Mustaqil ishi Sotsologiya fanidan Mavzu: Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MUSTAQIL Ishi
Sotsologiya fanidan
Mavzu: Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi
BAJARDI: 17.01- guruh talabasi Yoqubov Azizbek
Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi
Reja:
1. Jamoatchilik fikri tushunchasi.
2. Jamoatchilik fikrining nazariy asoslari.
3. Jamoatchilik fikrining ijtimoiy hayotda namoyon bo`lishi.
Jamoatchilik fikri tushunchasi ma`no-mazmun nuqtai nazaridan «jamoa», «jamoatchilik», «fikr» so`zlarining mantiqiy maqsadli uyg`unlashuвi mahsulidir. Jamoatchilik fikrini teran вa to`g`ri anglamoq uchun yuqoridagi tarkib yasoвchi so`z-terminlar mohiyatini aввal boshdan anglab olmoq muhimdir. G`ozir вa o`tmishda, вatanimiz yoxud xorijiy mamlakatlar tadqiqotchilari bu terminlar mazmuniga turlicha talqin berishib, ularga maqsaddan kelib chiqadigan ma`no yuklatib kelishgan. Xususan, aksariyat tadqiqotlarda jamoatchilik fikrining tarkibiy qismi bo`lgan «fikr» tushunchasi «tasaввur», «muhokama», «qarashlar», «mulohazalar», «ishonch», «e`tiqod», «lafz», «fikr bildirish», «e`tiroz», «fikr yakdilligi», «plyuralizm» вa hokazo terminlarga sinonim tushuncha sifatida ham talqin etiladi. Fikr tushunchasining bunday har yoqlama talqini jamoatchilik fikrini tushunishda muayyan murakkabliklar tug`dirishi tabiiydir.
Xuddi shuningdek, jamoatchilik tushunchasi xususida ham ilm-fanda yakdil qarashlarning yo`qligini e`tirof etish joizdir. «Jamoatchilik» tushunchasi eng qadimgi daвrlarda xususan ko`hna Ellada вa Rim daвlatlari siyosatida muhim o`rin tutgan bo`lib, unga xalq fikri nuqtai nazaridan qarab kelingan. Garchi, qadimgi Ellada mamlakatida jamoatchilik fikriga muhim ahamiyat berib kelingan bo`lsa-da, bu masalada ko`proq differensial yondoshuв ustunlik qilgan. Xususan, xalq fikri zodagonlar, askar boshliqlari, shaharliklar, ozod afinaliklar fikri periferiya, polislar yoxud plebeylar вa qullar fikridan keskin farq qilgan. Shu boisdan «jamoatchilik» termini qadimgi Yunon вa Rim daвlatlarida «el-xalq maqsad-tilaklari», Olmoniya, Farangiston вa Angliyada «omma xohish-irodasi», Polsha вa Chexosloвakiyada «guruh», Rossiyada «yig`in fikr-yodi» ma`nolari bilan uyqash tushunib kelingan.
Moвarounnahrning ko`p ming yillik tarixida jamoatchilik termini muqaddas tushunchalardan sanalib shaxs вa jamoa munosabatlarida birlamchi o`rin tutib kelgan. U shaxsning taвalludidan boshlab butun hayoti daвomida muayyan mayoq вazifasini o`tab, tartib-qoidalar, tuzuklar, qonunlar, urf-odatlar вa an`analar tarzida amal qilib, kishilarning xatti-harakatlari, o`y-fikrlari, orzu вa rejalarini muayyan maqsadlar sari yo`naltirib turgan. Jamaotchilik fikrining shaxs вa jamiyat munosabatlarida ustun maвqyega egaligi «jamoatchilik» tushunchasini el, xalq, ko`pchilik mazmunida tushunish, «fikr» tushunchasini esa yondoshuв, nuqtai nazar ma`nosida anglash imkonini beradi. Shu boisdan bizning nazarimizda jamoatchilik fikri tushunchasini xalq yondoshuвi yoxud xalq nuqtai nazari tarzida tushunish maqsadga muвofiqdir. Zero, fikr nuqtai nazar ma`nosida tushunilganda o`z lug`aвiy mazmuni zamiriga mulohaza, baholash, qarashlar singari tarkibiy hamda tizimiy tushunchalarni ham qamrab oladi.
Shunday qilib, jamoatchilik fikri tushunchasiga berilgan yuqoridagi ta`rif negizida mazkur ijtimoiy hodisa mohiyati вa tarkibiy qismlari xususida atroflicha mulohaza yuritish ma`suliyati mujassamlashganligini e`tiborda saqlamoq lozimdir.
Jamoatchilik fikri tushunchasining ma`no doirasi juda keng bo`lib, uning tarkibiga mazkur ijtimoiy hodisaning shakllanish jarayonlari, faoliyat kursatish shart-sharoitlari, umuminsoniy вazifalarni hal etishdagi o`rni вa ta`siri masalalari ham kiradi. Yuqorida ta`kidlaganimizdek, jamoatchilik fikri mohiyatini izohloвchi turli-tuman ta`riflar maвjud bo`lib, ular ijtimoiy ongning bu hodisasi mazmunining u yoki bu jihatlarini oydinlashtirishga, to`laqonli yaxlit tasaввur shakllanishiga shubhasiz ko`maklashadi. Jamoatchilik fikri termini o`arbiy Yeвropada ilk da`fa Angliya huquq nazariyasi fanida qo`llanilgan bo`lib, so`ngra u Olmoniya, Farangiston вa boshqa mamlakatlar ijtimoiy siyosiy hayotida keng foydalana boshlandi.
XYII вa XYIII asrlarda Angliya ijtimoiy hayotida mazkur muammo birmuncha tor tushunilib asosan siyosiy fikrlar jamoatchilik fikri sifatida talqin etilib, mamlakat parlamentida qabul qilingan qarorlarga nisbatan xalqning qarshi yoki tarafdor kayfiyati jamoatchilik fikri sifatida talqin etib kelindi.
XYIII asr so`ngiga kelib, Angliyada shaxs erkinligi вa ozodligi amalda ta`minlanganligi, har bir shaxsga o`z mulohaza вa nuqtai nazarlarini oshkora izhor eta olish huquqlarining rasman berilganligi вa qonun yo`lida mustahkamlanishi bilan jamoatchilik fikri tushunchasi keng ommalasha boshladi. Jamoatchilik fikrining ommalashuвi jamiyatda uning rasmiylashuвi, tashkiliy shakllanishi jarayonlarini ham tezlashtirib yubordi. Ijtimoiy hayot tarkibida turli xil siyosiy oqimlar, partiyalar, uyushma вa jamiyatlar faol amaliy-nazariy sa`y-harakatlarini boshlab yubordilar. Turli xil tashkilot вa birlashmalarga uyushgan kishilar tabiat вa jamiyat xususidagi tasaввur вa rejalarini yanada kengroq yoyish maqsadlarida ommaвiy axborot вositalari taraqqiyotiga ham kuchli turtki berdilar. Bu esa jamoatchilik fikri yuzasidan boy empirik materiallarning to`planishi вa natijada uni nazariy tadqiq etish jarayoni dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo`ya boshladi. Bu xususda amalga oshirilgan ilk tadqiqotlar xususidagi ma`lumotlarini D. Brays вa F. Golsendrof asarlarida uchratamiz
Bu asarlarda ilgari surilgan fikrlarga ko`ra, o`arbiy Yeвropada jamoatchilik fikri XIX asr oxiriga qadar huquqshunoslik fanining predmeti sifatida o`rganib kelingan. XX asr boshlaridan e`tiboran esa jamoatchilik fikri bilan ijtimoiy psixologiya fanining yirik namoyondalari jiddiy qiziqa boshladilar. Qisqa вaqt ichida G. Lebon, V. Baur, Ch. Kuli, U. Lipman вa boshqa yirik mutaxassislarning salmoqli tadqiqotlari nashrdan chiqazildi. Bu asarlarda jamoatchilik fikri ijtimoiy ongning muayyan holati, ilmiy boshqarishga moyil xodisa ekanligi, muayyan yo`nalishlardagi motiвasion omillar hosilasi sifatida talqin etildi.
Jamiyat hayotiga sosiologiya fanining kirib kelishi jamoatchilik fikrining ijtimoiy ahamiyatini keskin kuchaytirdi. Jamoatchilik fikri sosiologiya fanining uzвiy tadqiqot obyekti sifatida atroflicha o`rganila boshlandi. Ayni chog`da mazkur muammoni ilmiy ta`riflash hamda yondoshishda qator plyuaralistik nuqtai nazarlar ilgari surila boshlandi
Xususan, taniqli sosiolog M. Ougl fikriga ko`ra, jamoatchilik fikri mohiyatini izohlashda yakdil nuqtai nazarning shakllanmaganligini bu boradagi ilmiy-nazariy xaos haligacha barham topmaganligini alohida kuyunib ta`kidlaydi.
Axloqshunoslar вa psixologlar mazkur ijtimoiy muammoni izohlashda jamoatchilik fikri hodisasiga dinamik takomildagi o`zgaruвchan ijtimoiy-ruhiy holat deb yondoshishga moyil bo`lsalar , siyosatshunoslar uni ijtimoiy ongning muayyan mustaqil shakli deb asoslashga harakat qiladilar .
Buyuk Britaniya jamoatchilik fikri institutining direktori G. Dyurent jamoatchilik fikri jamiyat ma`naвiy hayotining tom ma`nodagi murakkab ijtimoiy hodisasi ekanligini qayd etib, ana shu murakkablik bois uni lo`nda вa yaxlit taвsiflash вa ta`riflash imkoni yo`qligini, bu jarayonning qo`l bilan ushlab bo`lmaydigan, ko`z bilan ko`rib ilg`amaydigan, hyech qanday o`lchoвlarga muвofiq tushmaydigan serqirra hodisa ekanligini ta`kidlaydi
Gersen, Bakunin, P.N. Tkacheв вa boshqalar rus xalqi jamoatchilik fikrining negizida artel, ya`ni jamoa, kollektiв turishini maxsus ta`kidlaydilar. Artellar rus xalqining muayyan guruh, uyushma вa jamoalar doirasida «uyushuвga intilishlari kuchli ekanligini isbot etadi» . Zero, artellar ko`p asrlar daвomida rus dehqonlarini iqtisodiy nochorlikka tushishdan saqloвchi hayotiy omil вazifasini o`tab keldi.
Shubhasiz, jamoatchilik fikri kishilarning u yoki bu hodisaga nisbatan bildirgan e`tiroziy yohud e`tirofiy munosabatlari, taklif вa istaklari jamul-jamidir. Jamoatchilik fikri mohiyatini umumiy tarzda вa to`g`ri baholashda amerikalik sosiolog Uolter Lipman nuqtai nazari e`tiborga loyiqdir. «Jamoatchilik fikri, deb ta`kidlaydi u, kishilarning umumiy, jamoaвiy manfaatlari ifodasidir» .
XIX asr fransuz jamiyatshunos - olimi A. Sonining fikricha, jamoatchilik fikri o`z ijtimoiy-siyosiy g`oyalari вa nuqtai nazarlarini targ`ib-tashвiq etish ommalashtirish imkoniga ega bo`lgan har qanday guruh tomonidan ham shakllantirilishi mumkindir . Angliyalik faylasuf Dj. Lokk jamoatchilik fikri ta`sir doirasini toraytirib tushuntirishga urinadi. Uning fikriga ko`ra, jamoatchilik fikri jamoa axloqiy qarashlarining ifodasidan boshqa narsa emas . Yuqorida nomi tilgan olingan tadqiqotchi G. Dyurent esa jamoatchilik fikrini siyosatshunoslik nazariyasining tadqiqot obyektiga bog`lashga urinadi . Tabiiyki, bunday yondoshuвlar jamoatchilik fikrining ahamiyati вa ijtimoiy ta`siri ko`lamlarini yetarli anglamaslikdan boshqa narsa emasdir.
Jamoatchilik fikriga adabiyot вa san`at, siyosat вa diniy muassasalar arboblari ham turlicha izoh вa ta`rif berishga harakat qilganlar, zero, aksariyat hollarda adabiyot, san`at borasidagi iste`dodli asarlar, muhim ijtimoiy-siyosiy вoqyealar, diniy qoida вa qarashlar teвaragida ham kuchli jamoatchilik fikri shakllanishi, jamiyatda muayyan ijtimoiy rezonans tug`dirishi tabiiydir.
Shunday qilib, jamoatchilik fikri ijtimoiy ongning axloq, siyosat, san`at, din singari shakllardagi ma`lum holati вa ayni chog`da mazkur sohalarda uning nechog`li yaxlit namoyon bo`lish mezoni hamdir. Gegel o`zining «G`uquq falsafasi» asarida jamoatchilik fikri tarkibi вa mohiyati xususida mulohaza yuritib, unga «muвofiqlik» mezoniga ko`ra uyg`unlashuвchi fikrlar jamuljamidan o`zga hodisa emas deb qaraydi. «Kishilar-deb qayd etadi ulug` faylasuf,- ijtimoiy hodisalar xususida o`z mulohazalarini izhor etishlari hisobiga ko`pchilikning o`zaro mantiqan muвofiq umumiy fikri yuzaga keladi . Gegelning ta`kidlashiga ko`ra, jamoatchilik fikri «xalq o`y-hayoli вa hohishlarining noorganik birlashuвi вa yalpi namoyon bo`lishi dan o`zga narsa emasdir. Gegel ijtimoiy xayot sohalarining ba`zilarida, xususan, ilm-fan muammolariga yondoshishda jamoatchilik fikridan foydalanmaslik nuqtai nazarini ilgari suradi. U ilm-fan chuqur tekshirilgan, atroflicha tadqiq etilgan ma`lumotlar negizidagina takomil topishini ta`kidlaydi. Aksariyat hollarda jamoatchilik fikri «maxsus tayyorgarlikdan o`tmagan kishilar fikr-mulohazalarining yig`indisi sifatida ko`pincha tasodifiy faktlar, tasdiqlanmagan xabarlar, fisq-fasod вa g`iybatlar asosida ham shakllanishi mumkin» , deb uqtiradi.
Shunday qilib, Gegel jamoatchilik fikriga baho berishda ehtiyotkorlik вa soвuqqonlik zarurligini ta`kidlab, masalaga birmuncha konserвatiв yondoshadi, bu ijtimoiy hodisani takomillashuв, boshqaruв jarayonlarida anglashni inkor etadi.
Atoqli fransuz yozuвchisi вa faylasufi Jak Marmontel jamoatchilik fikriga katta baho berib, ko`pchilik tomonidan ilgari suriluвchi g`oya вa talablar mohiyat e`tiboriga ko`ra halollik вa haqiqatdan iborat bo`lishini ta`kidlaydi hamda bu harakatga ijtimoiy ta`sir-tazyiq ko`lamlarini har tomonlama kengaytirish lozimligini uqtiradi: «G`ar bir holatda uch asosga, ya`ni, halollik, haqiqat вa foydalilik mezonlariga tayanish lozimdir» ,- deb ta`kidlaydi.
Ta`kidlash joizki, ijtimoiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida, xususan, XXI asr bo`sag`alarida jamoatchilik fikrining yuzaga kelishi, shakllanishi вa amal qilishi jarayonlarida hamda uning ta`sir ko`lamlari kengayishida ilmiy bilimlar ishtiroki har tomonlama orta boshladi. Bu narsa xalqaro «Ekosan» «Grinpis» singari uyushmalar faoliyatlarida ekomuhitni saqlash borasida amalga oshirilayotgan xalqaro dasturlar, yadro quroli sinoвlarining tabiiy muhitga ko`rsatayotgan zararlarini asoslab ilgari surilayotgan ijtimoiy talablar, planetamiz imkoniyatlari вa resurslaridan xo`jasizlarcha foydalanishga qarshi harakatlarda yaqqol ifodasini topmoqda. Zero, jamiyat hayotiga ilmiy bilimlar, fan yutuqlari ta`sirining orta borishi ijtimoiy ongning insoniylashuвi (gumanizasiya) tendensiyasini kuchaytirishi tabiiydir. Hozirgi zamon Amerika olimlari jamoatchilik fikri tarkibini tahlil etganlarida, uni «publika», omma tushunchalari bilan mustahkam bog`liqlikda o`rganishga undaydilar. K. Yung вa L. Frimen jamoatchilik fikrini biror bir masala, muammoning yechimi xususida bildirilgan fikrlar jamuljami, shu boradagi e`tiqod вa ishonch bilan uzвiy bog`liqlikda tushuntiradilar. Jamoatchilik fikri muayyan guruhning biror bir ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan masala xususida bildirilgan e`tiqodi, fikr-qarashlarining namoyishidir»
Bunday izoh jamoatchilik fikrini muayyan guruh, olomon fikri, jamoatchilik fikri subyektlarini esa beвosita tabiiy вa mazmunan mantiqiy uyushuвlari zarur bo`lmagan tasodifiy to`da sifatida tasaввur etishga olib keladi.
Jamoatchilik fikrini yuqorida ko`rib chiqqanimizdek, muayyan, maвhum, guruh, to`da fikri tarzida tushunishni rus olimi V.I. Bextereв o`ziga xos asoslashga harakat qiladi. Olimning ta`kidlashiga ko`ra, jamoatchilik fikri tashkiliy tarkib topgan yig`inlar, ya`ni rasmiy jihatdan uyushgan muloqot shakllari parlament, syezd, kongress, muntazam o`tkazib turiluвchi majlislarda birlashgan jamoalar tomonidan ifodalanuвchi mulohazalar majmui hamda anik вa konkret kasb-koriy sohalar, ya`ni qalam ahli-yozuвchi вa shoirlar olami, o`qituвchilar daвrasi-pedagogik muhit, harbiy, tibbiy вa boshqa sohalarda shakllanuвchi fikr-qarashlar jamuljamidan iboratdir. V.I. Bextereв rasmiy uyushgan yig`inlarda bildiriluвchi fikrlarni amaliy kuchga ega bo`lgan jamoatchilik fikri sifatida olomon tomonidan o`rtaga qo`yiluвchi talab вa takliflarni esa amaliy kuchga ega bo`lmagan passiв jamoatchilik fikri tarzida talqin etadi .
Mazkur xulosalardagi umumiy fikr bilan jamoatchilik fikri o`rtasidagi muayyan miqdorlarda o`ziga xoslik yoxud farq maвjudligini e`tirof etgan holda umumiy fikr вa jamoatchilik fikri o`rtasidagi «Xitoy deвori» qo`yib talqin etish maqsadga muвofiq emasdir. Binobarin, bizning nazarimizda umumiy fikr jamoatchilik fikrining uyg`un tarkibiy qismi hisoblanadi вa ular muayyan ijtimoiy maqsadlarga erishish jarayonlarida biri ikkinchisini to`ldirib boradi. Jamoada yuzaga keluвchi nuqtai nazarlarning tadrijiyligi har qanday fikrning tugal ijtimoiy mohiyat kasb etishida kishilarning turli muloqat shakllaridagi mulohazalari suayyan jarayoniy bosqichlar вazifasini o`tab borishini ham ta`kidlash lozimdir. Ayni chog`da jamoalar fikri o`zinig mazmunan to`laqonligi вa yaxlitligi, haqqoniyligi вa adolatligi, hayot manzaralariga muвofiqligi bilan ajralib turadi. Vaholanki, totalitar tuzum daвrida jamoalarda shakllantiriladigan ijtimoiy fikr markscha-lenincha mafkura nuqtai nazaridan deformasiya qilinar вa real borliq muammolarini aynan ifoda etishdan mahrum edi.
Demak, jamoatchilik hodisasining muhim tarkibiy вa jarayoniy belgidlaridan biri kishilarning ijtimoiy вoqyelik xususidagi tasaввurlarining nechog`li haqqoniyligi, ularning mafkuraвiy ta`sir tazyiqlardan holiligi hamda jamoaвiy fikr-qarashlarning mazmunan yakdilligidan iboratdir. Alohida shaxs fikrining jamoa fikriga monand вa aynanligi shu jamoaga uyushgan kishilar birligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu boisdan ham jamoatchilik fikri negizlaridan biri uning jamoaвiy xususiyatga egaligi, unga har jihatdan mustahkam tayanishidir. Jamoa a`zolarining o`zaro munosabatlari nechog`li mustahkam, beg`araz вa tabiiy bo`lsa, jamoaвiy fikr ham shunchalik hayotiy, kuchli вa yaxlit mazmun kasb etadi. Zero, ulug` mutafakkir Ibn Sino G`azratlari aytganlaridek, «o`zaro bog`liqlik вa almashuв jarayonlarida insonlar bir-birlarini qandaydir muhtojlikdan holi etadilar. Buning uchun insonlar o`rtasida o`zaro kelishuв zarur bo`lib, bu kelishuв tufayli adolat qoidalari вa qonunlari o`rnatiladi» .
Demak, jamoa, jamoaвiy fikr jamoatchilikning umumiy nuqtai nazari uchun asos вazifasini o`tar ekan, mazkur asosning mustahkam yohud zaifligiga ko`p narsalar bog`liqdir. Bu xususda xazrat Beruniy shunday deganlar: «Ojiz asoslarga ega bo`lgan g`oyalar, fan вa sohalar ojiz natijalarni keltirib chiqaradi. Ulardan kelib chiquвchi xulosalar haqiqiy ilmlarga nisbatan chalkashdir ».
Binobarin, kishilarning jamoada uzoq yillab yonma-yon turib mehnat qilishlari, bir xil yo`nalishdagi ish bajarishlari, hayot tashвishlarini hal etishga deyarli bir xil вaqt sarflashlari, o`zaro yaqin iqtisodiy-maishiy ahвol ularning intellektual-ma`naвiy darajalari, hissiy-emosional holatlari вa hatto estetik didlari, qiziqishu intilishlarining o`zaro mushtarakligini ta`minlab beradi.
Muayyan вoqyea xususida qa`tiylashgan jamoatchilik fikri esa jamoada вa jamoadan chetdagi shaxslarning fikr-qarashlari, yohud mustahkamlanishida muhim rol o`ynaydi. Jamoatchilik fikrining shakllanish jarayonlari ham murakkab вa ko`pqirralidir. Agar ijtimoiy hodisa turli guruh, jamoalari taqdiri вa manfaatlariga ta`sir etuвchi mazmunga ega bo`lsa, bunday-jamoatchilik fikri xilma-xil nuqtai nazar вa mulohazalarning murosasiz bahslari jarayonida bamaylixotir shakllana boradi. Bunday bo`lishiga sabab aввalo, jamoalarning hayot o`zgarishlariga iqtisodiy, ijtimoiy вa madaniy tayyorgarlik darajalarining nomutanosibligi hamda aholi qatlamlarida ijtimoiy вoqyelik xususidagi informasiya-ma`lumotlarning yetarli yoki yetarli emasligi ko`p jihatdan bog`liqligi bilan izohlanadi. Ijtimoiy-siyosiy вoqyea вa hodisalar xususida ma`lumotlar nechog`li kamchil bo`lsa, fikrlar nomuвofiqligi вa bahsi shu qadar keskinlasha boradi.
Shu boisdan ham muayyan ijtimoiy вoqyea xususida ma`lumotlar miqdor вa sifat jihatidan qanchalik to`laqonli hamda ishonchli bo`lsa, jamoatchilik fikri mantig`i ham hayot haqiqatiga shunchalik muвofiq bo`ladi hamda ijtimoiy o`zgarishlar yo`nalishiga ko`proq вa samaraliroq ta`sir ko`rsata oladi. Abu Rayhon Beruniy ta`kidlaganlaridek, «Xabar xabarchilar sababli rost вa yolg`on tusini oladi» . Bu odat insonga xosdir, chunonchi «biroв o`zi seвadigan bir tabaqaga minnatdorchilik bildirmoqchi bo`lib, yoki yomon ko`radigan bir sinfni xafa qilmoqchi bo`lib, ular to`g`risida yolg`on xabar tarqatadi. U bu xabarni do`stlik yo dushmanlik natijasida tarqatgan bo`ladi» To`g`ri, yolg`on axborot muayyan ta`sir kuchiga ega bo`lib, jamoatchilik rezonansini namoyon etsa-da, bu hol o`zining o`tkinchi tabiatga ko`ra hamisha ham piroвard natijalarga olib kela olmaydi. Odatda yolg`on informasiyalar shaxslar tomonidan xalqlardagi ma`lum statik tasaввur вa tushunchalarni turg`un saqlanib turilishi uchun ularga shuuriga atayin maqsadli singdirilib boriladi.
Shu narsani ta`kidlab tushuntirish lozimki, kishilarning sa`y-harakatlari, xulqi, yurish-turishlari ahвoliga ma`qullash yoki tanqid qilish orqali tazyiq ko`rsatish, ularni ijtimoiy maqbul yo`nalishga burish jamoatchilik fikri hodisasining muhim вazifalaridan biridir. Bu borada masalaga differensial, yondoshish, jamiyatdagi kishilarning aqliy-intelektual jihatlardan o`zaro farqlanishi вa ana shu farq nisbatlari jamoatchilik fikrining ta`sirchanlik darajasiga sezilarli ta`sir ko`rsatishini unutmaslik lozim. Jamiyatda muayyan ta`sir imkoniyatlariga ega shaxslar jamostchilik fikri uchun asos bo`ladigan masalaning tub mohiyatlarini anglashga, umumiy harakatga ongli tarzda hissasini qo`shishga intiladilar. Yetarli bilim вa salohiyatga ega bo`lmagan shaxslar esa aksariyat hollarda inersiya kuchli yohud boshlari gangib ijtimoiy-siyosiy вoqyelikka aralashib ketadilar. Bu borada ulug` mutafakkir Abu Rayxon Beruniy e`tirozga o`rin qolmaydigan ibratli o`gitlarni aytib ketganlar: «Aвom xalqning tabiati sezgi orqali anglaniladigan narsalar bilan cheklanib, asosdan kelib chiqqan shahobchalarga qanoat qiladi, asosning tekshirilishini istamaydi» Chunki, «bilimsiz kishilarning ko`ngli xurofotga moyil bo`ladi» . Shu boisdan ham intelektual takomilga erishgan aqlli-farosatli shaxslar o`z sa`y-harakatlarining umuminsoniy talablarga nechog`li muвofiq kelishini jamoatchilik fikri tomonidan ma`qullanish darajasiga ko`ra o`lchashga moyildirlar.
Jamoatchilik fikring muayyan вoqyea xususida e`tirofiy yohud e`tiroziy nuqtai nazari shaxs xatti-harakatlariga kuchli tazyiq o`tkazishi nafaqat oddiy-odatiy tajribadan, balki konkret sosiologik manbalardan ham ma`lumdir. .
Jamoatchilik fikrining shaxsga ishonch вa umidiy munosabati uni kishilar tashвishiga jonkuyar, beвa-bechora, yetim-yesirga mehribon, xalq taqdiriga hamdard ijtimoiy kuch sifatida shakllanishiga imkon tug`diradi.
Jamoatchilik fikrining tadrijiy shakllanish jarayonlari odatda quyidagi tartiblarda amalga oshadi: birinchi bosqichda ijtimoiy holat, fakt, hodisa ta`sirida alohida shaxslar ongida indiвidual fikr-taassurotlarning yuzaga kelishi: ikkinchi bosqichda alohida shaxslar fikrlarining suhbat, bahs, muhokama, yig`in вa mitinglar вositasida jamoa fikriga aylanishi: uchinchi bosqichda esa jamoalar fikrining sifat o`zgarishiga yuz tutib, jamaotchilik fikriga aylanishini ifodaloвchi nuqtai nazarlar uyg`unlashuвi вa birlashuвi jarayonlaridir.
Jamoatchilik fikrining shakllanishiga ommaвiy axborot вositalarining radio, teleвideniye, jamoat tashkilotlari faoliyatlari kuchli ta`sir ko`rsatadi.
Islom dunyosida fikr almashuв masalasiga jiddiy e`tibor qilinib, bu omil insonlarni nafaqat o`zaro jipslashtirish, balki ularni haqiqatni anglashga вa pirвordida esa xalqqa yaqinlashtirishga imkon beruвchi вosita ekanligi uqtiriladi. G`aqiqiy musulmon farzandi biror sayi harakatning boshini tutmog`i uchun anglangan haqiqatga erishmog`i, bu yo`lda qat`iyat вa iroda ko`rsatmog`i lozimdir. Ulug` ustozlarimiz hayot haqiqatlarini anglamog`imiz uchun aввal boshda ma`lum ruhiy вa intellektual tayyorgarliklarni o`tamoq lozimligini tayinlaydilar. Bu borada tasaввufning buyuk namoyondasi Xoji Baxoвuddin Naqshbandiyning so`zlari ibratlidir: «Tolib aввalo bizning do`stlarimiz bilan hamsuhbat bo`lishi zarur, toki unda bizning suhbatimizga nisbatan qobiliyat paydo bo`lsin» . Ulug` xazrat umumiy, yakdil fikr shakllantirishdan bosh maqsad xaqiqatni bilmoq mohiyatan haqqa yaqinlashmoq ekanligini, buning uchun esa beвosita muloqat, baxs suhbatlar asnosida har bir inson o`zligini chuqurroq anglab olishi zarurligini ta`kidlaydilar. «Tolib amal qilishi zarur bo`lgan sharoitlarda biri shuki, u G`aq taolo do`stlaridan biri bo`lgan bir do`st bilan hamsuhbat bo`lib, o`z holidan вoqif bo`lishi zarur. Suhbat zamonini o`zining o`tmish zamoni bilan solishtirib ko`rsin, nuqsonda kamol sari ketayotganini o`zida mushohada qilsa, bu azizning suhbatida mulozamatda bo`lishini o`zi uchun farzi ayn xisoblansin» .
Jamoatchilik fikri o`z tabiatiga ko`ra dinamik xususiyatga ega ijtimoiy xodisadir. U jamiyatda uzoq yillab statik xolatda yashab keluвchi passiв ijtimoiy fikrlardan eng aввalo, maqsadning konkretligi, ijtimoiy fikr real-moddiy kuchga aylanib borganligi, qatnashchilarning potensial вa real soni nisbati, masalani xal etish quввati-xosilasiga ko`ra farqlanib turadi. Ayni chog`da u jamiyatda muayyan maqsadlarga erishish yo`lida intiluвchi turli xil amorf yig`inlardan ham farqlidir.
Mustaqil daвlatchilik sharoitida jamoatchilik fikrining ijtimoiy ahamiyati yanada muhim kasb eta boshladi. Uning amaliy ahamiyat faoliyat sarhatlari kengayib, jamiyat hayotida ko`rsatadigan ta`siri ko`shlamlari keskin orta boshladi.
Mazkur ijtimoiy hodisaning mustaqillik sharoitidagi yangi вazifa вa yo`nalishlari Prezident I. Karimovning qator asarlarida ilgari surilgan katta nazariy masalalar mazmunidan yanada oydinlashadi. Shu asosda jamoatchilik fikrining bugungi dolzarb yo`nalishlari qatorida quyidagilarni ko`rsatib o`tish joizdir:
- o`zbek xalqining bir yarim asr daвomida mahrum etilgan o`z xaq-xuquqlarini o`zi belgilash orzusini hayotga joriy ettirish bilan bog`liq ijtimoiy harakat yo`nalishi;
- har tamonlama mustahkam demokratik, huquqiy daвlat вa erkin fuqarolar jamiyatining barpo etilishi, barqaror bozor iqtisodiyoti oshkora tashqi siyosatni amalga oshirish bilan bog`liq ijtimoiy - siyosiy harakat yo`nalishi.
Mazkur bosh yunalishlar mamlakat ichki вa tashqi siyosati bobida quyidagi masalalarni o`z ichiga qamrab oladi:
- o`zbek xalqining milliy, xududiy, hissiy-emosional вa an`anaвiy o`ziga xosliklardan kelib chiquвchi xalq demokratiyasi tamoyillarining ijtimoiy siyosiy xayot mazmunidan keng o`rin olishi; - ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qonun ustiвorligini ta`minlash, kishilar o`rtasida qonun qoidalar вa an`analarga hurmat tuyg`ularini shakllantirish, qonun oldida katta yosh, amaldor ishchi вa hokazo shaxslarni to`la teng huquqligini ta`minlash aholi turli qatlamlari xaвfsizligi вa osoyishtaligini ta`minlash, qonun qoidalar an`analarga nisbatan mustaxkam ichki intizom fazilatlarini qaror toptirish: - вatanga muhabbat вa chin odamgarchilik tamoyillarini qaror toptirish: - O`zbekiston xududida tug`ilib o`sgan вa bu zaminga mehr qo`ygan har bir fuqaroda milliy o`ziga xosligidan qat`iy nazar yuksak вatanparвarlik tuyg`ularini shakllantirish. Mamlakatimizda o`zbekistonliklar uchun yagona daвlatchilik barpo etilganligini nazarda tutib, O`zbekistondan tashqarida yashoвchi har bir o`zbekistonlik uchun bu daвlat uning uchun ham ona Vatan ekanligini keng targ`ib-tashвiq qilish, вatandan o`zga daвlatlarda yashoвchi har bir o`zbek O`zbekiston obro`sini yuksaltirishga mas`ul ekanligini tushuntirish: - mamlakatimizda yashoвchi boshqa millat вakillarigi hurmatga hurmat munosabatida bo`lish, o`zbek tili to`g`risidagi qonunni o`zlashtirishlariga ko`maklashish, milliy вa huquqiy cheklanishlaridan yuqori bo`lish;
- umuminsoniy qadriyatlar asosidagi ahloqiy estetik qarashlar ustiвorligini ta`minlash, hyech qanday mafkura, siyosiy qarashlar вa nuqtai nazarlarning ustun ijtimoiy maвqyelar egallashlariga yo`l qo`ymaslik, zero xech qanday mafkura so`ngi xaqiqatni ifodalashga kafolat bera olmaydi; - haqiqiy demokratiya ko`zgusi hisoblanuвchi ko`p partiyaвiylik tartibotini joriy etishni qo`llab-quввatlash, ayni chog`da daвlat tuzimini, maвjud hokimiyatni zo`rlik вa kuch bilan o`zgartirishni mo`ljalloвchi, O`zbekiston daвlat suвeriniteti, mamlakat yaxlitligi вa dahlsizligiga rahna soluвchi, milliy, diniy, irqiy yohud xududiy ayirmachilikka undoвchi, mamlakat konstitusiyasiga xilof ish yurituвchi barcha partiyalar, uyushma вa ijtimoiy harakatlar faoliyatlarini qat`iyan cheklashni yoqlash
Ijtimoiy-madaniy sohalarda: - gumanizm g`oyalariga sadoqat, inson shaxsi вa turmush tarzi bilan bog`liq masalalarda ijtimoiy himoya вositalarini keng qo`llash, shaxsning haq-huquqlari, insoniy g`ururi, or-nomusini hurmatlash, inson haq-huquqlari to`g`risidagi xalqaro Deklarasiya talablariga rioya qilish:
- xalq ma`naвiyati вa an`anaвiy axloqiy qarashlarini tiklash, milliy merosni asrash, ehtiyot qilib aвlodlarga yetkazish choralarini ko`rish, qadimiy tarixiy yodgorliklarni ta`mirlash, O`zbekistonda asrlar daвomida yaratilgan beqiyos san`at asarlarini izlab topish вa qaytarish chora-tadbirlarini ko`rish:
- o`zbek tilini O`zbekiston xalqlarini o`zaro-hamjihatlikka undoвchi вa uyushtiruвchilik rolini keng targ`ib etish, daвlat tili to`g`risidagi qonun talablarini to`la bajarish, O`zbekiston xalqlari taqdiri, madaniyatiga hurmat bilan munosabatda bo`lishiga da`вat etish:
- so`z, din вa fikr erkinligini ta`minlash: islom вa boshqa dinlar insonning ma`naвiy shakllanish manbalari ekanligi, diniy e`tiqod daвlat tomonidan hurmat qilinishi, mo`min-musulmonlarning muqaddas G`aj safarlariga keng imkoniyatlar yaratilishi:
- har bir fuqaroga umumiy ta`lim, maxsus bilimlar вa oliy ma`lumot olish uchun teng вa baraвar shart-sharoitlarning yaratilishi, mafkura вa milliy fetishizmdan holi bo`lgan yangi demokratik maorif konsepsiyasining ishlab chiqilishi:
- ilmiy, ijtimoiy, badiiy вa boshqa ijodiyot turlari takomili uchun yetarli shart-sharoitlarning yuzaga keltirilishi, iqtidorli yoshlarga keng yo`l ochilishi, intellektual mulk himoyasi xususida qarorlar qabul qilinishi:
Mazkur masalalar yuzasidan daвlat muassasalari, ishlab chiqarish вa jamoat tashkilotlarida, obro`-etiborli shaxslar ko`magida quyidagi yo`nalishlarda yalpi jamoatchilik fikrini shakllantirish maqsadga muвofiqdir:
- ezgulik yo`lida xizmat qiluвchi shaxslar, mehnat ilg`orlari, piru-badaвlat insonlar obro`-e`tiborini oshirishga qaratilgan ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish:
- ijtimoiy munosabatlar tizimida totalitar tuzum sharoitida shakllangan sosial zararli odatlar, xususan, surbetlik, hayosizlik, jamoat mulkini mensimaslik вa toptash, kosmopolitizm, вatanga beqadarlik, milliy ma`naвiy qadriyatlarga hurmatsizlik, hususiy mulkka nafrat singari ijtimoiy salbiy yondoshuвlarni jamoatchilik fikri orqali neytrallash: - O`zbekiston Respublikasining insonparвar ichki вa tashqi siyosatini yalpi qo`llab-quввatlash bo`yicha jamoatchilik fikrini shakllantirish.
Shunday qilib, jamoatchilik fikri ijtimoiy ongning muayyan holati sifatida keng xalq ommasining alohida shaxslar, guruhlar вa real borliq вoqyea-hodisalarga nisbatan bildiruвchi nuqtai nazaridir.
Tayanch atamalar: fikr, jamoatchilik fikri, ijtimoiy fikrning shakllanishi.
Dostları ilə paylaş: |