozirgi 

Olmaotada)  erlar  va  xotin-qizlar  gimnaziyalari.  1879  yili  esa  Toshkentda  o’qituvchilar  seminariyasi  ochildi. 

Gimnaziyalarga har yerli aholining bolalari qabul qilinar edi. O’qituvchilar seminariyalarida mahalliy aholiining 1G’3 

o’rin ajratilgan edi.      

Chorizm  maktab  sohasidagi  siyosati  ruslashtirishdan  iborat  bo’lsa  ham,  lekin  rus  bolalari  bilan  mahalliy  aholi 

bolalarining birgalikda o’qishlari, ular o’rtasida o’zaro do’stlikni tarbiyalar edi. 

Rus maktabiga o’qishga kirgan bolalar rus tilini mutloq bilmas edilar, natijada ancha qiyinchiliklar tug’ilar edi. Shuning 

uchun  rus  maktablariga  kirgan,  lekin  rus  tilini  mutloq  bilmaydigan  o’quvchi  rus  tilida  so’zlashishni  o’rganib 

olmagunicha  odatda  quyi  bo’limda  o’qir,  rus  tilida  so’zlashishni  o’rganib  olgandan  keyingina  yuqori  bo’limga 

o’tkazilardi.  Yuqori  bo’limlarga  o’quv  yilining  o’rtalarida  ham  o’tkazilar  edi,  chunki  maktab  kichkina  bo’lib,  bir 

vaqtning o’zida mashg’ulotlar  bir necha  bo’limlar bilan olib borilar edi.  

Toshkentdagi gimnaziya dastlabki yillarda, mahalliy aholining bolalarini rus tili bilan ko’piroq shug’ullantirish uchun 

lotin tilini o’rganishdan ozod qilinar edi. 

Buxorodagi  ma’rifatparvar  musulmon  ruxoniylari  va  ziyolilar  orasida  madrasa  va  maktablar  tizimiga  hamda  islom 

diniga  kirib  qolgan  bid’atlarni  isloh  qilish  fikri  paydo  bo’la  boshlaydi.  Shunday  isloh  tarafdorlarini  jadidlar,  ya’ni 

yangilik tarafdorlari deb atay boshlaydilar. O’sha davrdan boshlab bunga qarama-qarshi turgan oqim, ya’ni feodal-o’rta 

asrchilik,  diniy  fanatizm  ruhida  bo’lgan  kishilarni  esa  qadamistlar  deb  atay  boshladi.  XIX  asr  boshlarida  bir  qancha 

ma’rifatparvar mudarrislar Buxoro shahridagi 200 ga  yaqin madrasani isloh qilish g’oyasi bilan chiqdilar. Bu harakat 

boshida madrasa mudarrisi Abu Nasr Al Kursaviy turgan edi. Qadimistlar esa ularni kofirlik va xudosizlikda aybladilar. 

Buxoro  amiri  Haydar  esa  Kursaviyni  zindonga  tashlatib  o’lim  jazosiga  hukm  qiladi.  Ammo  uning  tarafdorlari  uni 

zindondan  qochiradilar.  Kursaviy  Qozonda  o’z  faoliyatini  davom  ettirib,  1813  yilda  vafot  etadi.  XIX  asrning  50-60 

yillarida diniy islohotchilik harakati yanada kengaya boshlaydi. Endi bu harakat boshida Buxorolik mudarris va tarixchi 

olim Marjoniy, G’ijduvonlik domla Fozil, Mo’minjon Vobkandiy, mulla Xudoyberdi Boysuniy va boshqa mudarrislar 

turar edilar. Ular madrasa va maktablarni isloh qilishni emas, balki ortiqcha darslarni olib tashlash tarafdori ekanliklarni 

yozadilar. Islohatchilar rahnamosi Marjniy o’zining dasturida quyidagi olti asosiy masalalarni qo’yadi: 

1.Qur’ondagi har qanday diniy masala yuzasidan kishilar bilgan holda o’zlari erkin fikr yuritsinlar. 

2. Birovning birovga ko’r-ko’rona ergashishi qat’iy man qilinsin. 

3.  Madrasalarda  o’qitiladigan  hoshiya  va  Sharq  kabi  quruq  mazmunga  ega  bo’lgan  va  madrasa  o’quvchilari  uchun 

foydasiz bo’lgan hamda ularning 8-10 daqiqa vaqtini bekorga oluvchi darslar dars jadvallaridan olib tashlansin. 

4. Madrasalarda Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, ularning tarjimalari va islom tarixi kabi darslar o’tilsin. 

5.  Arifmetika,  tarix,  jo’g’rofiya,  tabobat,  handasa,  mantiq,  falsafa  va  boshqa  dunyoviy  fanlarni  o’qishga  qarshilik 

ko’rsatmasin. 

6.  Har  bir  ishda  musulmonchilikni  Muhammad  alayxissalom  davridagi  qadimiy  islom  madaniyatiga  qaytarish  ko’zda 

tutilsin. 

Yangi usul maktabda quyidagilarga: 

Sinfda bolalar soni o’ttiztadan oshmaslikka:  

Bolalar faqat ikki daf’a – yoz va qish boshlaridagina maktabga qabul qilinishi

Har qabul nechta bo’lishidan qa’iy nazar, bir sinfdan oshmasligi; 

Har bir muallimda ko’pi bilan 3-4 sinf bo’lishi; 

Agar maktab uch sinfdan iborat bo’lsa, darslar ketma-ket ma’lum uyg’unlikda qo’yilmog’i, amal qilinmog’i kerak edi. 

Yangi  Sho’ro  hukumati  avvalgi  ta’lim  tizimi,  o’quv-tarbiyaviy  ishlarni  isloh  qilish,  xalq  maorifi  tizimining  yangi 

shaklini joriy etish yuzasidan bir qator vazifalarni belgilab berdi.  

Bunday  tadbirlani  amalga  oshirish  Turkistonda  Xalq  Komissarlari  Sovetining  1918  yil  14  maydagi  dekreti  asosida 

boshlandi. O’quvchilarga ilm-fanning zarur asoslari bilan bir qatorda, mehnat ko’nikmalarini ham bera oladiga yagona 

Sho’ro “Mehnat maktabi” xalq maorifi uchun asosiy negiz qilib olindi. 

Lekin yangi maktablarni vujudga keltirish bir qancha muammolarga duch keldi. Ayniqsa, o’qituvchining yetishmasligi, 

darsliklarning va maktab jihozlarining yo’qligi ishni yanada qiyinlashtirdi. 

1918  yilning  iyunida  Toshkenda  maorif  xodimlarining  birinchi  syezdi  ochilib,  unda  xalq  maorifi  sohasidagi  ahvol 

muhokama qilindi hamda uni qayta qurish bo’yicha tadbirlar belgilandi.  

1918 yil dekabrda Turkiston Respublikasi xalq maorifi komissarligi buyruq chiqarib, hamma maktablarda ona tili v rus 

tili o’qitish to’g’risida qaror qabul qilindi. 

Ushbu  qarorni  qo’llab-quvvatlanishi  natijasida  mahalliy  millatga  mansub  xotin-qizlarni  madaniyatga,  ilm-fanga, 

ijtimoiy hayotda faol qatnashishga jalb qilish harakati jadal yo’sinda avj olib ketdi.  



 

14 

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan yirik allomalardan biri Isxoqxon Ibratdir. 

U ma’rifatparva shoir, zabardas tilshunos, tarixshunos olim, ilk o’zbek matbachiligidan biri sayyoh, kalligraf, naqqoshin 

publisist va ilg’or pedagogdir. 

Is’hoqxon  1279  xijriy  (1862  milodiy)  yilda  Namangan  yaqinidagi  To’raqo’rg’on  qishlog’ida  tug’ildi.  Uning  otasi 

Junaydullaxo’ja  Sunattilaxo’ja  o’g’li  ancha  bilimli  sohibkor  bog’bonlardan  edi.  U  adabiyotga,  she’riyatga  ancha  ixlos 

qo’ygan va “Xodim” taxallusi bilan bir muncha she’rlar bitgan kishi bo’lgan. Onasi Xuribibi, o’z davrining o’qimishli,  

Bedil,  Mashrab  kabi  buyuk  shoirlarning  asarlarini  mutola  qilish  bu  xonadon  uchun  sevimli  mashg’ulot  hisoblanardi. 

Oiladagi bunday hayotiy vaziyat Is’hoqxonda adabiyotga muhabbatning erta paydo bo’lishi uchun asosiy omil bo’ldi. 

Is’hoqxon  Ibrat  madrasa  beradigan  ilmlar  bilan  cheklanib  qolmadi  u  o’qish  moboynida  buyuk  Sharq  mumtozlari 

asarlarini  mustaqil tarzda  qunt bilan  mutolaa  qildi va  bu asarlar umrining oxirigacha  unga  eng  yaqin xamroxi bo’ldi. 

Is’hoqxon madrasada arab va fors tillarini chuqur o’rganish bilan birga bo’sh vaqtlarida rus tilni ham mustaqil o’rgandi 

u  rus  va  o’zbek  tillarida  chiqadigan  “Turkistanskiye  vedemosti”  (Turkiston  viloyatining  gazeti)  biln  ilk  bor  Qo’qon 

madrasasida o’qib yurgan kezlarida tanishib chiqdi. 

Is’hoqxon Ibrat 1886 yilda Qo’qon madrasasini tugatib o’z qishlog’i To’raqo’rg’onga qaytib keldi va u o’z ijodini ilg’or 

o’qituvchi  sifatida  qishloqda  ma’rifat  tarqatish  bilan  boshladi.  O’sha  yili  u  o’z  qishlog’ida  maktab  ochdi.  Is’hoqxon 

ochgan maktab eski mahalla maktablaridan ancha farq qilar edi. Is’hoqxon o’z maktabiga nisbatan ilg’or bo’lgan tovush 

(savtiya) metodini tadbiq qildi va Usuli savtiyaning eski metod taraftorlaridan himoya qildi.  

Rus tili bilan bir qatorda  yaqin Sharq va  G’arb tillarini ancha  mukammal  bilgan Isohqxon Ibrat  bu  muhim  masalada 

ham o’z xalqiga yordam qo’lini cho’zdi. U olti tildagi arabcha, forscha, hindcha, turkcha, sardcha (o’zbekcha) va ruscha 

so’zlarni    o’z  ichiga  olgan  “Lug’ati  sitta-al-sina”  nomli  mukammal  lug’at  kitobini  yaratdi.  Muallif  ruscha  yozuv 

sistemasini  bilmaydiganlarga  ham  qulay  bo’lishi  uchun  rus  so’zlarini  arab  yozuvi  bilan  beradi.  Ma’lumki,  rus  va 

yevropa so’zlarini arab yozuvida ifodalash ancha murakkab ish, lekin Is’hoqxon Ibrat bu murakkab ishni muvaffaqiyatli 

hal qildi.  

Is’hoqxon  Ibrat  1886  yilda  eski  maktablarga  nisbatan  bir  muncha  ilg’or  bo’lgan  maktab  ochdi.  1907  yilda  ikkinchi 

Marmuncha  qishloq  bolalari  uchun  eski  maktabalardan  butunlay  farq  qiluvchi  bepul  yangi  usuli  savutiya  maktabini 

ochdi.  

Saidahmad Siddiqiy hunarmand - dexqon oilasida tug’ilib o’sdi. Boshlang’ich maktabni tugatganidan so’ng madrasaga 

o’qishga  kirdi.  Shuning  bilan  bir  vaqtda  rus  tilida  tashkil  etilgan  maktabga  ham  qatnay  boshlaydi  va  rus  tili  ham 

adabiyotni mukammal egallab bordi. 

Saidahmad  Siddiqiy  Samarqand  viloyatidagi  Xalavon  nomli  o’z  qishlog’ida  dexqon  va  hunarmandlarning  bolalariga 

yangi usul maktabini tashkil etib, unda ta’lim-tarbiyani o’sha davr ilg’or maktablarining tajribasi asosida quradi. U eski 

maktab  ish  faoliyatida  xato-kamchiliklarni  qattiq  tanqid  ostiga  oladi  va  yangi  usul  maktabning  ijtimoiy,  siyosiy  va 

pedagogik yutuqlarini keng yoritishga dalil e’tibor beradi. 

Siddiqiy viloyatda birinchi bor katta yoshlar uchun yangi usul maktab ochib, madaniy hayotda katta o’zgarishlar yasadi. 

U 1914 yil “Zarafshon” nomi bilan kitob savdo do’koni ochib, unda ko’rgazmali qurollar, metodik, darslik adabiyotlar, 

o’quv qurollari hamda jurnallar bilan savdo qilishga sharoit yaratdi. 

Siddiqiy ta’lim usuliga katta mehr bilan munosabatda bo’lib, o’qitishning yangi usulini ilmiy, ongli,  tushunib o’qitish 

prinsiplarini  eskicha  hijjalab  o’qitishga  qarama-qarshi  qo’ydi.  Mohir  o’qituvchi  darslarni  qat’iy  tartib  dars  jadvali 

asosida  tashkil  etib,  o’zbek,  rus  tillarida  chuqur  ta’lim  bera  olgan.  U  tabiatshunoslik,  geografiya  darslarida 

mashg’ulotlarni Bulung’ur daryosi yonida ochiq havoda amaliy mashqlar bilan o’tishga erishgan. 

Saidahmad  Siddiqiy  1918-21-yillar  davomida  huquq  ishlari  komissari  vazifasida  ishladi.  1921  yildan  umrining 

oxirigacha pedagogik ishda ishlagan, “Xizmat ko’rsatgan o’qituvchi” yuksak univoniga sazovor bo’lgan.   

Taniqli  o’zbek  pedagogi  va  olimi  Abdulla  Avloniy  1878  yil  12  iyulda  Toshkent  shahrining  Mergancha  mahallasida, 

mayda  hunarmand-to’quvchi  oilasida  dunyoga  keldi.  Ota-onasi  savodli  kishilar  bo’lganlar.  A.Avloniy  eski  usul 

maktabini  tamomlagandan  keyin  12  yoshida  madrasiga  boradi.  U  yozda  ishlab  ota-onasiga  yordam  qilar,  boshqa 

vaqtlarda o’qir edi. O’ta iqtidorli bo’lgan A.Avloniy 15 yoshida she’rlar yoza boshladi. Dastlabki she’rlari «Tarjimon» 

gazetasida bosiladi.  A.Avloniy 1907 yilda «Shuhrat» va «Osiyo» nomli yangi gazetalar chiqara boshlaydi. Lekin chor 

amaldorlari  tez  orada  gazetalarni  yoptirib  qo’yadi.  A.Avloniy  keyinroq  «Sadoi  Turkiston»  (1914-1915),  «Turon» 

(1917), «Ishtirokiyun» (1918) gazetalarida, «Kasabachilik harakati» (1921) jurnalida muharrir bo’lib ishlaydi. Shundan 

so’ng, u o’zbek matbuotining zabardast vakili, o’zbek matbuotining asoschilaridan biri sifatida taniladi. 

A.Avloniy  xalq  orasida  ilg’or  fikrlarni  tarqatishda,  ilm  va  ma’rifatni  tashviq  qilishda  gazeta,  jurnallarning  roli  katta 

ekanligini  yaxshi  bilar  edi:  «Matbuot  har  insonga  o’z  holini  ko’rsatuvchi,  ahvol  olamdan  xabar  beruvchi,  qorong’u 

kunlarni  yorituvchi,  xalq  orasida  ilm,  ittifoq,  himmat  g’oyalari»ni  yoyuvchidir,  deb  baliqning  suvsiz  yashamog’i 

mumkin bo’lmagani kabi insonning ham ilmsiz yashamog’i mumkin emasligini uqtiradi.  

A.Avloniy  o’zbek  xalqining  san’ati  va  adabiyoti  hamda  milliy  madaniyatini,  xalq  ta’limi  ishlarini    yo’lga  qo’yishda 

katta xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste’dodli pedagogdir. 

A.Avloniy  1917  yil  tuntarishiga  qadar  Turkistonda  juda  katta  ijtimoiy-ma’rifiy  ishlarni  amalga  oshirgan  jadidlar 

harakatining  ko’zga  ko’ringan  namoyon7dalaridan  biri  edi.  A.Avloniy  ilg’or  ziyoli  kishilar  bilan  hamkorlikda  teatr 

tomoshalarini va matbuotdan tushgan mablag’larga dunyoviy ilmlarni o’qitadigan «Usuli jadid», ya’ni yangicha ilg’or 

usuldagi maktablar ochdilar va bu maktablarda xalq bolalarini o’qitdilar. Ular o’z millatlaridan yetuk olimlar, bilimdon 

mutaxassislar,  madaniyat  arboblari  yetishib  chiqib,  yurtni  obod,  vatanni  ozod,  farovon  etishlarini  orzu  qildilar  va  bu 

yo’lda fidoyilik ko’rsatdilar.  


 

15 

A.Avloniy  1907  yilda  Toshkentning  Mirobod  mahallasida,  keyinchalik  Degrez  mahallasida  yangi  usuldagi  maktablar 

ochdi.  Maktablardagi  o’quv  asbob-jihozlarini  o’zgartirdi,  o’z  quli  bilan  parta  va  doskalar  yasadi.  Maktabga  qabul 

qilingan  bolalarning  asosiy  qismi  kambag’al  kishilarning  bolalari  bo’lganligi  uchun  ularni  kiyim-kechak,  oziq-ovqat, 

daftar-qalam bilan ta’minlash maqsadida, do’stlarining ko’magida «Jamiyati xayriya» tashkil etadi va bu jamiyatga o’zi 

raislik qiladi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «maktab kutubxonasi» nomli kitob do’konini ochadi. A.Avloniyning 

maktabi  o’z  oldiga  qo’ygan  maqsad  va  vazifalariga  ko’ra  mashg’ulotlarni  sinf-dars  tizimi  asosida  o’z  ona  tilida  olib 

borilishi  bilan  eski  usul  maktablaridan  farq  qiladi.  U  o’z  maktabida  bolalarga  geografiya,  tarix,  adabiyot,  til  hisob, 

xandasa, hikmat kabi fanlardan muayyan ma’lumotlar beradi. 

A.Avloniyning ilk o’quvchilaridan biri Toshkent Davlat Universitetida uzoq yillar dars bergan taniqli pedagog, marhum 

Yusuf Tohiriy A.Avloniy Mirobodda tashkil qilgan maktab haqidagi xotiralarida shunday deb yozgan edi:  

«Shaharning  qarama-qarshi  chekkasida  temiryo’l  ishchilari  istiqomat  qiladigan  Mirobodda  yangi  tipdagi  maktab 

ochilganligi  haqida  eshitib  qoldik.  Tez  orada  bu  maktabning  fazilatlari  haqidagi  shov-shuvlar,  uning  muallimi 

A.Avloniyning  dovrug’i  butun  shaharga  tarqaldi.  Hammaning  tilida  «Miroboddagi  maktab  6  oyda  o’qish  yozishni 

o’rgatarmish,  geografiya,  hisob,  tabiatni  o’rganish  degan  darslar  o’qitilarmish»,  -  degan  gap  yurardi.  Bizga  juda  sirli 

tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko’rishga oshiqardik. Nihoyat bir kuni uch-turttamiz borishga 

jazm qildik. 

Maktab  pastdakkina,  nim  qorong’i  bo’lib,  masjid  yo’lagida  joylashgan  edi.  Xonaning  tepasidagi  yorug’lik  uchun 

qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomg’ir ham tushib turardi. Lekin xonada o’quvchilar va domlaning 

shogirdlari  ko’p  edi.  Xayolimizda  domlaning  allaqanday  bir  sirli  tomoni  bor  edi.  Bizni  qotmagina,  kichik  jussali, 

qorachadan  kelgan,  istarasi  issiq,  chuqqisoqol  bir  kishi  ko’tib  oldi.  Bu  nomi  tilga  tushgan  muallim  A.Avloniy  edi. 

O’qishga  qabul  qilindik.  Ko’p  o’tmay  ko’z  oldimizda  yangi  bir  dunyo  ochilganiga  to’la  ishonch  hosil  qildik. 

Bolalarimizning oldi bir necha yildan beri maktabga qatnab yurgan bo’lsalar ham Mirobodliklar oldida uyalib qoldik. 

Ular  o’qish,  yozishda,  hisob  masalalarini  xal  etishda,  tabiat  hodisalaridan  xabarlari  bilan  hammamizni  lol  qoldirdi.  

Ayni zamonda bizni eski maktabimiz bo’shab, Miroboddagi A.Avloniy maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq to’ldi. 

Shu tariqa bu maktab tobora shuhrat topib bordi».            

A.Avloniy  «Usuli  jadid»  maktablari  uchun  to’rt  qismdan  iborat  «Adabiyot  yoxud  milliy  she’rlar»  hamda  «Birinchi 

muallim» (1912), «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913), «Ikkinchi muallim» (1915), «Maktab gulistoni» (1917) kabi 

darslik va o’qish kitoblari yaratdi. Bu asarlarida hamda publisistik  maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm- fanni 

va maorifni ulug’lab o’z xalqini  ilmli, madaniyatli bo’lishga chaqiradi. 

Asrimiz  boshlarida  yangi  maktablar  uchun  yozilgan  alifbelar  anchagina  edi.  Shular  orasida  Avloniyning  «Birinchi 

muallim» 1917 yil to’ntarishga qalar to’rt marta nashr etilgan.  

Avloniyning  «Ikkinchi  muallim»  kitobi  «Birinchi  muallim»  kitobining  uzviy  davomidir.  Biz  birinchi  kitobni,  shartli 

ravishda, alifbe deb, ikkinchi kitobni xrestomatiya deb atasak joiz bo’lar, desak xato bo’lmas. 

Abdulla  Avloniyning  pedagogikaga  oid  asarlari  ichida  «Turkiy  guluston  yoxud  ahloq»  asari  XX  asr  boshlaridagi 

pedagogik fikrlar taraqqiyotining o’rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir.  

«Turkiy guluston yoxud ahloq» asari ahloqiy va ta’lim tarbiyaviy asardir.   

O’zbek  pedagogikasi  tarixida  A.Avloniy  birinchi  marta  pedagogika  “Pedagogiya”,  ya’ni  bolalar  tarbiyasining  fani 

demakdir, deb ta’rif beradi. Tabiy bunday ta’rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganidan dalolat beradi. 

Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy quydagi to’rt bo’limga ajratdi: 1. “Tarbiyaning zamoni”. 2. “Badantarbiyasi”. 3. 

“Fikr tarbiyasi”. 4. “Ahloq tarbiyasi” va bu haqida hamda unig ahamiyati haqida so’z yuritadi. 

“Tarbiya zamoni” bo’limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va 

boshqalarning kirishishi kerakligini ta’kidlaydi. 

“Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot  –  yo mamot,  yo najot  – yo halokat, yo saodat  –  yo falokat  masalasidur” deb 

uqtirardi, Avloniy. 

Abdurauf Abduraxmon o’g’li Fitrat 1886 yili Buxoro shahrida tug’ildi. “Fitrat”  Abduraufning adabiy taxallusi bo’lib, 

bu so’z tug’ma tabiat, tug’ma iste’dod  degan ma’noni anglatadi.  

Abdurauf Fitrat zullisoniy yozuvchi sifatida Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy an’analarini davom ettirib, o’zbek 

va tojik tillarida birday mukammal asarlar yarata oldi. U tojik tilida yozgan “Sayyohi hindi bayonati”, “Rahbari najot”, 

“Sayha”, “Vose qo’zg’oloni”, “Amir Olimxonning hukumronlik davri” kabi asarlarida va o’zbek tilida yaratgan “Oila”, 

“Qiyomat”,  “Begijon”,  “Munozara”,  “Oq  mozor”,  “Abdulfayzxon”  va  boshqa  maqol  hamda  asarlarida  xal  orasida 

madaniyat  tarqatish  va  ma’rifatparvarlik  g’oyalarini  ilgari  surdi.  Shuning  uchun  ma’rifatparvar  Fitratning  barcha 

asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor beriladi.  

Fitrat ota-onaning vazifasi o’z farzandlarini yetuk kishilar qilib tarbiyalashlari zarurligi, bunda ayniqsa, uch tarbiya: 1. 

Jismoniy  tarbiya  –  salomatlik,  2.  Aqliy  tarbiya  –  sog’lom  fikrlilik,  3.  Ahloqiy  tarbiya  –  ahloqiy  sano,  ya’ni  ahloqiy 

poklikka e’tibor berish kerakligi ta’kidlanadi. 

U  bola  tarbiyasi  faqat  oiladagina  olib  borilmasdan,  bu  ish  bilan  keng  jamoatchilik,  davlat  ham  shug’ullanishi 

kerakligini, chunki davlatning kelajagi mana shu yoshlar qo’lida bo’lishini ta’kidlab o’tadi. “Bolalarni barkamol qilib 

yetkazish  uchun  uning  tarbiyasiga  faqat  oilagina  javobgar  bo’lmasligi,  butun  qavm  a’zolari  javobgardirlar,  chunki 

yoshlar har tomonlama yetuk inson bo’lib tarbiyalansa, qavmning kelgusi taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ladi”. 

Savol va topshiriqlar. 

1.Ma’rifiy (pedagogik) fikrlar va ularning  tarixiyligi haqida tushuncha bering. 

2. Jahon ma’rifiy fikrlarining tarixiy-pedagogik tahlil qilib bering. (Qadimgi Yunoniston, Rim, G’arbiy Evropa, 

Ya.A.Komenskiy, I. G.Pestalotstsi, K.D.Ushinskiy). 



 

16 

3.O’zbekiston hududida eng qadimgi davrdan XIV asrgacha ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti  haqida nimalarni bilasiz? (xalq 

og’zaki  ijodi, qadimgi yozma yodgorliklar, zardushtiylik, islom dini, hadis ilmi, Sharq uyg’onish davri va ma’rifiy 

qarashlari: Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy,  Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf xos 

Hojib). 

4.XIV-XVI asrlarda maktab va ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti haqida gapirib bering  (Amir Temur, Muhammad Tarag’ay 

Ulug’bek, Zahiriddin 

 Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy). 

5.O’zbekistonda 1917-1990 yillarda (ikkinchi jahon urushiga bo’lgan va urushdan keyingi davrda) maorif va ma’rifiy 

fikrlar taraqqiyotihaqida nimalar bilasiz? 

6.Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’lim-tarbiyaning rivojlanishi haqida gapirib bering.(AQSh, Yaponiya, Janubiy 

Koreya, Frantsiya, Germaniya). 

 


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin