Guliston davlat universiteti «pedagogika va psixologiya»



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix22.06.2020
ölçüsü1,42 Mb.
#31977
1   2   3   4   5   6   7   8
pedagogika va psixologiya


 

Savol va topshiriqlar. 

1. 


Pedagogik texnologiya tushunchasiga izoh bering 

2. 


Pedagogik texnologiyalarning mezonlarini ayting 

3. 


Pedagogik muloqotning asosiy shakllari nimalardan iborat? 

4. 


Muloqot tushunchasining mohiyati. 

5. 


Muloqotga kirishish jarayonida qo’llaniladigan muomala uslublarini ayting. 

6. 


O’qituvchining muloqotida uchraydigan pedagogik nizolar va kamchiliklarni oldini olish yo’llarini ko’rsating. 

 

 

 O’quv-tarbiyaviy vaziyatlarni loyihalashtirish asoslari.  

Reja: 

1.Tarbiyaning mazmuni va asosiy yo’nalishlari.  

2.Oilaviy  hayot sohasi tarbiya  muhiti sifatida.  

3.O’z-o’zini tarbiyalash va o’z-o’zini kamol toptirishning psixologik- pedagogik  asoslari 



Tarbiya  -  har  bir  insonning  hayotda  yashashi  jarayonida  orttirgan  saboqlari  va  intellektual  salohiyatlarining  ijobiy 

ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni. 

Chunonchi,  tarbiya  keng  sotsial  maonoda  ijtimoiy  hodisa  sifatida  qo’llanilganda  jamiyatning  barcha  tarbiyaviy 

vositalarini o’z ichiga oladi. 

Tarbiyaning  oboektiv  qonunlari  -  o’quv-tarbiyaviy  jarayonni  tashkil  etish  va  ijtimoiy  hayotning  shaxsni,  uni  o’ziga 

xosligi hamda sifatlarini shakllantirish talabalardagi turg’un bo’lgan anoanalardir. 

Darxaqiqat, tarbiya  ijtimoiy  hayot uchun zarur bo’lgan  hodisalardir. Tarbiya  yuksak  maonaviy, jismoniy barkamollik, 

yaxshining  yomondan  farqini  anglash,  yuksak  insoniy  fazilatlarini  shakllantirish  qudratiga  egadir.  Tarbiya  kishilik 

jamiyatining xamma bosqichlarida rivojlanib, o’sib, avloddan-avlodga vorislik vazifasini bajaradigan hodisa. Lekin har 

bir jamiyatda tarbiyaning maqsadi, vazifasi, mazmuni o’ziga xosligi bilan farq qiladi. 

Xalq iqtisodiy, siyosiy va maonaviy zaruratdan kelib chiqib, yosh avlodni tarbiyalash muammolari dastlab xalq og’zaki 

ijodiyoti, xalq pedagogikasi, yozma yodgorlik va pandnomalarda, mutafakkir va maorifatparvarlarning asarlarida bosh 

mavzu bo’lib, komil inson shaxsini shakllantirish uchun zaruriy xodisa sifatida talqin etilgan. Xalq og’zaki ijodiyotida 

tarbiya  bosh  masala  sifatida  tavsiflangan  bo’lsa  tarbiya  va  odob,  vatanga  cheksiz  muhabbat,  adolat,  insof,  botirlik, 

mehnatsevarlik,  bilimdonlik  kabi  g’oyalar  tarbiya  vositasi  tarzida  qo’llanilgan.  «Vatan  qadrini  bilmagan  o’z  qadrini 

bilmas», «Vatanga kelgan iymonga kelar». «Bola tuqqanniki emas, tarbiyalaganniki», «Ota g’ayratli bo’lsa, bola ibratli 

bo’lar»  kabi  xalq  maqollari  bevosita  tarbiyaga  daxldordir.  Hadis  ilmida  tarbiyaning  inson  kamoloti  uchun  cheksiz 

muhabbat,  ilmiy  tuyg’u  kabi  sifatlarning  izohi  xam  beriladi.  «Farzandlaringizni  izzat-ikrom  qilish  bilan  birga  axloq-

odobini ham yaxshilangiz», «Otaga itoat qilish-tangriga itoat qilishdir» va boshqalar shular jumlasidandir. 

Xalq  og’zaki  ijodiyoti  va  pedagogikasida  tarbiya  muammosi  inson  uchun  zarur  bo’lgan  iqtisodiy,  ijtimoiy,  jismoniy, 

maonaviy,  axloqiy  sifatlarni  qamrab  olgan  bo’lib,  tarbiya  orqali  amalga  oshirish  nazarda  tutiladi.  Alisher  Navoiyning 

«Mahbub ul-qulub» asarida keltirilganidek:  

Qobilga tarbiya erur ul navoqin guhar  

Tushsa, najosat ichra yuvgay kimsa ani pok.  

Gar it uzumiga kishi may birla bersa suv,  

Bu tarbiya bilan qila olgaymu ani tok. 



 

31 

Quyidagi  satrlarda  alloma  tarbiyani  kimga  berishni  ham  bilish  kerakligini  taokidlab,  tarbiya  jarayonini  to’g’ri  tashkil 

qilishga,  uning  qonun-qoidalariga  amal  qilishga  ham  chorlaydi.  Pedagogika  fanida  tarbiya  -  inson  tarbiyasi 

muammolarini  asosiy  maqsad  qilib,  barkamol  shaxsni  shakllantirishga  zamonaviy  pedagogika  fani  yutuqlaridan 

foydalanish bilan bir qatorda milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizdan foydalanish va ijodiy yondoshishni talab etadi. 

Bu talab ajdodlarimiz g’oyalariga suyanib, quyidagi qonunlarga asoslanishi zarur deb xisoblaymiz: 

 -Tarbiya  inson  faoliyati  jarayonida  tartibli  taosir  etuvchi  omil  bo’lib,  natijasini  insonning  yashab  turgan  ijtimoiy 

sharoiti belgilaydi; 

-Inson kamolotini harakatlantiruvchi kuch, qarama-qarshiliklarni mavjudligi uning shaxsiy hayotida namoyon 



bo’ladi; 

-Inson faoliyati jarayonida atrofdagi narsa va hodisalarga qiziqish uyg’otish va uni ehtiqodga aylantirish lozim. Chunki 

insonning  jamiyatda  bo’lgan  munosabatida,  tevarak-atrofda  kechayotgan  voqea-hodisalarga  bo’lgan  munosabatida 

namoyon bo’ladi; 

-Tarbiya  jarayoni  yoshlarning  kattalar  bilan,  kattalarning  yoshlar  bilan  qonuniy  munosabati  natijasida  amalga 

oshirilishini[ taominlashi demakdir.  

-Tarbiya jarayonining qonun, qoida, tamoyil va metodlarini pedagogikaning tarbiya nazariyasi qismi chuqur, atroflicha 

o’rganadi. 

Tarbiya  haqida tushuncha. Tarbiya  nazariyasi pedagogika fanining tarkibiy qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayon  mazmuni, 

shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o’rganadi. Yosh avlodni tarbiyalashda nimalarga 

ehtibor qaratmoq lozim? Bunday masalalarni hal etishda avvalo mamlakatimizda siyosiy-ijtimoiy qlarda yuz berayotgan 

islohatlar mohiyatini chuqur va atroflicha mushohada qilib olishga to’g’ri keladi. Chunki davr ham, inson tarbiyasi ham 

o’zgarib  bormoqda.  Ayniqsa,  XXI  asr  insoniyat  tarixida  kompyuter  davri  bo’lib  kirib  keldi.  Biroq,  fan-texnika 

qanchalik  jadal  rivojlanib,  jamiyat  hayotida  muhim  joy  olib,  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  tezlashuviga  qanchalik 

samarali ta’sir etmasin, tarbiya nazariyasida shaxsni komil etib tarbiyalash, bu borada Markaziy Osiyo mutafakkirlari, 

xalq pedagogikasi hamda jahon pedagogikasining ilg’or fikrlariga tayanib ish ko’rish zarur bo’ladi. Yoshlarni barkamol 

inson qilib tarbiyalashda birinchi navbatda Sharq mutafakkirlarining qimmatli ma’naviy meroslari muhim dasturil amal 

ahamiyatiga ega bo’ladi. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad 

al-Farg’oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag’ay 

Ulug’bek, Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari olamga mashhur allomalarining ijtimoiy, siyosiy va 

falsafiy  qarashlari  barcha  zamonlar  uchun  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  O’z  o’tmish  madaniy  merosini  chuqur 

o’rganmagan va ehzozlamagan, ajdod-avlodlari bosib o’tgan tarixiy yo’lni idrok etmagan, milliy mustaqillik yo’lida jon 

fido qilgan buyuk ajdodlar faoliyatidan xabardor bo’lmagan inson o’zligini hech hachon anglab etolmaydi. 

O’tmish madaniy merosini o’rganish murakkab jarayoni sanaladi. Madaniy merosi namunalari va ularda ilgari surilgan 

ezgu g’oyalarni yosh avlod ongiga singdirish uzluksiz, izchil, tizimli hamda maqsadga muvofiq amalga oshirilishi zarur.  

Tarbiya maqsadi va vazifalari. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har 

tomonlama  o’stirish,  uning  ongi,  xulq-atvori  va  dunyoqarashini  tarkib  toptirish  jarayonidir.  Turli  zamon  va  makonda 

ijtimoiy  tarbiya  mohiyatan  turlicha  ifodalab  kelingan  bo’lib,  uning  mazmuni  ijtimoiy  maqsadlardan  kelib  chiqib 

asoslangan. 

Tarbiya  maqsadi  ijtimoiy  buyurtma  asosida  belgilanadi.  Eng  oddiy  harakatdan  tortib  to  keng  ko’lamli  davlat  dasturi 

asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo muayyan maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi. 

Maqsadsiz,  Ma’lum  g’oyani  ifoda  etmaydigan  tarbiya  bo’lmaydi.  Tarbiya  maqsadi  asosida  uning  mazmuni  asoslanib, 

maqsadni  amalga  oshirishga  xizmat  qiluvchi  metod  va  usullar  aniqlanadi.  Tarbiya  maqsadining  muammosi 

pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. 

Tarbiya  maqsadi  umumiy  va  individual  harakterga  ega  bo’lishi  mumkin.  Ilg’or  pedagogika  umumiy  va  individual 

maqsadlar birligi va uyg’unligini namoyon etadi. 

Maqsad  tarbiyaning  umumiy  ijtimoiy  maqsadni  ijobiy  hal  etishga  yo’naltiriladi  hamda  aniq  vazifalar  tizimi  sifatida 

namoyon  bo’ladi.  Demak,  tarbiya  maqsadi  tarbiya  jarayonini  tashkil  etish  asosida  hal  etiladigan  vazifalar  tizimidir. 

Tarbiya maqsadlari mohiyati va ko’lamiga ko’ra umumiy va aniq vazifalar sifatida guruhlanadi. 

Tarbiya  maqsadi  qanday  shakllanadi?  Uning  shakllanishida  ko’plab  obhektiv  sabablar  etakchi  rol  o’ynaydi. 

Organizmning  fiziologik  etilish  qonuniyatlari,  insonning  ruhiy  rivojlanishi,  falsafiy  va  pedagogik  fikrlar  yutug’i, 

ijtimoiy  madaniyat  darajasi  maqsadga  umumiy  yo’nalish  beradi.  Biroq  asosiy  omil  doimo  davlat  mafkura  va  siyosati 

bo’lib qolaveradi. 

Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi rahbariyati yoshlar orasidan eng iqtidorli, salohiyatlilarini tanlab, saralab olib, 

ularni  ilmiy,  madaniy-ma’naviy  jihatdan  kamolotga  erishishlari,  zamonaviy  fan-texnika  asoslarini  puxta  o’zlashtirib 

olishlari  uchun  g’amxo’rlik  qilmoqda.  O’zbekiston  Respublikasining  istiqboli  nazarda  tutilib,  ko’pgina  yoshlarning 

Turkiya,  Xitoy,  Yaponiya,  AqSh,  Germaniya  kabi  rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarga  tahsil  olish  uchun 

yuborilayotganliklari fikrimizning yorqin dalilidir. 

Bugungi  kunda  O’zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim  to’g’risida»  qonunini  hayotga  joriy  etish,  ta’lim-tarbiya, 

sog’liqni  saqlash  hamda  umumiy  tibbiyot  muammolarini  zamon  talablari  darajasida  olib  borish,  maktablarni 

milliylashtirish,  o’rta  maxsus  hamda  oliy  o’quv  yurtlariga  kirish  imtihonlarini  test  usulida  o’tkazish  borasida  amalga 

oshirilayotgan ijobiy ishlar o’z samarasini bermoqda.  

Jamiyat ma’naviyati va shaxs kamolotida muhim o’rin tutuvchi ma’naviy va axlohiy poklik, iymon, insof, diyonat, or-

nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o’z-o’zidan shakllanmaydi. Barchasining asosida yosh 



 

32 

avlodga oila, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya 

mazmuni, g’oyaviy yo’nalishi va samarasi yotadi. 

O’sib  kelayotgan  yosh  avlodning  zamon  talablariga  mos,  barkamol  inson  bo’lib  shakllanishlari  uchun  ijtimoiy 

tarbiyaning muhim tarkibiy qismlari – aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, ekologik, iqtisodiy 

hamda jinsiy tarbiyani tashkil etishga nisbatan yangicha nuqtai nazardan yondashish, ularning samarali yo’llarini ishlab 

chiqish alohida dolzarblik kasb etadi. Bu esa tarbiyadagi eng muhim vazifalardir. 

Tarbiya  mazmuni.  Aqliy  tarbiya  –  shaxsga  tabiat  va  jamiyat  taraqqiyoti  to’g’risidagi  bilim  asoslarini  berish,  uning 

aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, shaxs tomonidan 

tabiat, jamiyat, shuningdek,  inson tafakkuri haqidagi bilimlarni o’zlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. 

Aqliy tarbiya yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarga ega shaxsni tarbiyalashda etakchi o’rin tutadi.  

Bilimlar  tizimini  ongli  ravishda  o’zlashtirish  mantiqiy  fikrlash,  xotira,  diqqat,  idrok  etish,  aqliy  qobiliyat,  moyillik  va 

iqtidorni rivojlantirishga ko’maklashadi. 

Akliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar sanaladi: 

- shaxs tomonidan ilmiy bilimlarning muayyan hajmini o’zlashtirilishiga erishish; 

- bilishga bo’lgan qiziqishlarni yuzaga keltirish; 

- aqliy qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish; 

- bilishga bo’lgan faollikni kuchaytirish; 

-  mavjud  bilimlarni  muntazam  ravishda  boyitib  borish,  umumiy  o’rta  ta’lim  va  maxsus  kasbiy  tayyorgarlik  darajasini 

oshirishga bo’lgan ehtiyojni rivojlantirish. 

- ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. 

Muhammad alayhissalom o’z hadislarida; «Ilmga ilm olmoq yo’li bilan erishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoyga borib bo’lsa 

ham  o’rganinglar.  ...  Ilm  egallang.  Ilm  sahroda  do’st,  hayot  yo’llarida  tayanch,  yolg’iz  damlarda  yo’ldosh  baxtsiz 

daqiqalarda  rahbar,  qayg’uli  onlarda  madadkor,  odamlar  orasida  zebu-ziynat,  dushmanlarga  qarshi  kurashishda 

quroldir» deydi. 

Shuningdek, hadisi Sharifda «Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» deydilar. 

Alisher  Navoiy  o’zining  «Farhod  va  Shirin»  dostonidan  Farhodning  aqlu-idrokli,  bilimdon,  hunarmand,  kamtar, 

insonparvar, irodali va ehtiqodli bo’lganligini tasvirlaydi. 

Jismoniy tarbiya o’quvchilarda jismoniy  va irodaviy  sifatlarni shakllantirish,  ularni aqliy va jismoniy jihatdan  mehnat 

hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy 

qismi  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Yuqori  darajada  rivojlangan  ishlab  chiqarishga  asoslangan  mavjud  ijtimoiy  sharoit 

jismonan baquvvat, ishlab chiqarish jarayonida yuqori unum bilan ishlashga qodir, qiyinchiliklardan cho’chimaydigan, 

shuningdek, vatan himoyasiga doimo tayyor bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash zarurligini ko’rsatmoqda. 

Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat: 

- o’quvchilarning sog’lig’ini mustahkamlash, ularni to’g’ri jismoniy rivojlantirish; 

- o’quvchilarning aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish; 

- ularning tabiiy harakatchanligini rivojlantirish va mukammalashtirish; 

- o’quvchilarni harakatning yangi turlariga o’rgatish; 

- ularning irodaviy sifatlari (kuch, chaqqonlik, uquvlilik va boshqalar)ni rivojlantirish; 

- o’quvchilarning gigienik ko’nikmalarni rivojlantirish; 

- ularda ma’naviy-axlohiy sifatlar (dadillik, qathiyatlik, intizomlilik, mashuliyatlik, jamoa bilan bo’lish)ni tarbiyalash; 

- o’quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy va muntazam shug’ullanishga bo’lgan ehtiyojni shakllantirish;  

- o’quvchilarning sog’lom va baquvvat bo’lishlariga erishish.  

Jismoniy tarbiyani bolalarning maktabgacha yoshidan boshlab muntazam tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy 

tarbiya  ta’lim  muassasalarida  o’qitilishi  yo’lga  qo’yilgan  fanlardan  biri  sanaladi.  Sinfdan  va  maktabdan  tashqari 

sharoitlarda  tashkil  etiluvchi  jismoniy  mashg’ulotlar  jismoniy  tarbiya  darslarining  samaradorligini  tahminlovchi 

qo’shimcha  tadbir  hisoblanadi.  Jismoniy  tarbiya  tarbiyaning  boshqa  tarkibiy  qismlari  bilan  mustahkam  bog’langan 

hamda ular bilan birgalikda har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish vazifalarini hal etadi. 

Demak, yuqorida ta’kidlaganidek, yoshlarni aqliy jihatdan kamol toptirishning birinchi sharti ularni ilm olishga dahvat 

etishdir. 

Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, 

muloqot  va  xulq-atvor  qoidalari,  mezonlarini  o’quvchilar  ongi,  hayoti,  turmush  tarziga  singdirish  maqsadida  tashkil 

etiluvchi  pedagogik  jarayondir.  Axloqiy  tarbiya  ham  ijtimoiy  tarbiyaning  muhim  tarkibiy  qismlaridan  biri  sanaladi. 

Axloqiy  tarbiya  asosini  shaxsni  ijtimoiy  axloqiy  mehyorlardan  xabardor  etish  tashkil  qiladi.  Axloq  (lot.  «moralis»  - 

xulq-atvor  mahnosini  bildiradi)  ijtimoiy  ong  shakllarida  biri  hisoblanib,  ijtimoiy  munosabatlar  hamda  shaxs  xatti-

harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro 

munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sifatida aks etadi.  

 Qur’on i Karim va Hadisi Shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida tarkib topgan milliy 

urf-odatlar, anhana va qadriyatlar mazmunida o’z ifodasiga ega bo’lgan. Sharq mutafakkirlari Muhammad al-Xorazmiy, 

Abu  Nasr  Farobiy,  Abu  Ali  Ibn  Sino,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Ahmad  al-Farg’oniy,  Imom  Ismoil  al-Buxoriy,  Ahmad 

Yassaviy, Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag’ay Ulug’bek, Abdurahmon Jomiy, Sahdiy Sheroziy 

Alisher  Navoy  va  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  va  boshqalarning  axloq  haqidagi  qarashlari  bugungi  kunda  ham  o’z 

ifodasini topgan.  



 

33 

O’zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  I.A.Karimov  ta’kidlaganidek:  «Kattalarni  hurmat  qilish,  oila  va  farzandlar 

to’g’risida  g’amxo’rlik  qilish,  ochiq  ko’ngillik,  millatidan  qathiy  nazar  odamlarga  xayrihohlik  bilan  munosabatda 

bo’lish va o’zaro yordam tuyg’usi – kishilar o’rtasidagi munosabatlarning mehyori hisoblanadi. O’zbeklar diyoriga, o’z 

Vataniga  mehr-muhabbat,  mehnatsevarlik,  bilimga,  ustozlariga,    ma’rifatparvarlarga  nisbatan  alohida  hurmat-ehtirom 

O’zbekiston aholisiga xos fazilatlardir». 

Amir  Temur  axloqi  xusniya  –  yaxshi  xulqlar  egasi  bo’lgan.  U  oqil  va  tadbirli  sarkarda  sifatida  kishilarni  turli 

lavozimlarga tayinlash va vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo’l qo’ymagan, balki etti 

o’lchab, bir kesgan. 

Imom  Ismoil  al-Buxoriy  «Axloqning  yaxshi  bo’lishi,  taomning  pokizaligi,  rostlik  va  omonatga  xiyonat  qilmaslik  – 

mana  shu  to’rt  xislatni  Olloh  Taolo  senga  bergan  bo’lsa,  dunyoviy  ishlardan  chetda  qolgan  bo’lsang  ham,  zarari 

yo’qdir», degan edi. 

Demak,  axloqiy  tarbiya  barkamol  inson  tarbiyasida  etakchi  bo’g’in,  insoniy  sifatlarni  yaratuvchi,  shakllantiruvchi, 

mukammalikka  erishtiruvchi  vosita  hisoblanadi.  Abdulla  Avloniy  ta’kidlaganidek,  axloqiy  tarbiya  insonlarni 

yaxshilikka  chaqiruvchi,  yomonlikdan  qaytaruvchi  bir  omildir.  Yaxshi  xulqlarning  yaxshiligi,  yomon  xulqlarning 

yomonligini dadil va misollar bilan bayon qiladurg’on kitobdir. 

Xuddi  shu  mahnoda  axloh  kishining  xulq-atvori,  ehtiqod-iymoni,  yurish-turishi,  fikr-mulohazalari,  mushohada  va 

muloqotida  namoyon  bo’ladi.  Axloqli  inson  o’zini  qattiq  hurmat  qiladi,  unda  ichki  intizom  kuchli  bo’ladi. 

Suhbatdoshning ko’ngliga qarab gapiradi, kishining dilini og’ritmaydi, muloqot odobiga rioya qiladi. 

Ijtimoiy  tarbiyaning  yana  bir  muhim  tarkibiy  qismi  mehnat  tarbiyasi  sanaladi.  Mehnat  tarbiyasi  shaxsga  mehnatning 

mohiyatini  chuqur  anglatish,  ularda  mehnatga  ongli  munosabat,  shuningdek,  muayyan  ijtimoiy-foydali  harakat  yoki 

kasbiy  ko’nikma  va  malakalarni  shakllantirishga  yo’naltirilgan  pedagogik  jarayondir.  asosi,  hayot  manbai,  umr 

mazmuni  hisoblanadi.  Mehnat  tarbiyasidan  ko’zlangan  maqsad,  avvalo,  o’quvchilarga  mehnatning  mohiyati, 

mazmunini chuqur anglatishdan iboratdir.  

Mehnat ijtimoiy hayotning muhim asosi, shaxsda ma’naviy-axloqiy va irodaviy sifatlarni shakllantirishning kafolatidir. 

Mehnat  qilayotgan  kishi  o’zi  bajarayotgan  ishning  natijalarini  ko’rsa,  his  qilsa,  o’sha  natijalardan  qoniqsa, 

rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. halol mehnat – kishi hayotining mazmunini tashkil qiladi. 

Xalqimizning «Mehnat – mehnatning tagi rohat», «Bugungi ishni ertaga qoldirma», «Daryo suvini bahor toshirar, inson 

qadrini  mehnat  oshirar»,  «Ishlagan  tishlaydi,  ishlamagan  kishnaydi»,  «Mehnatdan  qo’rqma,  minnatdan  qo’rq», 

«Odamning husni mehnat» kabi maqollar bejiz yaratilmagan. Buyuk alloma Bahouddin Nahshbandning «Dil ba yoru, 

dast ba kor» degan hikmati bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Allomaning fikricha, «Agar kishi hunarli 

bo’lsa,  u  bilimini  haqiqatga  bag’ishlaydi,  o’z  mehnati  bilan  kun  kechiradi,  bordi-yu  kasbi  bo’lmasa,  bilimini  kun 

kechirishga sarflaydi, halollikni unutadi». 

Ta’kidlash  lozimki,  mehnatsiz  kelgan  boylik  inson  ruhiyatini  buzadi,  har  qanday  muqaddas  narsani  qadrsizlantiradi. 

Mehnat jarayonida kishilarda do’stlik, birodarlik, jamoa bo’lib ishlash kabi barcha tarbiyaviy sifatlar shakllanadi. Eng 

muhimi,  mehnat  muhtojlik,  bekorchilik,  axloqiy  jihatdan  buzilishdan  saqlaydi.  Mehnat  orqali  inson  o’zining  va 

o’zgalarning qadrini biladi. 

Ajdodlarmiz bola tarbiyasida, eng avvalo, uni mehnatga o’rgatish, kasb-hunarga qiziqtirishga alohida ehtibor berishgan. 

O’zlari  farzandlariga  mehnatsevarliklari  bilan  namuna  bo’lganlar.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Krimov 

ta’kidalaganidek: «Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday 

fikrni  singdirish  kerakki,  ular  o’rtaga  qo’yilgan  maqsadlarga  erishish  o’zlariga  bog’liq  ekanligini,  yahni,  bu  narsa 

ularning  sobitqadam,  g’ayrat-shijoatiga,  to’la-to’kis  fidokorliliga  va  cheksiz  mehnatsevarligiga  bog’liq  ekanligini 

anglab etishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimizning ravnaq topishining asosiy shartidir». 

Bu vazifalarni amalga oshirishda ota-ona, ustoz va murabbiy, keng jamoatchilik o’z  mehnatini ayamasliklari, ayniqsa, 

maktab  o’quvchilarida  mehnatga  va  mehnat  ahliga  to’g’ri  munosabatni  shakllantirishdagi  mashuliyatni  chuqur  his 

qilishlir kerak. 

Nafosat  tarbiyasi  (estetik  tarbiya:  lot.  «estezio»  –  «go’zallikni  his  etaman»  mahnosini  bildiradi)  shaxsni  ijtimoiy 

voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishni 

o’rgantish,  ularning  estetik  didini  o’stirish,  ularda  go’zallikka  muhabbat  uyg’otish,  shuningdek,  go’zallikni  yaratish 

qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi. Aqliy, axloqiy, 

mehnat tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Estetik tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:  

shaxsga ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush go’zalliklari va ularni 



anglash to’g’risidagi bilimlarni berish; 

shaxsda  ijtimoiy  voqelik,  tabiat  va  mehnat  munosabatlari  hamda  turmush  turmush  go’zalliklarini 



anglash va idrok qilish qobiliyatini tarbiyalash,  

unda  mavjud  go’zalliklarni  qadrlash  hissi  hamda  estetik  didni  shakllantirish,  go’zallikka  muhabbat 



uyg’otish; 

go’zallikni  yaratish  ehtiyojini  qaror  toptirish,  bu  boradagi  qobiliyat  va  estetik  madaniyatni 



shakllantirish. 

 

Estetik  tarbiya  axloqiy  qiyofa,  ijobiy  xulq-atvor  mehyorlarini  tarkib  toptirish,  ularning  ijodiy 

qobiliyatlarini  taraqqiy  ettirishga  katta  ta’sir  ko’rsatadi.  Ta’lim  muassasalarida  musiqa  va  tasviriy  san’at 

darslari, adabiyot kabi fanlarning o’qitilishi estetik tarbiyani samarali yo’lga qo’yish vositasi hisoblanadi. 

 

34 

Estetik tarbiya bola tug’ilgandan boshlab umrining oxirigacha amalga oshiriladi. Shu sababli, u nafaqat maktabda, balki 

sinfdan  va  maktabdan  tashqari  sharoitlarda  uyushtiriluvchi  tadbirlarda,  turli  anjumalarda  yosh  avlodni  go’zallik  va 

nafosatni his etishga undovchi vositadir. 

Xalqimizda, «Oq bo’lmasin,  pok bo’lsin»,  «Pokliging – sog’lig’ing»,  «Sog’ yuray desang, ozoda bo’l»,  «Yaxshi libos 

tanga oroyish» kabi maqollari bilan yoshlarimizni tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarini ko’ra bilishga, ularni qadrlashga 

o’rgatib kelishgan. 

Estetik  tarbiya  faqat  narsa  va  hodisalarning  mohiyatini  anglash,  go’zal  jihatlarini  ko’ra  bilishnigina  emas,  balki  ichki 

go’zallikni his qilish xislatini ham tarbiyalaydi. Insondagi xulqiy go’zallikni qadriga etishga undaydi. 

Alisher Navoiy o’zining «Farhod va Shirin» dostonida Shirinni zohiriy va botiniy go’zallik sohibasi sifatida tasvirlaydi. 

Bilamizki,  uning  bu  darajaga  etishishda  xolasi  Mehribonuning  tarbiyaviy  ta’siri  katta  bo’lgan.  Shirin  mamlakat 

obodonchiligi, kanal qizish, suv chiqarish kabi ishlarda ishtirok etadi va usha xayrli ishlarga rahbarlik qiladi. 

Shirin eng og’ir damlarda ham Farhodga vafodor, sadoqatli, irodali yor bo’lishi bilan birga tadbirli murabbiya, odil va 

donishmand davlat arbobi, komila, oqila va fazilatli, latofatli qiz edi. Shirinning bu fazilatlari minglab qizlarga o’rnak 

bo’lib  keldi  va  bundan  keyin  ham  shunday  bo’lib  qoladi.  Estetik  tarbiya  tomonidan  amalga  oshiriluvchi  vazifalarini 

shartli ravishda quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:  

1) 

o’quvchilarga nazariy estetik bilimlarni berish; 



2) 

ularda amaliy estetik ko’nikmalarni shakllantirish.  

Nazariy va amaliy estetik bilimlarni egallash asosida o’quvchilarda quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi:  

- estetik bilimlarning tarkib topganligi; 

- estetik madaniyatning tarbiyalanganligi; 

- estetik va madaniy meros namunalaridan xabardor bo’lish; 

- estetik tuyg’uning rivojlanganligi; 

- ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat go’zalliklarini his etishi; 

- go’zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi; 

- estetik idealning shakllanganligi; 

- fikrlash, faoliyat, xatti-harakat hamda tashqi ko’rinishda go’zal bo’lishga intilish. 

Estetik faoliyatga kirishish vazifasi har bir tarbiyalanuvchining tasviriy san’at, musiqa, xoreografiya to’garaklarida faol 

ishtirok etishi, ijodiy birlashmalar, guruhlar, studiyalar va hokazolarda qatnashishini nazarda tutadi. 

Biroq, hozirgi zamon maktablarida tashkil etilayotgan estetik tarbiya shaxsni estetik jihatdan shakllanishini tahminlash 

borasidagi mavjud talablarga javob bermayapti.  

Ijtiomiy tarbiya maqsadi va vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining xususiyatlarini anglab olish muhim 

ahamiyatga ega. 


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin