Guliston davlat universiteti «pedagogika va psixologiya»


Zamonaviy ta’lim-tarbiya va uning mohiyati



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix22.06.2020
ölçüsü1,42 Mb.
#31977
1   2   3   4   5   6   7   8
pedagogika va psixologiya


Zamonaviy ta’lim-tarbiya va uning mohiyati

1.Pedagogikaning asosiy  kategoriyalari va tushunchalari. 

 

2.Pedagogikaning metodlari. 



3.Pedagogikaning tarmoqlari.  

4.Pedagogikaning boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi 

1.Pedagogikaning  asosiy    kategoriyalari  va  tushunchalari.  Pedagogika  (yunoncha  paidagogike  bo’lib,  paidagogos 

«bola»  va  «etaklayman»)  ijtimoiy  tarbiyaning  umumiy  qonuniyatlari,  muayyan  jamiyatda  yagona  ijtimoiy  maqsadga 

muvofiq  yosh  avlodni  tarbiyalash  hamda  unga  ta’lim  berishning  mohiyati  va  muammolarini  o’rganadigan  fan. 

Pedagogika  ijtimoiy  fanlar  tizimiga  kiruvchi  fan  sanalib,  yosh  avlod  hamda  kattalarni  milliy  istiqlol  g’oyalari  asosida 

tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o’rganadi.  

Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o’qitish va tarbiyalashga asosiy ehtiborni haratganligi 

bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. 

Didaktika ((ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos  «o’rgatuvchi», didasko «o’rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, 

ta’lim  jarayonining  mohiyati,  tamoyillari,  qonuniyatlari,  o’qituvchi  va  o’qituvchi  faoliyatlari,  ta’limning  maqsadi, 

mazmuni, shakl,  metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish  yo’llari va hokazo muammolarni tadqiq 

etadi.  

Ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta’lim har bir shaxsning kamol topishi 

hamda  u  tomonidan  hayotiy  faoliyatni  tashkil  eta  olishi  uchun  zarur  bo’lgan  Ma’lumotlarni  berishga  yo’naltiriladi. 

Umumiy  ta’lim  asosida  o’zlashtirilgan  Ma’lumotlar  kelgusida  shaxsning  kasbiy  tayyorgarligini  tahminlashga  imkon 

beruvchi maxsus ta’lim olishi uchun asos bo’ladi. Maxsus ta’lim – o’zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, 

shaxsga  muayyan  kasbiy  faoliyatni  tashkil  etish  borasida  nazariy  bilimlarni  berish  asosida  amaliy  ko’nikma  hamda 

malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. 

Ta’lim,  shuningdek,  turli  darajadagi  ta’lim  dasturlarini  amalga  oshirishiga  ko’ra  maktabgacha  ta’lim,  umumiy  o’rta 

ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va 

ularni qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta’lim kabi turlarga bo’linadi.  

Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning  muhim  tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, tarbiya  jarayoni  mazmuni, shakl,  metod, 

vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o’rganadi. 

Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, 

xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir.  

Ijtimoiy  tarbiya  aqliy,  axloqiy,  jismoniy,  mehnat,  estetik,  iqtisodiy,  huquqiy,  ekologik  va  jinsiy  tarbiya  kabi 

yo’nalishlarda tashkil etiladi. 

Ijtimoiy  tarbiya  va  uning  bosqichlari.  Insoniyatning  yashash  uchun  kurashish  va  turli  tabiiy  ofatlardan  himoyalanish 

yo’lida olib borgan harakatlari tarbiya g’oyalarining shakllanishiga asos bo’lib xizmat qilgan.  

Ibtidoiy  jamoa  tuzumida  odamlarning  guruh-guruh  bo’lib  hayot  kechirishi  sababli  bolalarga  tirikchilik  o’tkazish 

yo’lidagi  faoliyat  (o’simlik  mevalari,  ildizlarini  terish,  hayvonlarni  ovlash)ni  tashkil  etish  borasidagi  tajribalarni 

o’rgatish  guruh  ahzolari  tomonidan  birdek  amalga  oshirilgan.  Bilimlar,  aksariyat  hollarda,  mehnat  va  o’yin 

jarayonlarida  o’zlashtirilgan.  Mehnat  faoliyatini  tashkil  etish  jinsiy  harakterga  ega  bo’lganligi  bois  o’g’il  va  qiz 

bolalarni tarbiyalashda o’ziga xos jihatlar ko’zga tashlangan. 

Oila,  xususiy  mulk  va  davlatning  paydo  bo’lishi  ijtimoiy  tarbiya  mazmunida  ham  tub  o’zgarishlarning  sodir  etilishi, 

quldorlarning  paydo  bo’lishi  olib  keldi.  Aynan  mana  shu  davrdan  tarbiya  jamiyatning  ijtimoiy  talab  va  ehtiyojlari 

asosida  yo’lga  qo’yila  boshladi.  Erkin  fuharolarni  tarbiyaning  maqsadi,  vazifalari,  mazmuni  va  vositalari  borasidagi 

fikrlar  Demokratik,  Platon  va  Aristotellarning  asarlarida  muhim  o’rin  egallagan.  Mutafakkirlarning  asarlarida  ushbu 

fikrlar  mustaqil  pedagogik  nazariya  sifatida  emas,  balki  falsafiy  harashlar  yoki  jamiyatni  tashkil  etish  loyihasining 

muhim  komponenti  tarzida  bayon  etilgan.  Ushbu  davrda  tabiiy-ijtimoiy  fanlar  tizimi  shakllanishi  uchun  boshlang’ich 

asoslar qo’yildi.  

quldorlik  tuzumida  erkin  bo’lmagan  kishilar  (qullar)ning  haq-huquqlari  cheklanganligi  bois  tarbiya  tizimi  faqatgina 

quldorlar, ularning farzandlari uchun xizmat qilgan. 

quldorlik  tuzumi  o’rnida  shakllangan  feodal  tuzumda  pedagogik  g’oyalar  feodallar  manfaatini  ifoda  eta  boshladi. 

Mazkur  davr  pedagogik  jarayonni  tashkil  etishda  diniy  g’oyalar  etakchi  o’rin  egallashi  bilan  tavsiflanadi.  Ijtimoiy 

hayotda  diniy  muassasalar  (g’arbda  cherkov,  Sharqda  esa  machitlar)ning  roli  osha  borib,  bolalarni  o’qitish  va 

tarbiyalash  ishlari  asosan  shu  maskanlarda  tashkil  etildi.  Garchi  dunyoviy  g’oyalarni  ilgari  surish,  ilmiy  nazariyalarni 

yaratish va targ’ib etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi holatlar ham ko’zga tashlangan bo’lsa-da, ammo 


 

17 

savdo-iqtisodiy aloqalar ko’lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga harshi keskin chora ko’rish ehtiyoji ilmiy bilimlarning 

rivojlantirish  hayotiy  zaruriyat  ekanligini  isbotladi.  Insoniyat  tarixidan  mustahkam  o’rin  olgan  Sharq  Uyg’onishi  deb 

nom  olgan  tarixiy  jarayon  aynan  feodal  tuzumi  –  o’rta  asrlar  davrida  sodir  bo’ldi.  Sharqda  buyuk  allomalar  - 

Muhammad  Muso  al-Xorazmiy,  Abu  Nasr  Forobiy,  Abu  Rayqon  Beruniy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Ahmad  al-Farg’oniy, 

g’arbda  esa  T.Mor,  T.Kampanella,  E.Rotterdamskiy,  F.Rable,  M.Monteng’  va  boshqalar  tomonidan  har  tomonlama 

rivojlangan,  ruhiy  va  jismoniy  jihatdan  sog’lom,  antik  dunyo  va  burjaziya  davri  yutuqlari  asosida  ilmiy  bilimlarni 

o’zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash g’oyasi ilgari surildi va puxta asoslab berildi. 

Savdo,  hunarmandchilik  va  manufaktura  negizida  rivojlanib  borayotgan  ishlab  chiharishni  yanada  takomillashtirish 

yo’lidagi  amaliy  harakatlar  bu  boradagi  muvaffaqiyat  murakkab  texnikani  boshhara  oladigan  shaxsni  shakllantirish 

evaziga  hal  etilishi  tasdiqladi.  Mazkur  davrda  ilg’or,  progressiv  pedagogik  g’oyalar  ilgari  surildi.  Aksariyat  g’oyalar 

mazmunida bilim olishga nisbatan ijtimoiy tenglikni haror toptirish borasidagi harash o’z ifodasini topdi.  

Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jihatdan asoslandi. Bu o’rinda pedagogika 

fani  rivojiga  o’zining  munosib  hissasini  qo’shgan  mutafakkirlar:  g’arbda  -  Ya.A.Komenskiy,  D.Didro,  J.J.Russo, 

F.Gerbart, V.V.Disterveg, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, Sharqda I.Ibrat, S.Siddiqiy, A.Shakuriy, 

S.Ayniy, A.Avloniy, A.Fitrat, H.H.Niyoziy, M.Abdurashidov, M.Behbudiylar shaxsga ta’lim berish va uni tarbiyalash 

borasidagi  harashlarni  yanda  boyitdilar  hamda  ta’lim  tizimiga  ilm-fan,  texnika  yangiliklarini  tadbiq  etish,  o’qitishni 

yangi tizim (izchil, uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil etish kabi g’oyalarni ilgari surdilar. 

Sobiq  Sho’ro  davrida  pedagogika  fani  mazmunan  ilm-fan,  texnika  va  texnologiya  yutuqlari  asosida  boyidi,  ta’lim 

muassasalari tizimi shakllantirildi, shuningdek, har tomonlama (garmonik) rivojlangan shaxsni shakllantirish nazariyasi 

asoslandi. Biroq, mazkur nazariya g’oyalarini amaliyotga tadbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi yaratilmadi.  

O’zbekiston  Respublikasi  mustaqillikni  qo’lga  kiritgach,  rivojlanish  va  taraqqiyot  yo’li  demokratik,  insonparvar  va 

huquqiy  jamiyatni  barpo  etishdan  iboratligi  ehtirof  etilib,  «ta’lim  tizimini  tubdan  isloh  qilish,  uni  o’tmishdan  qolgan 

mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish»

1

 davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri deya belgilandi. 



Asosiy ehtibor yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi. 

Respublikada  ta’lim  qsida  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  asosiy  mazmun  hamda  yo’nalishlari  O’zbekiston 

Respublikasining  «Ta’lim  to’g’risida»gi  qonuni  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  kabi  mehyoriy  hujjatlarda 

belgilab berilgan. 

Demak,  mavjud  sharoitda  pedagogika  fani  barkamol  shaxs  va  malakali  mutaxassisni  tayyorlashga  yo’naltirilgan 

ijtimoiy hrakat istiqbollari, bu boradagi muammolar va ularni hal etish yo’llarini o’rganadi. 

Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat 

taraqqiyotini  tahminlashga  alohida  hissa  qo’shadi.  Pedagogika  fani  maqsadi  va  vazifalarining  belgilanishida  ijtimoiy 

munosabatlar  mazmuni,  davlat  va  jamiyat  qurilishi,  uning  hayotida  etakchi  o’rin  tutuvchi  g’oyalar  mohiyatini  muhim 

ahamiyatga ega.  

O’zbekiston  Respublikasida  demokratik,  insonparvar  hamda  huquqiy  jamiyatni  barpo  etish  sharoitida  mazkur  fan 

yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy 

istiqlol  g’oyasi  asosida  ta’lim  va  tarbiya  nazariyasini  ijodiy  rivojlantirish  vazifasini  hal  etadi.  Mazkur  jarayonda 

quyidagi vazifalarni bajarishga ehtibor haratiladi: 

1. 

Ma’naviy  va  axloqiy  talabalarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrni  tarbiyalashga  yo’naltirilgan 



pedagogik jarayonning mohiyatini o’rganish. 

2. 


Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash. 

3. 


Ijtimoiy  taraqqiyot  darajasidan  kelib  chiqqan  holda  rivojlangan  xorijiy  mamlakatlar  ta’lim  tizimi 

tajribasini o’rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish. 

4. 

Ta’lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash. 



5. 

Ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish. 

6. 

Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish. 



7. 

Ta’lim-tarbiya  birligi  hamda  ijtimoiy  tarbiya  yo’nalishlari  o’rtasidagi  o’zaro  aloqadorlikni 

tahminlashning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish. 

8. 


O’qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish. 

9. 


Oila  tarbiyasini  muvaffaqiyatli  tashkil  etish  yuzasidan  ota-onalar  uchun  ilmiy-metodik  tavsiyalarni 

ishlab chiqish. 

Pedagogika  fanining  asosiy  kategoriyalari.  Bizga  yaxshi  Ma’lumki,  har  bir  fan  o’zining  tayanch  tushunchalari, 

qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida ehtirof etilishini kafolatlaydi. 

Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.  

Pedagogika  fanining  asosiy  kategoriyalari  shaxs  kamolotini  tahminlash,  ta’lim  va  tarbiya  samaradorligiga  erishishga 

haratilgan  jarayonlarning  umumiy  mohiyatini  yoritadi.  Eng  muhim  kategoriyalar  sirasiga  quyidagilar  kiradi:  shaxs, 

tarbiya, ta’lim (o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, Ma’lumot, rivojlanish. 

Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, 

muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat ahzosi. 



                                                                 

1

 Кадрлар тайёрлаш миллий дастури 



//Олий таълим: меъёрий ҳужжатлар тўплами. – Тошкент: Шарқ нашриёт-

матбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти, 2001. –25-бет. 



 

18 

Tarbiya  -  muayyan,  aniq  maqsad  hamda  ijtimoiy-tarixiy  tajriba  asosida  yosh  avlodni  har  tomonlama  o’stirish,  uning 

ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. 

Ta’lim –o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini 

o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon. 

Bilim  –  shaxsning  ongida  tushunchalar,  sxemalar,  Ma’lum  obrazlar  ko’rinishida  aks  etuvchi  borliq  haqidagi 

tizimlashtirilgan ilmiy Ma’lumotlar majmui. 

Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. 

Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. 

Ma’lumot  –  ta’lim-tarbiya  natijasida  o’zlashtirilgan  va  tizimlashtirilgan  bilim,  hosil  qilingan  ko’nikma  va  malakalar 

hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.  

Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini 

ifoda etuvchi murakkab jarayon. 

2.Pedagogikaning metodlari. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik 

muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g’oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga 

tahminlanadi. Ijtimoiy va ishlab chi[arish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish 

imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon etkazuvchi 

holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada 

o’rganish, mavjud ko’rsatkichlar vositasida ularning sodir bo’lish sabablarini o’rganish, zarur chora-tadbirlarni 

belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir 

qator obhektiv va subhektiv omillarga bog’liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul. Ayni vaqtda 

samarali bo’lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir. 

Pedagogik  ilmiy-tadqiqot  metodlari  shaxsni  tarbiyalash,  unga  muayyan  yo’nalishlarda  chuqur,  puxta  ilmiy  bilimlarni 

berishga berish tamoyillari, obhekti va subhektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va 

qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.  

Ayni  vaqtda  O’zbekiston  Respublikasida  pedagogik  yo’nalishda  olib  borilayotgan  ilmiy  izlanishlar  dialektik 

yondashuvga  asoslanadi.  Pedagogik  hodisa,  voqelik  va  ularning  qonuniyatlarilarni  aniqlashga  bunday  yondashuv 

pedagogik  hodisa  va  jarayondlarning  umumiy  aloqasi,  ularning  izchil,  uzluksiz  rivojlanishi,  bolaning  fiziologik  rivoji 

uning psixologik, intellektual  jihatdan takomilashtirib borishini tahminlashi, harama-harshiliklarning shaxs  kamolotini 

tahminlashdagi o’rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini ehtirof etadi. 

Pedagogik  ilmiy  tadqiqotlarni  amalga  oshirish  murakkab,  muayyan  muddatni  taqozo  etuvchi,  izchillik,  uzluksizlik, 

tizimlilik  hamda  aniq  maqsad  kabi  xususiyatlarga  ega  bo’lgan  jarayon  bo’lib,  uning  samarali  bo’lishi  uchun  bir  qator 

shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir: 

1) 

muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi; 



2) 

ilmiy farazlarning to’g’ri shakllantirilganligi; 

3) 

vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to’g’ri belgilanganligi; 



4) 

tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obhektiv yondashuv; 

5) 

tajriba-sinov  ishlari  jarayoniga  jalb  etiluvchi  respondentlarning  yosh,  psixologik  va  shaxsiy 



xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to’g’ri hisobga olinganligi; 

6) 


tadqiqot natijalarini oldindan tashhislash va uning natijalarini bashoratlash; 

7) 


tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi. 

Zamonaviy sharoitda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda: 

1.  

Pedagogik kuzatish metodi



2.  

Suhbat metodi

3.  

Anketa metodi. 



4.  

Intervg’yu metodi. 

5.  

Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. 



6.  

Test metodi. 

7.  

Pedagogik tahlil metodi. 



8.  

Bolalar ijodini o’rganish metodi. 

9.  

Pedagogik tajriba metodi. 



10. 

Matematik-statistik metod. 



Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo’llash jarayonida ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiya ishlari jarayonini o’rganish 

asosida  tadqiq  etilayotgan  muammo  holat  aniqlanadi,  tajriba-  avvali  va  yakunida  qo’lga  kiritilgan  ko’rsatkichlar 

o’rtasidagi farq to’g’risidagi Ma’lumotga ega bo’linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega. 

Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo’lga kiritish mumkin. Olib 

borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbya sifatini oshirish, o’quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur 

metodning ahamiyati yanada oshadi. 

Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo’l qo’ymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab 

etiladi: 

1) 

kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik; 



 

19 

2) 


kuzatishni tizimli ravishda yo’lga qo’yish; 

3) 


kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish; 

4) 


har bir holatning mohiyatini sinchiklab o’rganish; 

5) 


xulosa chiharishga shoshilmaslik. 

Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo’lingan Ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to’g’ri 

baho berish, muammoning echimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari 

subhektlari imkoniyatlarini muammo echimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda indiviudal, 

guruhli  hamda  ommaviy  shaklda  o’tkaziladi.  Suhbat  jarayonida  respondentlarning  imkoniyatlari  to’la-to’kis  namoyon 

bilishga erishish muhimdir. Uning samarali bo’lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvoiq: 

1) 


maqsaddan  kelib  chiqqan  holda  suhbat  uchun  belgilanuvchi  savollarning  mazmuni  aniqlash  hamda 

savollar o’rtasidagi mantiqiylik va izchillikni tahminlash; 

2) 

suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash; 



3) 

suhbat ishtirokchilarining soni xususida Ma’lum to’xtamga kelish; 

4) 

suhbatdosh to’g’risida avvaldan muayyan Ma’lumotlarga ega bo’lish; 



5) 

suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo’lish; 

6) 

suhbatdoshning o’z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish; 



7) 

savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish; 

8) 

olingan Ma’lumotlarni o’z vaqtida tahlil qilish. 



Anketa metodi (frantsuzcha – tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to’plangan 

dalillar  boyitiladi.  Anketa  metodi  ham  tizimlangan  savollar  asosida  respondentlar  bilan  muloqotni  tashkil  etishga 

asoslanadi.  Anketa  savollariga  javoblar,  ko’p  hollarda,  yozma  ravishda  olinadi.  O’rganilayotgan  jarayon  mohiyatidan 

kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo’ladi:  

1) 

ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);  



2)  yopiq  turdagi  savollar  (respondentlar  «ha»,  «yo’q»,  «qisman»  yoki  «ijobiy»,  «qoniharli»,  «salbiy»  va  hokazo 

tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar). 

Anketa metodini qo’llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir: 

1) 


anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim; 

2) 


anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo’lmasligi kerak; 

3) 


anketa  savollari  o’quvchilarning  dunyoharshi,  yosh  va  psixologik  xususiyatlarini  inobatga  olish  asosida 

tuzilishi zarur; 

4) 

anketa  savollari  respondentlar  tomonidan  to’la  javoblar  berilishini  tahminlovchi  vaqtni  kafolatlay  olishi 



zarur; 

5) 


anketa  o’quvchilarning  pedagogik  va  psixologik  tavsifnomalarini  tuzish  manbaiga  aylantirib 

yuborilmasligi zarur; 

6) 

anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart. 



Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan 

munosabat  bildirilishini  tahminlaydi.  Intervg’yu  respondent  ehtiboriga  turkum  savollarni  havola  etish  asosida 

o’tkaziladi.  Intervg’yu  jarayonida  olingan  savollarga  nisbatan  tadqiqotchi  tomonidan  munosabat  bildirilishi  uning 

samarasini oshiradi. 

Ta’lim  muassasasi  hujjatlarni  tahlil  qilish  metodi.  Pedagogik  hodisa  va  dalillarni  tekshirish  maqsadida  ta’lim 

muassasalari  faoliyati  mazmunini  yorituvchi  Ma’lumotlarni  tekshirish  maqsadga  muvofiqdir.  Mazkur  metod 

O’zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim  to’g’risida»gi  qonuni  hamda  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  talablarining 

ta’lim  muassasalari  amaliyotidagi  bajarilish  holatini  o’rganish,  bu  boradagi  faolllik  darajasi,  erishilgan  yutuq  hamda 

yo’l  qo’yilgan  kamchiliklarni  aniqlash,  ilg’or  tajribalarni  ommalashtirish  va  ta’lim  muassasasi  pedagogik  tajribasini 

oshirish maqsadida qo’llaniladi. 

Ta’lim  muassasasi  faoliyati  mohiyatini  yorituvchi  hujjatlar  quyidagilardan  iborat:  o’quv  mashg’ulotlarining  jadvali, 

o’quv dasturi, guruh (yoki sinf) jurnallari, o’quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yig’ilishi 

bayonnomalari  yozilgan  daftar,  Pedagogik  Kengash  harorlari,  ta’lim  muassasasi  smetasi  hamda  pasporti,  tarbiyaviy 

ishlar rejasi, o’quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, ta’lim muassasasi jihozlari (o’quv partalari, stol 

stullar, yumshoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar.  

Mazkur metod muayyan yo’nalishlarda o’quv-tarbiya ishlari samaradorligi darajasi, o’quvchilarda hosil bo’lgan bilim, 

ko’nikma va malakalar hajmi, ilg’or pedagogik tajribalar mazmunini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. 

Test  metodi.  Ushbu  metod  respondentlar  tomonidan  muayyan  fan  qsi  yoki  faoliyat  (shu  jumladan,  kasbiy  faoliyat) 

bo’yicha  o’zlashtirilgan  nazariy  bilim  va  amaliy  ko’nikma,  malakalar  darajasini  aniqlashga  xizmat  qiladi.  Test  o’z 

mohiyatiga ko’ra quyidagi savollardan iborat:  

2) 

ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);  



2)  yopiq  turdagi  savollar  (respondentlar  «ha»,  «yo’q»,  «qisman»  yoki  «ijobiy»,  «qoniharli»,  «salbiy»  va  hokazo 

tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar). 

3)  to’g’ri  javob  variantlari  qayd  etilgan  savollar  (respondentlar  o’z  yondashuvlariga  ko’ra  to’g’ri  deb  topgan  javob 

variantini belgilaydilar). 

Test  metodini  qo’llashda  aniqlanishi  zarur  bo’lgan  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni  turkum  asosida  berilishiga  ehtibor 

berish  maqsadga  muvofiqdir.  Ushbu  metodning  afzalligi  respondentlar  javoblarini  aniq  mezonlar  bo’yicha  tahlil  etish 

imkoniyati  mavjudligi  hamda  vaqtning  tejalishi  bilan  tavsiflanadi.  Biroq,  metod  ayrim  kamchilikdan  ham  holi  emas. 


 

20 

Chunonchi,  aksariyat  holatlarda  javoblar  yozma  ravishda  olinadi,  shuningdek,  respondent  taklif  etilayotgan  javob 

variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o’z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.  

Pedagogik  tahlil  metodi.  Tadqiqotni  olib  borish  jarayonida  ushbu  metodni  qo’llashdan  ko’zlangan  maqsad  tanlangan 

muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik  yo’nalishlarda o’rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo’lib, 

tadqiqotchi ilgari surayotgan g’oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi. 

Bolalar  ijodini  o’rganish  metodi.  Mazkur  metod  o’quvchilarning  muayyan  yo’nalishlardagi  layoqati,  qobiliyati, 

shuningdek, Ma’lum fan qlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash  maqsadida qo’llaniladi. Uni 

qo’llashda  o’quvchilarning  ijodiy  ishlari  –  kundaliklari,  insholari,  yozma  ishlari,  referatlari,  hisobotlari  muhim  vosita 

bo’lib  xizmat  qiladi.  Metodning  afzalligi  shundaki,  u  Ma’lum  o’quvchiga  xos  bo’lgan  individual  imkoniyatni  ko’ra 

olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.  

Bolalar ijodini o’rganishning quyidagi shakllari mavjud:  

1) 

fan olimpiadalari; 



2) 

turli mavzulardagi tanlovlar; 

3) 

 maktab ko’rgazmalari; 



4) 

festivallar; 

5) 

musobaqalar. 



Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha «sinab ko’rish», «tajriba qilib ko’rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan 

muammo echimini topish imkoniyatlarini o’rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay 

olishi,  ilgari  surilayotgan  tavsiyalarning  amaliyotda  o’z  inhikosiga  ega  bo’la  olishi  hamda  samaradorligini  aniqlash 

maqsadida  foydalaniladi.  Mazkur  metoddan  foydalanish  tadqiqotchi  tomonidan  ilgari  surilayotgan  maxsus 

metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur.  

Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Pedagogik tajriba ham bir qator shartlarga amal qilgan holda tashkil etiladi. Xususan: 

1) 


tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi; 

2) 


tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi; 

3) 


tadqiqot obhektlari vv usullarining to’g’ri tanlanishi; 

4) 


tajriba o’tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi; 

5) 


zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi; 

6) 


tajriba Ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta ishlash. 

Matematik-statistik  metod  tajriba-sinov  ishlari,  shuningdek,  umumiy  holda  tadqiqotning  samaradorlik  darajasini 

aniqlash maqsadida qo’llaniladi, muammo holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida 

qayta  tahlil  etiladi.  Yakuniy  qiymat  tadqiqot  samarasini  ifodalovchi  asosiy  ko’rsatkich  hisoblanadi.  Ayni  vaqtda 

pedagogik yo’nalishda tadqiqotlar olib borishda Stg’yudent, Ko’virlyag, Rokich, V.P.Bespalg’ko hamda V.V.Grechixin 

metodlaridan keng foydalanilmoqda. 



Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin