Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
445
Alarning agar royi soyib esa,
Va gar fikrida yuz maoyib esa.
Chu sarrishtai g‘ayb ravshan emas,
Qayu soyib erkan, muayyan emas.
Biri
aql ila tushsa xotirpisand
Ki, qilsa nekim bo‘lsa hozir, pisand.
Begonsa anga aql bo‘lg‘och hakam,
Qilurg‘a qo‘yar hikmat ahli qadam.
Vale g‘ayb ilmi chu masturdur,
Ish o‘ng kelmasa kimsa ma’zurdur.
Vale mashvaratda adad kasrati,
Berur bu natijaki el fikrati.
Taxayyul aro borcha bir nav’ emas,
Hadisin iki kimsa birdek demas.
Necha kimsa aylab xayolig‘a kuch,
Agar topsa so‘z har biri iki-uch.
Bu durlar aro aqli javharshinos,
Ishi rishtasi birla aylab qiyos.
Birisinki soyirg‘a
foyiq topar,
Ishi afsari uzra loyiq topar.
Aning birla chun rost keldi ishi,
Yig‘ishturdi o‘z gavharin har kishi.
Vale uldur iqboldin bahramand
Kim, ul pok gavharni qilg‘ay pisand.
Bu durlarki – men sochtim ofoq aro,
Nujum o‘rnig‘a charxi nuhtoq aro.
Umid ulki chun bo‘lsalar barxabar,
Shahu shohzoda bo‘lub bahrabar.
Solib o‘z qulog‘ig‘a
shahzoda ham,
Qabul aylagay shohi ozoda ham.
Va lek istasam tezbozorliq,
Alar zohir etmay xaridorliq,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
446
Qulog‘larig‘a bo‘lmasa ustuvor,
Qachon yerga qolg‘ay duri shohvorg‘
Ne tufroqqa qolsun sipehr axtari
Ki, bo‘lg‘ay eri charxi nilufariy.
So‘z oningdururkim, talabgoridur,
Aningdur guharkim, xaridoridur.
Bukun chunki shah tab’idur javhari,
Qachon yerga qolg‘ay bu so‘z gavharig‘
Agar bo‘lmasa
zebi torak anga,
Nekim bo‘lsa bo‘lsun muborak anga.
Boshi uzra borin nisor ayladim,
Tamom o‘ldi so‘z, ixtisor ayladim.
Ketur soqiy, ul la’li serobni
Ki, ko‘zdin oqizg‘ay duri nobni.
To‘kay shodlig‘ ashkin ul jomg‘a
Ki, yetti bu og‘ozim anjomg‘a.
Mug‘anniy, tuzat nay unin dilpazir
Ki, bas qilg‘udek bo‘ldi kilkim sarir
Ki, mast o‘lg‘onimda
ichib jomi may,
Gar ul nay uni sokin o‘lsa, bu nay.
Navoiy, yaqin bo‘ldi osoyishing,
Bo‘lub so‘z arusig‘a oroyishing,
Bezaldi chu ul mohvashqa jamol,
Jamolin ko‘rub vaslidin koming ol.
Dostları ilə paylaş: