Международный
научный
журнал
№
9
(100),
часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
апрель
, 2023
г
789
ISLOM DININING VUJUDGA KELISHI
Hamidova Muyassarbonu Odiljon qizi
Toshkent ORIENTAL Universiteti Tarix sirtqi fakulteti talabasi
Annotatsiya:
Islom dini har qanday millatchilik kayfiyatidan yuqori turadigan
olamshumul ta'limot. U barcha millatlarni birlashtirib, teng, do'st, yoru-birodar qilib, tinch-
omon yashashlarini uqtirib keladi. Ayni paytda islom dinida razolat, kibr - havo, adovat,
hasad, xiyonat, zulm kabi illatlar qoralanadi. Ushbu maqolada islom dinining vujudga
kelishi haqida mulohaza yuritilgan.
Kalit so’zlar:
xudo, islom dini, quron, din, e’tiqod, alloh, arab, xalq, itoat, payg’ambar,
iymon, marosim, ramazon, qurbonlik, hayit, Makka.
Din
- xudo yoki xudolar, g'ayritabiiy kuchlar mavjidligiga ishonish. Din muayyan
ta'limotlar, his tuyg'ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon
bo'ladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur
qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning
o'ziga xos usuli. Dinning paydo bo'lishi haqida yagona fikr yo'q. Islom dini ta'limotiga ko'ra,
din - Alloh tomonidan o'z payg'ambarlari orqali bashariyat olamiga
joriy etilajagi zarur
bo'lgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan ayni vaqtda insonga to'g'ri, haqiqiy
hayot yo'lini ko'rsatadigan va o'rgatadigan ilohiy qudratga
ishonchni ifoda etadigan
ta'limotdir.
Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir, e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan esa
xristianlikdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Yil sayin bu dinga e’tiqod qiluvchilar soni ortib
bormoqda.
Islom dini VII asrda Arabiston yarim orolida (hozirgi Saudiya Arabistoni) paydo
bo’ldi. Bu orol arab tilida “Jazirat al-Arab”, ya’ni arablarning yarim oroli degan ma’noni
anglatadi. Turkiy xalqlar va eronliklar “Arabiston” deb ataydilar.
“Islom” so’zi quyidagi ma’nolarni anglatadi:
1. Itoat va bo’ysunish.
2. Ixlos va turli ofatlardan salomat bo’lish.
3. Sulh va omonlik.
Islom-Alloh yagona degan e’tiqod bilan unga bo’ysunmoqlik,
itoat etmoqlik va
butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga iymon keltirmoqlik
demakdir. Allohga itoat qilgan va Alloh yuborgan payg’ambarlarga ergashgan kishi
musulmon (muslim-sadoqatli) deyiladi. Islomning paydo bo’lishi
VI asr oxiri-VII asr
boshlarida Arabiston yarim orolida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy ahvol bilan bevosita
bog’liqdir. Xo’sh, bu ijtimoiy-iqtisodiy ahvol nimalarda o’z ifodasini topgan edi? Avvalo,
arablarning katta-kichik qabila va urug’larga bo’linib ketganligida. Bunday bo’linish
- ular
o’rtasidagi doimiy o’zaro urushlarning asosiy omiliga aylangan edi. Bu urushlar faqatgina
vayronalik keltirmoqda edi, xolos.