Protsessorlar soni. Kompyuter samaradorligini faqat katta takt chastotali protsessor tanlash bilan emas, balki tizimga ikkinchi protsessor o‘rnatish orqali keskin oshirish mumkin. To‘g‘ri, bu xolda xam, 64-bitli protsessorlar kabi, bu rejimni ( SMP ) amalga oshirish uchun maxsus dastur ta’minoti kerak. Xozirgi kunda Windows ning «professional» versiyalari (masalan, Windows XP Professional ) va shuningdek grafika va videoni qayta ishlovchi qator dasturlar ( Adobe Premier , 3D Max va boshqalar) ko‘pprotsessorli rejimdan foydalanishi mumkin . Bundan tashqari ikkita protsessorni o‘rnatish uchun, oddiy tizimli plataga qaraganda bir necha bor qimmatroq turuvchi, maxsus plata zarur.
AMD va Intel protsessorlari:
AMD protsessorlari
АMD kompaniyasining ish joyi tizimi uchun protsessorlari Intel protsessorlariga o’xshab ikki “turga” bo’linadi — qimmatroq va unumlirog’i Athlon (XR.MP) va arzonrog’I — Duron. Duron bizda deyarli qo’llanilmaydi (sotilmaydi ham), АMDning o’zi ham ularni ishlab chiqarishni to’xtatmoqda. АMD Athlon protsessorlari shundoq ham CPU Intel Celeron narxlari kategoriyasiga kirib, mahsuldorligi esa Intel Pentium 4 bilan teng bo’lgani sababli Duron protsessori haqida biz yozmadik. Intel Pentium!!! protsessorlari bilan haqiqatda raqobatlasha oladigan birinchi DES firmasining RISC protsessori –Alfa 21064 bazasida ishlab chiqilgan 7-avlod АMD Athlon protsessori 1999 yili avgustda sotuvda paydo bo’ldi. 2000 yili iyulidan boshlab, Athlon protsessorlarini 0,18mkm — texnologiyasi bilan Thunderbird protsessor yadrosi, 650-950 MGts takt chastotali ishlab chiqara boshladilar, misli ulanishni texnologik jarayonni qo’llash bilan esa 1000-1400 MGts taktl chastotasiga erishildi. АMD Athlon protsessorlari Intel Pentium!!! protsessorlariga nisbatan keyinroq esa Pentium 4 ham katta kamchilikka ega bo’lgan — ancha ko’proq issiqlik chiqarishi va kristall qizishini aniq nazorat qilib turish uchun protsessorgaurnatiladigan termodiodning yo’qligidadir. Ba`zan bu hol kuler to’xtaganida protsessor kuyib qolishiga olib kelishi mumkin edi. Intel protsessorlari qizib ketadigan bo’lsa, tizim faqatgina “zavisala” (osilib qoladi, to’xtab qoladi).
АMD ning Palomino yadrosida asoslangan (texnologik jarayoni ilgaridek qoldi-0,18 mkm.mis) protsessorlarining keyingi turlarida bu kamchiliklar ancha yo’qotildi, yadrosi tuzilishini optimallashtirish hisobiga esa issiqlik ajralishi 20% ga kamaytirildi, protsessor qopqog’iga (tagi) Termodiod kiritildi. АMDning Palomino protsessor yadrosiga eng yangi protsessorlari Athlon XR (Extreme Perfomance) deb, ko’p protsessorlik (ikki) konfiguratsiyalar uchun esa- Athlon MR deb atala boshlandi.
Birinchi ishlab chiqarilgan Athlon XR protsessorlari Athlon MR protsessorlaridan deyarli hech narsa bilan farq qilmaydi va ikki protsessorlikni ta`minlagan, ammo Athlon XR 1600+ turidan boshlab bu imkoniyat sun`iy ravishda «o’chirib» qo’yilgan, go’yoki protsessorlar bir tekis qatorini buzmaslik uchun. Ko’p vaqt davomida АMD kompaniyasi 0,13mkm-texnologiyasiga o’ta olmay keldi (bu maqolada biz АMD Athlon 64 protsessorlari haqida gapirmaymiz, chunki ular hali sotuvda yo’q, ular ham umuman boshqa protsessorlardir) va natijada maksimal takt chastotalari bo’yicha Intel dan ancha orqada qoldi.
Hatto hozir ham 0,13 mkm — texnologiya bo’yicha chiqarilayotgan yangi Athlon XR2800+ protsessorlari baribir chastotasi bo’yicha Intel 4 dan ortda qoladi.
Hozirgi kunda АMD t.n reyting tizimidan foydalanilmoqda, u ofis, o’yin, grafika va videolarni tashkil etuvchi 34 qo’shimchadan iborat 14 testlar paketi yordamida raqobatbardosh mahsulotlar “samarali” chastotasi aniqlanadi (shu turdagi Intel Pentium 4 protsessori haqidagi ma`lumotlarni o’qib chiqing). Misol uchun Athlon XR-2000+ bu degani 2 GGts takt chastotaga ega Pentium 4 protsessoriga qaraganda bu protsessor ancha yaxshi ishlashini anglatadi(+shuni belgisidir). АMD protsessorlarida esa kesh xotira L1(64+64 Kbayt) va L2 qo’shiladi, samarali ravishda 384 Kbayt ishlaydi deb hisoblanadi. Socket А (Socket462) protsessorlari raz`yomida MMX, Eihanced 3D Now! SSE ta`minlashga egadir.
Dostları ilə paylaş: |