Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
434
Fuzun aylar avvalg‘i nisbatlarin,
Berur ittisol ichra shiddatlarin.
Qachon
muncha nisbat topar iki yor,
Qilur mayl bir-birga beixtiyor.
Iki zor bulbul hamovoz o‘lur,
Bo‘yla iki qumrig‘a parvoz o‘lur.
Agar vahshu tayr o‘lsin, ar jinnu ins,
Bu ishdin erurlar anis iki jins.
LXXXIV
Ul shahzodai sipehrjanob madhikim, xurshedu oy qiron qilg‘onda tuqqan sa’d axtardurur va sarvu gul
muqorin bo‘lg‘onda ochilg‘on g‘unchai suxanvar va doston ibtidosini sultoni sohibqiron madhida bir
necha durfishonliq bila muzayyan qilmoq va guzorish debochasini Skandari davron sanosida bir necha
guharrezliq bila murassa’ etmak va shahzoda madhin nasoyih bila ixtisor qilmoq va yeti hakim bila
Iskandar hikmatlarin anga oshkor aylamak va so‘ngra qoyil o‘z zodai tab’i iki la’li otashin aning
qulog‘ig‘a loyiq va iki durri samin aning istimoig‘a muvofiq nazm silkiga tortmoq va duo javohiri bila
xatm qilmoq
Bihamdillah, iqbol o‘lub korsoz,
Bu tug‘ro bayozig‘a
chektim tiroz
1
.
Alif ibtidosig‘a aylab raqam,
Nihoyatg‘a qildim raqam mimi tam
2
.
Ki, ya’ni bu so‘z yetti itmomig‘a,
Bu tarix og‘ozi anjomig‘a.
Madadgor o‘lub gunbazi tezgard,
Skandar hadisig‘a berdim navard.
Agar
bordi Iskandari taxtgir,
Jahon mulkida qo‘ydi toju sarir.
Bu ishtin jahon bo‘lmasun dardnok,
Chu qoyim-maqom o‘ldi paydo, ne bokg‘
Bori shohlar sarfarozini bil,
Skandarsifat Shohi g‘oziyni bil.
Erur olam ahli nigahboni ul,
Nigahbon yo‘q,
Iskandari soni
3
ul.
Skandar agar keldi oyinasoz,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: