Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
444
Nasihat
bila yetkurub voyae,
Bo‘lur erdi pand aytibon nuktasanj,
Nechukkim, buzug‘din ayon bo‘lsa ganj.
O‘lukni birov nutqi etsa tirik,
Agar haqdur, ul nukta bordur irik.
Birov ko‘rdi chun davlat arkonidin
Ki, so‘z tund erur ortuq imkonidin.
Vale
qoyile bordur asru haqir,
Dedi tund o‘lub: «K-ey, gadoyi faqir!
Angakim – erur shohu, sen bir gado,
Ne hadding bila pand etarsen adog‘»
Dedi nuktapardozi Isonafas
Ki: «Gar men haqir ersam andoqki xas.
Sanga bor esa so‘z bilurdin mazoq,
O‘zum sori boqma, so‘zum sori boq!
Kerak bo‘lsa so‘z, o‘ylakim
durri pok,
Sadafdek haqir o‘lsa qoyil, ne bokg‘
Manga ham agar nuktada tez esam,
Qamish no‘gidin otashangez esam.
O‘zum nechakim zoru pajmurdamen,
Lagadko‘bi gardundin ozurdamen.
Hamonoki so‘z poku sofiydurur,
Adabsizlig‘img‘a talofiydurur».
Dostları ilə paylaş: