Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
436
Qadi saltanat bog‘ida sarvinoz.
Lataf –
jismining jonu jononasi,
Sharaf bahrining durri yakdonasi.
Yeti pushti olamg‘a sulton kelib,
Atodin ato xon, bin xon kelib.
Ato Shohi g‘oziyu ul nuri ayn,
Muzaffar Husayn ibni Sulton Husayn.
Alal-olamina
doma ehsonahu,
Lahu xalladallohu sultonahu
8
.
Taolilloh, asru ajab zot erur
Ki, olamg‘a andin mubohot erur.
Zafarg‘a
qarin farrux oti aning,
Bori aybdin pok zoti aning.
Adab taxtining mehri afloki ul,
Hayo bahrining gavhari poki ul
9
.
Kelib qahridin do‘zax o‘tig‘a bim,
Vale xulqi jannat gulidin nasim.
Kichik yoshliq, ammo ulug‘ qadrliq,
Hilolida ma’lum o‘lub badrliq.
Necha sher bo‘lsun kichik, gar ulug‘,
Erur savlati birla el qayg‘ulug‘.
Ulus chehrai olamafro‘zidin,
«Bilur yil kelishini navro‘zidin»
10
.
Chu vasfin
bayon qilmoq oson emas
Ki, poyonig‘a yetmak imkon emas.
Nasihat tariqin shior aylayin,
Duo birla-o‘q ixtisor aylayin.
LXXXV
Yuqori mastur bo‘lg‘on va ilgari mazkur bo‘lg‘on dastur bila madhdin duog‘a ruju’ qilmoq va hukamo
xiradnomalarig‘a shuru’ qilmoq
Ayo, shohvashlarning ozodasi,
Jahon ahlining shohu shahzodasi!
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: