5-sinf. Adabiyot darsi. Darsning mavzusi: Erkin Vohidov hayoti va ijodi. “ Nido “ dostoni Darsning maqsadi: a ta’limiy maqsad


Shu tariqa so’zlardan “Nido” guruhi



Yüklə 277,5 Kb.
səhifə2/3
tarix21.12.2022
ölçüsü277,5 Kb.
#77070
1   2   3
5-еркин вохидов дарс ишланма

Shu tariqa so’zlardan “Nido” guruhi:
Sening isming bu dunyoda muqaddasdur,
Har kim sening qadring bilmas- aqli pastdur.
Sening tuyg’ung yuraklarga savdo solur,
Sening darding boshqa dardni tortib olur.

Yering , suving bizni boqub to’ydiradur,


Semiz-semiz qo’ylaringni so’ydiradur.
Olma-anor, anjir, uzum- mevalaring,
Ot-u ho’kuz, echki, taka, tevalaring.
Maqsad” guruhi :
Bizlar uchun xizmat qilur barchalari,
Har birlari noz-u ne’mat parchalari.
Sendan tug’ub, katta bo’lub, qaytib borub,
Yana senga kiradurmiz bag’ring yorub.
Onamizsan! Bizni(ng) mushfiq onamizsan!
Javlon urub yashaydurgon xonamizsan!
Seni sotmoq mumkinmidur, o’zing o’yla,
Tiling bo’lsa, hasratlaring tuzik so’yla!
Qasamyod” guruhi:
Bizlar sotmas burun qilur erding faryod,
Biz sotgan so’ng nega dersan bizlardan dod.
Ayb bizlarda, seni sog’ub emolmaduk,
Yemish berib, yem o’rniga yem olmaduk.

Bilolmaduk ko’ksingdagi xazinani,


Biz bilmasmiz tosh- taroz-u, mazinani,
Sotib- sotib qoladurmiz g’amga botub,
Boyqush kabi vayronada yotib- yotib.
Ushbu usulni bajartirish bilan dars ona tili fanining punktuatsiya bo’limi bilan ham bog’lanadi. O’quvchilar she’rning qayerida qanday tinish belgisi qo’yilishini anglaydilar. Eng birinchi va to’g’ri bajargan guruh g’olib bo’ladi. Guruhlar rag’batlantirilib boriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. O’qituvchi:
Har bir she’rni ixlos bilan yozgan edi,
Odamlarga kerakligin bilgan edi,
Shoirlikni olloh unda bergan edi,
Borsa kelmas tomonlarga ketgan ustoz.

Qani endi hayqiring, siz yer qa’ridan.


“Nido” dostoningiz sizni izlaydi bugun.
Endi avlod o’qir kitob satridan
Borsa kelmas tomonlarga ketgan ustoz.
-Aziz o’quvchilarim. Men kim haqida she’r o’qidim?
- O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov haqida.
- 2016- yil dekabr oyida shoir tavalludining necha yilligi nishonlandi?
- 80 yilligi.
-Barakalla.
So’ngra proyektor orqali shoir suratlari bilan, slaydlar bilan shoir hayoti va ijodi o’qituvchi tomonidan tanishtiriladi.

Erkin Vohidovning ilk to`plami 1961-yilda ``Tong nafasi`` nomi bilan chop etilgan edi.Shundan so`ng birin- ketin ``Qo`shiqlarim sizga``,``Yurak va aql``,``Mening yulduzim ``, ``Nido ``,``Lirika``,``Palatkada yozilgan doston``,``Yoshlik devoni``,``Charog`bon``, ``Dostonlar``,``Muhabbat``, ``Hozirgi yoshlar``,``Tirik sayyoralar``,``Iztirob`` kabi asarlari nashr etildi.




Erkin Vohidov faqat she`r va dostonlar yozibgina qolmay boshqa janrlarda ham barakali ijod qildi.
Erkin Vohidov 50 yildan ko’proq vaqr mobaynida ijod etgan asarlarini to’plab, “ Ishq savdosi”, “She’r dunyosi” , “Umr daryosi” va “ Ko’ngil nidosi” nomli to’rt jildlik saylanmasini o’quvchilarga taqdim etdi.
Shoir asarlarida hayotga , go’zallikka muhabbat, yovuzlikka, tubanlikka nafrat yaqqol sezilib turadi Uning ilk dostoni - “ Nido”da insoniyatga og’ir judoliklar, bitmas jarohatlar keltiradigan urush qattiq qoralansa, keyinroq bitilgan “Ruhlar isyoni” dostonida xalqlar , millatlar, dinlar o’rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan.
Erkin Vohidovning el-yurt va adabiyot oldidagi xizmatlari inobatga olinib, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni va “O’zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.
So’ngra shoirning “Nido” dostoni o’qituvchi tomonidan ifodali o’qilib, mazmuni ochib beriladi.
IV. Keyin yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Detektiv” usulidan foydalanib, guruhlarga topshiriq beriladi. “Nido” guruhiga: Shoir dostonda qanday nido haqida gapirgan edi?
O’quvchilar o’z fikrlarini bildirib, dostondan o’sha joyini topib, ifodali o’qib beradilar.
Hayqiraman ,
Tog’lar bag’ridan
Gumburlagan sado keladi,
Ona yerning otash qa’ridan
“O’g’lim!” degan nido keladi.
“O’g’lim!”
“Maqsad” guruhiga: Dostonda keltirilgan o’g’ilning otasi nima
Yüklə 277,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin