Mikroprotsessorlar va ularning ishlash prinsplari:
Shaxsiy kompyuterning yuragi (miyasi) mikroprotsessor yoki markaziy protsessor - CPU (Central Processing Unit) hisoblanadi. Mikoroprotsessor ma’lumotlarni qayta ishlash hamda hisoblash amallarini bajaruvchi (soprotsessorga ega bo‘lgan kompyuterlarda amalga oshiriladigan ba’zi matematik amallardan tashqari) kompyuterning eng qimmat va asosiy mikrosxemasidir. Bu yerda akkumulyatorning rolini alohida ta’kidlash kerak bo’ladi. Fizik jixatdan u arifmetik mantiqiy qurilmaning registrini tashkil qiladi. Masalan, INTEL turidagi protsessorlarda aksariyat buyruqlar ikki adresli bo’lib bunda akkumulyator unchalik katta rol o’ynamaydiyu Biroq shunday protsessorlar mavjud bo’lganki, va hozir ham uchrab turadi, ular asosan bir operandli rejimda ishlaydi. Bunday pro-tsessorlarda esa akkumulyatorsiz ishni tashkil qilib bo’lmaydi. Ya’ni ularda akku-mulyator asosiy o’ringa chiqadi. Bunday mashinalarda ko’plab buyruqlar akku-mulyatorni ikkinchi operand tarzida yoki yakka bir operand tarzida ishlatadi.
Protssesorlarning xususiyatlari:
Xotiraning chiziqli sohasi. Ma’lumotni tezkor ( operativ ) saqlash uchun kompyuter ketma ket nomerlangan ( adreslangan–manzillashtirilgan ) yacheyka-larning to’plamiga ega bo’ladi. ( Adreslar 0,1,2,...va hokazo ko’rinishida bo’ladi ). Yacheykalarning bunday to’plami tezkor ( operativ ) xotira deb ataladi.[4]
Dasturlarning saqlanish tamoyili. Ushbu tamoyilga ko’ra dastur kodi va uning ma’lumotlari operativ xotiraning bir xil adres sohalarida joylashgan bo’ladi.
Mikrodasturlash tamoyili .Ushbu tamoyilning mazmuni shundan iboratki, mashina tili xali fizik jixatdan mashinada jarayon xarakatini yuzaga keltiradigan yakunlangan substantsiya bo’lmaydi. Protsessor tarkibiga mikrodasturlash qurilma-sining to’plami kiritilgan. Bu to’plam xar bir mashina buyrug’ini fizik jixatdan bajarilishi uchun kerak bo’ladigan xarakat–signallarni generatsiya qilish uchun ishlatiladi.
Dastur bajarilishining ketma ketligi Protsessor xotiradan buyruqlarni qat’iy ketma ketlikda tanlab (chaqirib) oladi. Dasturning tug’ri chiziqli bajarilishini o’zgartirish uchun maxsus buyruqlar ishlatiladi. Bu buyruqlar shartli va shartsiz o’tish buyruqlari deb ataladi.
Xotirada ma’lumotlar va buyruqlarning tasvirlanishida xech qanday farq bo’lmaydi. Protsessor nuqtai nazaridan ma’lumotlar va buyruqlar orasida printsi-pial farq mavjud emas. Ma’lumotlar va mashina buyruqlari bir adres soxasida nol va birlarning ketma ketligi ko’rinishida joylashgan bo’ladi. Bu tamoyil odingi tamoyilga bog’liqdir. Protsessor navbatma navbat xotiraning yacheykalarini ko’rib chiqadi va ularning tarkibini mashina buyruqlarining kodlari sifatida qabul qiladi. Agar bunday bo’lmay qolsa, u hoda dastur avariya holida yakun topadi. SHuning uchun dasturda xotira va buyruqlarning sohasini aniq belgilab olish zarur bo’ladi.