Guliston davlat universiteti «pedagogika va psixologiya»


Tarbiya  jarayonining  mohiyati



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix22.06.2020
ölçüsü1,42 Mb.
#31977
1   2   3   4   5   6   7   8
pedagogika va psixologiya


 

Tarbiya  jarayonining  mohiyati.  Tarbiya  jarayoni  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Uning  muhim  xususiyati 

aniq maqsadga yo’naltirilganligidir. 

Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi 

hamda  aniq  maqsadga  yo’naltirilgan  samarali  hamkorlik  jarayoni  demakdir.  Zero,  tarbiya  jarayonida  o’qituvchi  va 

o’quvchilarning faoliyalari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi.  

Tarbiya  jarayoni  ko’p  qirrali  jarayon  bo’lib,  ular  tarbiya  mohiyatini  yoritishga  xizmat  qiluvchi  ichki  va  tashqi 

(subhektiv  va  obhektiv)  omillar  asosida  tashkil  etiladi.  Subhektiv  omillar  shaxsning  ichki  ehtiyojlari,  qiziqishlari, 

hayotiy munosabatlarini anglatish, obhektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarini 

ijobiy  hal  etishi  uchun  sharoit  yaratadi.  Tarbiya  maqsadi  pedagogik  faoliyat  mazmuni,  yo’nalishi,  shakli  hamda 

obhektiv  sharoitlar  bilan  qanchalik  mutanosib  kelsa,  shaxsni  shakllantirish  borasida  shunchalik  muvaffaqiyatga 

erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o’qituvchi faoliyati, balki o’quvchining yosh 

va psixologik xususiyatlari, o’y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o’rin tutadi. 

Tarbiya  jarayonining  yana  bir  xususiyati  uning  uzoq  muddat  davom  etishidir.  Tarbiya  natijalari  tez  surhatda  yaqqol 

ko’zga  tashlanmaydi.  O’zida  insoniyat  sifatlarini  namoyon  eta  olgan  shaxsni  tarbiyalab  voyaga  etkazishda  uzoq 

muddatli  davr  talab  etiladi.  Maktab  tarbiyasi  shaxs  ongi,  dunyoqarashini  shakllantirishda  muhim  o’rin  tutadi.  Chunki 

yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo’ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati 

ayni o’quvchilik yillarida shaxsga to’g’ri tarbiya berish lozimligini taqozo etadi. Tarbiya jarayonining yana bir muhim 

xususiyati  uning  uzluksizligi  sanaladi.  Tarbiya  jarayoni  o’quvchilar  va  o’qituvchining  birgalikdagi  uzluksiz,  tizimli 

harakatlari  jarayonidir.  O’quvchilarda  ijobiy  sifatlarni  qaror  toptirishda  yagona  maqsad  sari  yo’naltirilgan,  bir-birini 

to’ldiruvchi,  boyitib  boruvchi,  takomillashtiruvchi  tarbiyani  tashkil  etish  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Shu  bois,  oila, 

ta’lim  muassasalari  va  jamoatchilik  hamkorligida  tashkil  etilayotgan  tarbiyaviy  tadbirlarni  uzluksiz  o’tkazilishiga 

erishish maqsadga muvofiqdir. 

Maktab  yoshidagi  bolani  tarbiyalashda  maktab  etakchi  o’rin  egallasa  ham,  bolalarga  uzluksiz  ta’sir  o’tkaza  olmaydi. 

Chunki  bolalar  Ma’lum  muddatgina  maktab,  o’qituvchining  tarbiyaviy  ta’siri  ostida  bo’lib,  qolgan  vaqtning  asosiy 

hismini  oilada,  ko’chada,  jamoat  orasida  o’tkazadilar.  Kuzgi,  qishki,  bahorgi  va  ayniqsa,  yozgi  tahtil  davrlarida 

o’quvchilar  maktab,  o’qituvchi  ta’siridan  chetda  qoladilar.  Demak,  maktabda  bolalarni  tarbiyalash  vaqt  jihatidan 

chegaralangan  bo’lib,  sinfdan  va  maktabdan  tashqari  amalga  oshiriladigan  tarbiyaviy  ishlardan  holi  vaqtda  ular 

o’qituvchi yoki tarbiyachining tarbiyaviy ta’siri va nazoratidan uzoqlashadilar. 

O’quvchilarga  nisbatan  maktab  (ta’lim  muassasasi)ning  ta’sirini  susaytirmaslik  maqsadida,  sinfdan  va  maktabdan 

tashqari hamda tahtil davrlarida tarbiyaviy ishlarga alohida ehtibor beriladi. 



 

35 

Ayni  vaqtda,  respublikada  o’quvchilarning  ta’lim-tarbiya  muassasalaridan  uzoqlashtirmaslik  maqsadida  qo’shimcha 

ta’lim  muassasalari  faoliyat  ko’rsatmoqda.  qo’shimcha  ta’lim  muassasalarida  o’quvchilar  xususiy  fanlar  va  xorijiy 

tillarni mukammal o’rganishlari, texnika va badiiy yo’nalishlar bo’yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat ko’nikmalariga 

ega  bo’lishlari  mumkin.  qo’shimcha  ta’lim  muassasalarida  tashkil  etilayotgan  turli  yo’nalish  va  mavzulardagi 

uchrashuv,  ko’rgazma,  ko’rik  va  suhbatlar  o’quvchilarning  tafakkur  dunyosini  boyitishda,  ularda  mustahkam  harakter 

va irodani tarkib toptirishda muhim o’rin tutadi. 

Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning yaxlit tarzda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya 

jarayonining  maqsadi,  mazmuni,  vazifalari  va  metodlarining  birligi  shaxsni  shakllantirish  g’oyasi  amalga  oshirish 

uchun xizmat qiladi. Bizga Ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o’zlashtiriladi. Shu bois 

pedagogik ta’sir ham yaxlitdir, tizimlilik harakteriga ega bo’lishi mumkin. 

Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilishi o’qituvchi bilan 

o’quvchilar o’rtasidagi hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishi talab qiladi. 

Ikki  tomonlama  aloqa  ikki  yo’nalishda,  yahni,  o’qituvchining  o’quvchiga  nisbatan  ko’rsatadigan  ta’siri  (to’g’ri  aloqa) 

hamda o’quvchining o’qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzda tishkil etiladi. 

Tarbiyaning pedagogik texnologiyasi nazariyasi g’oyasiga muvofiq endilikda o’quvchi tarbiya jarayonining obhektigina 

bo’lib  qolmasdan,  subhektiv  sifatida  ham  faoliyat  ko’rsatadi.  Shuning  uchun  o’qituvchi  o’quvchining  ichki 

imkoniyatlari,  unga  nisbatan  bo’layotgan  tashqi  ta’sirlar,  axborot  manbalarini  inobatga  olishi  zarur.  Agarda,  mazkur 

talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar samarasiz yakunlanadi. 

Mana  shundan  tarbiya  jarayonining  yana  bir  muhim  xususiyati  –  tarbiyada  qarama-qarshiliklarning  mavjudligi  kelib 

chiqadi.  Ushbu  qarama-qarshiliklar  o’quvchilarda  o’z  tushunchalariga  muvofiq  paydo  bo’lgan  dastlabki  sifatlar 

o’rtasida  yoki  o’quvchilarga  qo’yiladigan  talablar  bilan  ularni  bajarish  imkoniyatlari  o’rtasida  ziddiyatlarning  kelib 

chiqishi uchun zamin yaratadi. 

Bundan  tashqari,  bu  qarama-qarshiliklar  ko’pincha  bolaning  ongi  bilan  xulqi  bir-biriga  muvofiq  bo’lmasligidan, 

o’qituvchi va tarbiyachilarning o’quvchilar yosh va shaxsiy psixologik xususiyatlari (fehl-atvori, harakteri, qiziqishlari, 

jismoniy, ruhiy va fiziologik sog’lomligi)ni yaxshi bilmasligi oqibatida kelib chiqadi. 

Demak, tarbiya jarayoni o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etidi:  

1) 


aniq maqsadga yo’naltirilgan jarayon;  

2) 


ko’p qirrali jarayon;  

3) 


uzoq muddatli jarayon;  

4) 


yaxlit tizimlilik jarayon;  

5) 


ikki tomonlama aloqa jarayoni;  

6) 


qarama-qarshiliklardan iborat jarayon. 

2.Oilaviy  hayot  sohasi  tarbiya  muhiti  sifatida.  Oila jamiyatning bir bo‘lagi. Shunday ekan, inson shaxsini 

shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy gurux bo‘lib, biologik, ijtimoiy, axlokiy, mafkuraviy va ruxiy 

munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoadir. Shu 

sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi. 

Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 

Buni biz 1998 yil mamlakatimizda “Oila yili” deb e’lon kilinishi misolida ko‘rishimiz mumkin. Shu munosabat bilan 

xukumatimiz ishlab chikkan tadbirlar oilani ijtimoiy muxofaza kilish, oilada yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, 

oilaning  huquqiy  tamoyillarini  kengaytirish  va  boshka  oilani  mustaxkamlash  bilan  boglik  masalalarga  karatildi. 

Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: ”Xalkimiz  kadim-kadimdan oilani mukaddas deb bilgan. Oila axil va totuv 

bo‘lsa,  jamiyatda  tinchlik  va  hamjixatlikka  erishiladi,  davlatda  osoyishtalik  va  barkarorlik  xukm  suradi.  Oila 

farovonligi - milliy farovonlik asosidir”. 

Shuni  unutmaslik  lozimki,  farzandlarimizning  har  tomonlama  kamol  topishi  uchun  kulay  sharoitlar  yaratilsagina  oila 

tarbiyasi  muvaffakiyatli  bo‘lishi  mumkin.  Yosh  avlod  xayotining  ko‘p  kismi  oilada  o‘tadi.  Shu  boisdan  turmushning 

murakkab  muammolari  bilan  oilada  tanishadilar.  Oiladagi  mavjud  an’analar,  urf-odatlar,  rasm-rusumlar  va 

marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit-kizlar asta-sekin kamol topib boradilar. An’ana va marosimlar tarbiyaning kudratli 

kuroliga aylanadi. 

Kelajagimizning  kanday  bo‘lishi  xozirgi  kunda  biz  tarbiyalayotgan  yoshlarga  boglik.Bu  konuniyat  oilaning  tarbiya 

borasidagi  faoliyatiga  ham  boglik.  Oilaviy  tarbiyaning  murakkabligi  shundaki,  har  bir  oila  o‘ziga  xos  bir  olam.  U 

tarbiya ishida ham o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon kiladi. 

Oilaviy  tarbiya  ijtimoiy  tarbiya  bilan  uzviy  alokada  bo‘lsagina,  o‘sib  kelayotgan  yosh  avlod  farovonligini  ta’minlash 

mumkin.  Oila  tarbiyasidagi  yutuklar  ota-onalarga  pedagogik  bilimlar  berish,  oilaviy  tarbiya  bo‘yicha  tajribalar 

almashishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga kizgin jalb kilishga ham boglikdir. 

Har  bir  ota-ona  o‘z  farzandlarini  tarbiyalash  borasidagi  burch  va  mas’uliyatlarini  chukur  anglashlariga  boglikdir. 

Bundan tashkari  normal oilaviy  muxit, ota-onaning obro‘si, to‘gri  kundalik rejim, bolani  kitobga  va o‘kishga,  mexnat 

kilishga o‘z vaktida jalb kilishlari ham muvaffakiyat garovidir. 

Ko‘rinib turibdiki, kadimdan ham, bugun va ertaga ham, bundan keyin ham aklli, farosatli, tafakkuri chukur  - bir so‘z 

bilan  aytganda  kamolotli  farzand  tarbiyalash  muammosi  dolzarbdir.  Xalk  bunday  fazilatli  insonlarni  sevadilar, 

e’zozlaydilar va xurmat kiladilar. 

Bunday  tafakkurga  boy  kamolotli  farzand  tarbiyasining  sarchashmasi  oiladan  boshlanadi.  Oila  ana  shunday  tabarruk 

kal’adir. U kanday kurilishi lozim? Oila o‘zi nima va uning maksad, vazifalari nimalardan iborat? 



 

36 

Oila  –  voyaga  yetgan  ikki  jinsning  sevish,  ardoklash,  xurmat  kilish  asosida,  ixtiyoriy  ravishda,  kalb  xohishi  bilan 

tuzilgan konuniy ittifokidir. 

Mo‘’jazgina bir kal’a kurildi. Endi bu kal’ada bekinmachok o‘ynalmaydi. Yoshlikdagi o‘yinkaroklik, beboshlik, erkalik, 

beparvolik  o‘rnini  sezgirlik,  mas’uliyat,  andisha,  javobgarlik  kabi  fazilatlar  egallay  boshlaydi.  Bunga  har  bir  yosh 

tayyorlanib, mas’uliyat ko‘nikmasini his kilib, oila maksad va vazifalarini tushunib, ukib bormogi lozim. 

Oila  maksadi  –  ikki  jinsning  o‘zaro  kelishuvi  asosida  farzandni  dunyoga  keltirish  hamda  tabiat  va  jamiyatning 

davomiyligini ta’minlash. 

Oila vazifasi – er-xotinning birgalikda xo‘jalik yuritish asosida oilani ham ma’naviy, ham iktisodiy 

jixatdan 

ta’minlash hamda jamiyatga soglom, aklli, har tomonlama barkamol farzand tarbiyalash. 

2. Ota-onaning farzand oldidagi va aksincha farzandning ota-ona oldidagi burchlari 

Komil farzandli bo‘laman, baxtli oila kuraman degan maksad bilan oila kurdingiz. Ammo bu maksadga erishish farzand 

tarbiyalashdagi muxim omillarni, farzand oldidagi burchlarni bilib ish ko‘rishni takozo etadi. 

 

 

Ota-onaning farzand oldidagi burchlari 



farzandga chiroyli ism ko‘yish (farzandingiz o‘z ismini o‘zgalarga aytganda orlanmasin); savodini chikarish, iktidoriga 

karab bilim berish, imkoniyatiga yarasha o‘kitish va kasb-xunar o‘rgatish; 

- uylantirish. turmushga chikarish; 

- uyli-joyli kilish; 

- farzandlar orasidagi meros taksimotida adolatli bo‘lish. 

Farzandning ota-ona oldidagi burchlari 

- Ota-onaning pand-nasixatlariga kulok solish, ularga har doim yordam berish, mexribon, e’tiborli bo‘lish, oila ishlariga 

ham ma’naviy, ham iktisodiy yordam berish; 

- har  bir  farzand  o‘z  singil  va  ukalariga  mexribon,  yo‘lboshchi  va  yo‘ldosh,  odobda,  axlokda,  ishda,  ilm-xunar 

o‘rganishda o‘rnak bo‘lish; 

- ota-onalarining nimaga muxtoj ekanliklarini kalban his kilish, ularga bu borada amaliy mexribonlik ko‘rsatish; 

-oilaga berayotgan ma’naviy va iktisodiy yordamini minnat kilmaslik; 

- tavallud, bayram va xayit kunlarida yo‘klab turishni kanda kilmaslik; 

- keksa  ota-onalariga  aloxida  gamxo‘rlik  kilishi,  shirin  muomalada  bo‘lishi,  orzu-niyatlarining  amalga  oshishida 

yordam berish; 

- vakti-soati  yetib,  bandalikni  bajo  keltirsalar,  izzat-ikrom  bilan  oxirgi  manzilga  kuzatish,  ma’rakalarini  kamtarona, 

dabdabasiz, karindosh-uruglar, uni bilgan, xurmat kilgan eng yakin odamlar bilan o‘tkazish. 

3. Oila a’zolarining huquqlari 

Oilada  va  jamiyatda  er  va  xotin  teng  huquqlarga  ega.  Bu  yerda  konunda  belgilangan  huquqlar  haqida  gap  ketmokda. 

Bunday  tenglik  saylash,  saylanish,  kasb  tanlash,  ishlash,  bilim  olish,  o‘ziga  yor  tanlash  va  xokazo  huquqlarda  o‘z 

ifodasini topadi. Lekin ikki jinsning biologik, ruxiy tuzilishi nuktai-nazaridan bunday tenglik yo‘k. Shuning uchun ayol 

va erkakning oilada ro‘zgor tebratish, farzandlarni tarbiyalash, farzandlarning oila yumushlari va vazifalaridagi mexnat 

taksimoti masalalaridagi huquq va burchlarida birmuncha tafovutlar mavjud. 

Erkakning  vazifasi  –  oilani  ma’naviy,  iktisodiy  ko‘llab-kuvvatlash.  Ayoli  va  farzandlarining  tashvishlariga  sherik 

bo‘lish. Oilaga soya solayotgan xavf-xatarlarga kalkon bo‘la bilish. Oila a’zolariga gamxo‘r bo‘la bilish. 

Ayolning  vazifasi  –  oilada  farzand  tarbiyasi  bilan  shugullanish.  Ularni  ok  yuvib,  ok  tarash.  Erkaknning  tashib  kelgan 

ozik-ovkatlarini pishirish, mexmon kutish. Er va bolalarini ishga va o‘kishga kuzatish, kutib olish. 

Er  va  ayolning  vazifalari  yukorida  sanab  o‘tilganlardangina  iborat  emas,  albatta.  Bu  vazifalarning  barchasini  sanab 

o‘tishning  xech  kanday  iloji  yo‘k.  Oila  sharoitidan  kelib  chikkan  xolda,  har  bir  inson  o‘z  tafakkurini  ishga  solib, 

vazifalarini belgilab olmogi va ularni shunday bajarmoklari lozimki, uyga kelgan har bir mexmon tuz-nasibasini totib, 

kaytayotganida oila a’zolari orasidagi o‘zaro xurmat, ularning har birini aklu farosatiga tasannolar o‘kib ketsinlar. 

Oila deb atalmish aravani tortib borayotgan er va xotinning bir-biriga yelkadosh bo‘lishini, o‘zaro odoblarini, bir-biriga 

bo‘lgan  mexribonliklarini  ko‘rgan  farzandlar  ulardan  o‘rnak  oladilar  va  ularga  o‘xshashga  harakat  kiladilar.  Chunki 

farzand  aytgan  nasixatingizni  esidan  chikarishi  mumkin,  ammo  ko‘rganini  xech  esidan  chikarmaydi.  Oilada  farzand 

tarbiyasining bu jixatini xech kachon esdan chikarmaslik lozim. 

Aytaylik,  bozordan  shirinlik  harid  kildingiz,  kelgan  zaxotiyok  uni  kichigingizga  berdingiz-u,  xech  kimga  ko‘rsatma 

dedingiz.  U  esa  bolaligiga  borib,  shirinlikni  hamma  akalariga  ko‘z-ko‘z  kilib  chikdi.  Lekin  ularga  yo‘k.  Ular 

o‘ksinishadi. Kichik bo‘lgan yaxshi ekan deyishadi. Hamma narsa kichikka, sovga ham, shirinlik ham, erkalatish ham, 

deb bolalar orasidagi yakkalik, o‘zini uzok tutish kayfiyatlari paydo bo‘la boshlaydi. Bunday xolatlarga yo‘l ko‘ymaslik 

uchun, uyga biror narsa harid kilib, olib kelganingizda har doim uni adolatli taksim kiling. Taksimlash jarayonida ota-

ona o‘zlarini ham unutmasliklari kerak. Bu juda muximdir. Bolalaringiz bu jarayonni ko‘rsa, vakti kelib ular ham topib 

keladigan  bo‘lganlarida  sizga  ulush  ajratishni  unutmaydilar.  Bolalar  oldida  kilgan  bu  adolatli  taksimingiz  ular  uchun 

eng  katta  sabok  bo‘ladi.  Birinchidan,  ular  bir-birlariga  mexrlari  orta  boradi.  Ikkinchidan,  doimo  ota-onani  eslab 

turadigan bo‘ladilar. Aks xolda olib kelgan narsalaringizni fakat bolalaringizga taksim kiladigan bo‘lsangiz, keyinchalik 

ular  sizni  eslamaydigan,  fakat  o‘zlarini  o‘ylaydigan  bo‘lib  koladilar.  Ayniksa,  karib  kuch-kuvvatdan  kolganingizda 

tarbiyada yo‘l ko‘ygan bu xatoingiz siz uchun juda katta azobga, tuzatib bo‘lmas armonga aylanadi. 

Farzandlaringizga  bir  ko‘z  bilan  karangiz,  kattasini  katta,  kichigini  kichik  deb,  shunga  yarasha  ish  tutsangiz, 

kichiklarning  kattalari  bilan  maslaxatlashib  ish  tutishlariga,  kattalarining  kichiklarini  izzat  kilishga,  ularni  ximoya 


 

37 

kilishga  odatlantirsangiz,  ularni  yaxshi  ishlarini  ma’kullab,  ragbatlantirib  borsangiz,  yomon  ishlarini  o‘z  vaktida 

kaytarib,  bu  ishning  nima  uchun  yomonligini  yotigi  bilan  tushuntirib  borsangiz,  farzandlaringizning  kamoli, 

o‘zingizning  kelajakdagi  roxat-farogatingiz  uchun  juda  muxim  va  katta  tarbiyaviy  ishni  amalga  oshirgan  bo‘lasiz. 

Ulardagi  mexr-okibatni,  obro‘larini  ko‘rib,  o‘z  xayotingizdan  mamnun  bo‘lasiz,  farzandlaringiz  tarbiyasi  borasidagi 

chekkan zaxmatlaringiz, mashakkatlaringiz unutiladi. 

Kuyidagi tarbiyaviy masalalarni taxlil kiling: 

Masala-1.  O‘ziga  to‘k  otaxonning  uch  kiz,  bir  o‘gli  bor  edi.  U  kishi  kariganlarida  mexrni  shu  yagona  o‘gillaridan 

kutgan edi. Ammo kelini noboprok chikib, ular otaga karashmadi. Ikki katta kizi ham o‘z oilalari bilan bo‘lib, otadan 

xabar olmas edilar. Otaning kuniga kenja kizi yaradi. Ok yuvib, ok taradi, ko‘nglini ko‘tarishga harakat kildi. Otaxon 

olamdan o‘tganlaridan keyin kenja kizdan tashkari hamma meros talashib, yettisi o‘tmasdan janjallashishdi. 

Masala-2. Besh oga-inining uchinchisi biznes kilaman deb katta qarzga botib koldi. Nixoyatda axvoli tang bo‘lgan uka 

akalaridan qarz so‘radi. O‘ziga to‘k akalari qarzni kaytarib bera oladimi, yo‘kmi? deb unga qarz berishmadi. Uka nima 

kilishini bilmay, o‘zini har tomonga urdi. Oxiri noiloj bir kaltis ishga ko‘l urib, kamalib ketdi. Mahallada: “Ukamning 

bolalarini biz bokayapmiz, xech narsaga muxtojlik joyi yo‘k“,- deb ko‘kragiga urib yurgan akalarni kanday baxolaysiz? 

TARBIYANING ASOSI OILADA SHAKLLANADI 

Otasini ogritgan el ichida xor bo‘lar, 

Onasini ogritgan parcha nonga zor bo‘lar. 

Ma’naviy merosimizdagi tarbiyaviy goyalar rivojiga bir nazar soladigan bo‘lsak, kanchalik ma’naviy javoxirlarga ega 

ekanligimizga  ishonch  hosil  kilamiz.  Ular  tubsiz  ummon,  bitmas-tuganmas  boylikdir.  Har  bir  inson  bu  ummonga 

sho‘ngiganda  o‘zining  fe’l-atvori,  dunyokarashi,  bilim  saviyasi  va  boshka  xususiyatlariga  karab  ulush  olib  chikishi 

mukarrardir. 

Tabarruk  manbalarimiz  bo‘lmish  “Kur’on”,  “xadis”lar,  ajdodlarimiz  ma’naviy  merosi  hisoblangan  “Kobusnoma”, 

“Shoxnoma”,  “Temurnoma”,  “Boburnoma”,  “Guliston”,  “Bo‘ston”,  “Temur  tuzuklari”,  “Kutadgu  bilig”,  “Maxbub  ul 

kulub” kabi durdona asarlarni  mutolaa kilgan har bir inson tarbiyaning inson shakllanishidagi muxim omil ekanligiga 

ishonch hosil kiladi. 

Tarbiyaning  murakkabligi  haqida  Amir  Temur  :”Men  farzand  tarbiyalashda  davlatni  boshkarishdan  ko‘ra  chukurrok 

mushoxada,  undan  ham  chukurrok  donishmandlik  kerakligiga  ishonch  hosil  kildim”,-  desa,  Avloniy  “Turkiy  guliston 

yoxud  axlok“  asarida  tarbiyaning  ahamiyatiga:  ”Tarbiya  bizlar  uchun  yo  xayot,  yo  mamot,  yo  najot,  yo  xalokat,  yo 

saodat, yo falokat masalasidir”,- deb katta baxo beradi. Tarbiyani oiladan shakllantirib borish kerakligi, buning uchun 

ota-onaning o‘zi tarbiyalangan bo‘lishi kerakligi haqida uktiradi. 

Bolalarga biror narsani va’da kilgan bo‘lsangiz  va’daning ustidan chikish kerak. Bola oldida obro‘yingizni to‘kmang. 

Chunki  bolalar  juda  ishonuvchan  va  begubor  bo‘ladilar.  Sizning  bergan  va’dangizni  sabrsizlik  bilan  kutadi.  Vaktni, 

dakikalarni sanab o‘tkazadi. Intizorlik bilan kutgan vakt kelganda: “Dada, bugun bizni parkka olib borasizmi”, desa-yu, 

sizning  bergan  va’dangiz  esingizdan  chikib  ketgan  bo‘lsa,  mulzam  bo‘lib  kolasiz.  Shunday  xolatlar  4-5  kaytarilsa, 

bolangizning  sizga  bo‘lgan  ishonchi  yo‘koladi.  Gaplaringizga  ishonmay  ko‘yadi.  Obro‘yingiz  ketadi.  Shuning  uchun 

o‘zingizga  ishonmasangiz  va’da  bermang.  Uddasidan  chika  oladigan  ishga  va’da  bering.  Bo‘lmasa  yaxshisi  bolani 

aldamaganingiz ma’kul.. Aks xolda bola ham katta bo‘lganida odamlarga va’da berib, uni bajarmasa ham bo‘lar ekan, 

degan xulosaga kelib kolishlari mumkin. 

Farzandlaringizning  tugilgan  kunlarini  bir  xil  mexr  bilan  teng  ko‘rgan  xolda  o‘tkazishga  harakat  kiling.  Birini 

ikkinchisidan kam ko‘rmasligingiz lozim. Bolalaringizning tugilgan kunlarini oilaviy kilib, sodda o‘tkazishga o‘rgating. 

Farzandlaringizning  tugilgan  kunida  oila  a’zolaringizni  ishdan  yoki  o‘kishdan  vaktlirok  kelishlariga  odatlantiring. 

Oldindan kelishib, farzandingizni tugilgan kuni bilan tabriklash uchun unga yokadigan eng kerakli biron-bir sovga harid 

kiling. Yoki o‘zi anchadan beri olib bering deb yurgan narsasini olib bering. Yaxshi ko‘radigan taomi, shirinliklari va 

mevalarini  tayyorlang.  Shu  kuni  tugilgan  kuni  nishonlanayotgan  bolangizni  kundalik  ishlardan  ozod  kiling.  Kolgan 

farzandlaringiz barcha yumushlarda sizga yordam bersin. 

Oila a’zolarining hammasini tugilgan kunlarini shunday o‘tkazishga ko‘nikma hosil kilgan farzandlaringiz keyinchalik 

tugilgan kunlarni o‘zlari mustakil ravishda o‘tkazadigan bo‘ladilar. Bir-birlariga nisbatan mexr-okibatli bo‘ladilar. Bola-

chakali bo‘lganlarida bir-birlarini yo‘klaydigan, bir-birlariga yordam beradigan bo‘ladilar. 

Bolani  yoshligidan  mexnatga  o‘rgatib  boring.  Inson  birdaniga  mexnatkash  bo‘lib  kolmaydi.  Siz  buyurib  ketgan 

ishlaringizni  bolalaringiz  baxoli-kudrat  bajarib  ko‘yishibdimi,  chala  yoki  kamchiligi  bo‘lsa  ham  eng  avvalo  o‘z 

xursandchiligingizni bildiring,  ma’kul  usullar bilan ragbatlantiring. Ishimni  ko‘limdan oladigan bo‘lib kolibsizlar, deb 

maktang.  Dadasi  yoki  oyisi,  xudoga  shukur  o‘gil-kizlarimiz  katta  bo‘lib  kolishibdi,  endi  bemalol  ularga  ishonib 

ishlarimizni  topshiraversak  bo‘lar  ekan,  deb  bolalarning  o‘zlarini  oldilarida  ularning  nafsoniyatlariga  tegmasdan, 

bafurja tushuntiring. 

Farzandlaringizni  iloji  boricha  mustakil  ishlashga,  mustakil  fikr  yuritishga  o‘rgating.  Masalan,  biror  fandan  sizdan 

yordam  so‘rasa,  uni  farzandingiz  uchun  ishlab  bermang,  fakat  tushuntiring.  Masalani  mustakil  xal  kilib  bo‘lgandan 

keyin:  “Mana  o‘zing  bemalol  yechsang  bo‘lar  ekan-ku”,  -deb  ko‘nglini  ko‘tarib  ko‘ying.  Ana  shunda  farzandingizda 

o‘ziga ishonch hosil bo‘la boradi. 

Farzandlaringizni uy ishlariga o‘rgatib boring. Yoshiga karab ko‘lidan keladigan ishlarni buyurib turing. 

Mazangiz  bo‘lmay  koldi  deylik.  Bolalaringizning  yoshiga  karab  uy  ishlarini  taksimlab  bering.  Sizning  xolingizdan 

xabar  olib  turishsin,  o‘zingiz  o‘rgatgan  ko‘lidan  keladigan  ovkatni  kilishsin.  Buyurgan  ishlaringizni  o‘zlari  rejalab, 

o‘zlari  mustakil  ravishda  kilishsin.  Kichkinangiz  bo‘lsa,  unga  boshingizni  silab  ko‘yishini  iltimos  kiling.  U  jajji 

ko‘lchalari bilan boshingizni silaganidan keyin ancha yengil tortganingizni ayting. Sizning sogayishingizga uning ham 



 

38 

hissasi  ko‘shilayotganidan  bolangiz  nixoyatda  xursand  bo‘ladi.  Sizga  nisbatan  mexri  ortib  boradi.  Siz  uning  mexriga 

muxtoj ekanligingizni his etadi. 

Ota-onaga,  kayinona-kayinotaga  bo‘lgan  mexrni  ham  ota-ona  tarbiyalaydi.  Aytaylik,  bugun  siz  biror  narsa  harid  kilib 

keldingiz.  Siz  bu  narsalarni  ochib,  bolalaringizga  biror  idish  olib  kelishlarini  ayting.  Harid  kilgan  taomingizni  oldini 

ota-onangizga solib bering-da, buving bilan buvangga olib borib ber deng. Ota-onangiz buni ko‘rib bolalaringizni duo 

kiladi.  Bolalaringizga  shu  baxonada  duo  olish  bu  o‘sishing  uchun  kerak,  u  tabarruk  narsa,  inson  ko‘lidan  kelgancha 

boshkalarga  yaxshilik  kilib  borishi  kerakligini  ukdiring.  Shu  yo‘sinda  tarbiyalagan  farzandingiz  kariganingizda  siz 

kilgan  ishingizni  kaytaradi.  Chunki  unga  bunday  tarbiyani  yoshligidan  singdirgansiz.  Endi  farzandlaringiz  buva-

buvilarining duosini duru javoxirlarga, xech kanday boylikka tenglashtirib bo‘lmasligini tushunadi. Shuning uchun ham 

xalkimiz: :”Taomning oldini ota-onangga bersang, o‘zing ham oldini yeysan”, deyishgan. 

Kuyidagi xayotiy masalani taxlil kiling: 

1.  S.Raximov  tumanidagi  kariyalar  uyida  ikki  onaxonning  bir-biri  bilan  urishayotganligi  ustiga  borib  koldik.  Yetmish 

olti  yoshli  Xosiyat  xolaning  xech  kimi  yo‘k.  Eri  urushda  kurbon  bo‘lgan.  Bitta  o‘gli  bo‘lgan,  u  ham  vafot  etgan. 

Oltmish  yoshli  Zamira  ismli  ayol  yukoridagi  ayolni  shaltoklikda  ayblab,  u  bilan  turmasligini  aytib  janjal  kilayotgan 

ekan. Zamira ayadan so‘rasak, u to‘rt o‘gli borligini aytdi. Bolalari, kelinlari, nevaralarini hammasini kargab tilga oldi. 

Uning bu kargishlariga ilon po‘st tashlaydi. U bizdan o‘gillari, kelinlari ustidan yozib, sharmanda kilishimizni so‘radi. 

Ayaning aytishlaricha, to‘rt o‘gil, to‘rt kelin, nevaralari hammasi o‘ta  mexrsiz, axmok, yaxshilikni bilmaydigan ekan. 

Gap orasida yukoridagi Xosiyat ayaga:”Yaxshi bo‘lsang seni kariyalar uyiga tashlab ketarmidi”,- deb ko‘yar edi. Siz bu 

xolatni kanday baxolaysiz? 

2.To‘rt  kelinini  bir-biriga  yomonlagan,  kelinlarining  yaxshi  ishlarini  ko‘rmay,  uncha-muncha  kamchiliklarini  ro‘kach 

kilib, o‘gillariga yomonlagan kayinona shu oilada o‘ziga nisbatan mexr uygota oladimi? 

Xalkimizning kuyidagi ibratli so‘zlarini taxlil kiling: 

Tinglagin bu ikki inson kissasin! 

Ne eksang olarsan shuning mevasin, 

Yashardi bir uyda ota va farzand, 

Ularda yo‘k edi boshka xech hamdard. 

So‘ngra kelin keldi o‘gil ulgayib, 

Ota ham karidi kaddi bukchayib. 

O‘z ishini kildi oxir bu jaxon

Kelini ko‘tardi otaga isyon. 

Yigitga aytardi gazabla kelin, 

“Tiyib ko‘y otangning zaharli tilin, 

Na turar, na yurar, yotar bir joyda 

Bu badbaxt odamdan bizga ne foyda. 

Gar uni yo‘kotsang baxtli bo‘lamiz, 

Undan so‘ng ikkimiz o‘ynab kulamiz. 

Yo‘ksa men ketaman boshka bir yokka, 

Sening izing yetmas uzok-uzokka!” 

Ikki o‘t ichida yigit chekdi gam, 

Tushmasin xech boshga bundayin sitam. 

To‘xtatolmay ko‘zdan okkan yoshini, 

Yarim tun ko‘tardi gamgin boshini

Turib opichladi bemor otani, 

Xech kim kaytarmasin bunday xatoni. 

Otaga yolgondan “safarga” dedi, 

Lekin shum niyati xatarga edi. 

Otasin opichlab kirlardan o‘tdi, 

Oxiri sen ko‘rgan daraxtga yetdi. 

Bizni ko‘rmas, archa turar ko‘kkayib, 

Yigit kaytmok bo‘ldi, otani ko‘yib. 

Bu ishdan padari kax-kaxlab kuldi, 

Farzand bu xolatdan xayratda koldi. 

“Tashlab ketmokdaman bugun seni men, 

Nega yiglamasdan kulding bunda sen?” 

Ota so‘z boshladi o‘gilga karab, 

Daraxt ostidagi suyakni silab. 

“Otamni shu daraxt ostiga o‘zim, 

Tashlab ketgan edim seningdek, o‘glim. 

Bok, bosh suyagi kulmokda menga, 

Go‘yo men kulgandek, ushbu dam senga”, 

Bugapni eshitgach, o‘gil dod solib

Jo‘nadi otasin ko‘tarib olib. 


 

39 

Fojea  shundaki,  inson  vagonlab  kitob  o‘kishi  mumkin,  ammo  olgan  bilimlari  asosida  o‘z  ma’naviyatini,  tafakkurini, 

ongini kamolotga yetkazmas ekan, u o‘kib, ukmasdan ma’naviy kashshok bo‘lib kolaveradi. Olgan bilimlari va xayotiy 

saboklari  yigindisi  nazariyaligicha  kolib  ketaveradi.  Shuni  unutmaslik  kerakki,  bemorni  kasalini  davolash,  uning 

ruxiyatini va ma’naviy kamolotini shakllantirishdan ko‘ra osonrokdir. 

Shu o‘rinda Mirzo Boburning kuyidagi bayti ayni o‘rinlidir: 

Har kimki vafo kilsa, vafo topgusidir, 

Har kimki jafo kilsa, jafo topgusidir. 

Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlik hargiz, 

Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topgusidir. 

Shunday ekan, har bir inson xayotdan olgan saboklarini va o‘kib o‘zlashtirgan bilimlarini ko‘nikmaga aylantirib, joriy 

etib, amalda ko‘llab borishlari kerak. 



Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin