O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN
VA INNOVATSIYALAR VAZAIRLIGI
"TOSHKENT XALQARO MOLIYAVIY BOSHQARUV VA
TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI"
IQTISODIYOT TARIXI
Mustaqil ish
Mavzu: Garbiy Yevropada Uygonish davri san’ati Italiyada
Uygonish davri san’ati Florensiya san`ati
IS-22/7-guruhi
Bajardi: Mamatqulov F.
Tekshirdi: Rahmatov X.
Toshkent 2023
Reja:
1. Talabalarni uyg’onish davri san’ati bilan va shu davrda yashagan yirik
san’atkorlar ijodi va hayoti bilan tanishtirish.
2. XVII - XVIII asrlar Evropa, Italiya, Frantsiya, Ispaniya, Flandriya
sаn’аti
3. Niderlandiya, Germaniya, Frantsiya va boshqa Garbiy Evropa
mamlakatlarida Uygonish davri san’ati.
Uyg’onish davrida g’arbiy Evropa san’ati.
Feodalizm jamiyati qo’ynida ilk kapitalistik munosabatlarning tarkib topishi va
rivojlanishi Evropa hayotida yangi va muhim o’zgarishlarga olib keldi.
Din asta-sekin o’z mavqeini yo’qota bordi. Omma dindan uzoqlasha bordi, shaharlar
kengaya bordi. Ularning shiddat bilan o’sib, rivojlanishi mayda hunarmandchilikdan
manufakturaga o’tishga sabab bo’ldi. Bu shaharlarda savdosotiq shu darajada
rivojlandiki, dengiz orqali dunyoning boshqa burchaklari bilan savdo qilishga talab
kuchaydi. Yangi qit’alar kashf qilindi, bu voqealar insonlar tafakkuri va hayotga
bo’lgan munosabatlarida tub o’zgarishlar yasadi. Bu davrdagi taraqqiyot jarayoni
shiddat bilan o’sdi, uning natijasida yangi san’at va yangi madaniyat dunyoga keldi.
Mamlakatlar orasida madaniy hayotdagi yangiliklar tez tug’ildi.
Bu taraqqiyot davri Evropa madaniyati tarixida “Uyg’onish davri” deb nom oldi. Bu
iborani ilk bor italyan rassomi va san’atshunosi Jorjo Vazare tomonidan, Jotto ijodiga
nisbat berib aytilgan eti. O’rta asrlar davridan so’ng san’at va adabiyotdagi markaziy
e’tibor insonga uning ijtimoiy hayotida tutgan o’rniga qaratilganligi, uning
“uyg’onishligini” belgisi edi.
Keyinchalik keng mazmun kasb etgan bu ibora Italiyadan tashqari Evropaning
boshqa mamlakatlariga ularning feodalizm davridagi keyingi san’at va madaniyatlarini
ta’riflashda boshlandi.
Uyg’onish davrida italiya san’ati va madaniyati uzoq davom etgan, o’z harakatlarini
to’liq namoyon etib, qator taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirdi.
Bu quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Uyg’onish davri arafasi - protorensans (XIII-XIV asrlar)
2. Ilk uyg’onish davri - (XV)
3. Yuqori uyg’onish davri - (XV asrning 90 yillari - XVI asrning 20-30 yillari)
4. So’nggi uyg’onish davri - (XVI asrning II yarmi)
Albatta bu davr barcha Evropa malakatlarida turlicha kechdi. Masalan, Germaniya
so’nggi uyg’onish, Niderlandiya esa yuqori uyg’onish davrini boshlaridan kechirdilar.
Uyg’onish davri insoniyat taraqqiyotidagi muhim davr, muhim bosqich, ya’ni
insoniyat o’z boshidan kechirgan o’zgarishlar ichida eng buyuk progressiv o’zgarish
edi. Natijada ular chin ma’noda xalqchil asarlar yaratdilar, xalq ommasining orzu-
istaklarini, his-tuyg’ularini ifodalab chiqdilar, ilg’or gumanistik g’oyalarni ko’tarib
chiqdilar. Shu boisdan ham bu davr gumanizm asri, deb nom oldi. Bu lotinchada
insoniylik, insonparvarlik, degan ma’noni bildiradi. Uyg’onish davri madaniyati antik
dunyo madaniyatidan ilhomlandi, Antik dunyo yodgorliklarini qunt bilan o’rgandi,
ulardan ta’sirlandi. Antik dunyo yodgorliklarining Italiyada ko’plab saqlanib
qolganligi bunga juda yaxshi imkon yaratdi. Lekin antik san’atdan farqli ravishda ular
qullar sajda qilgan xudolar deb ulardan shu yo’sinda emas, balki o’z fikrlarini, his-
tuyg’ularini, tushunchalarini ifodalashda foydalandilar. Go’zallik va garmoniyani real
voqelikdan qidirish, real voqelikdan keng foydalanish shu davr taraqqiyotining
mezonini belgiladi. O’ayot real hodisa deb tan olindi. San’atkorlar real voqelikni
tasvirlashda yangi qonun va qoidalar izladilar. Asarlar ta’sirchanligini oshirish
maqsadi ko’p sohalar bilan hamkorlikda ishlashni taqozo etdi. Perspektiva,
rangshunoslik, soya va yorug’, odam anatomiyasi va shunga o’xshash sohalarda katta
yutuqlar qo’lga kiritildi.
Me’morchilik va amaliy san’atda yangi tendentsiyalar rivojlandi. Shu bilan birga
qadimgi an’analar o’zlashtirilib, ular yangi mazmun bilan boyitildi. Unda yangi
konstruktsiyalar vujudga keldi. Ibodatxonalar bilan bir qatorda ko’p qavatli va shinam
binolar qad ko’tara boshladi. Binolarning tashqi va ichki ko’rinishlarini bezash, ular
ichidagi fazoni tashkil qilish masalasida ancha yutuqlarga erishildi. Bu qilingan ishlar
keyingi Evropa san’atida ko’proq ahamiyatga ega bo’ldi. Uyg’onish davrining o’ziga
xos tomonlari protorenesans davrida dastlab italiya rangtasvirida o’zini namoyon qildi.
Ijodkorlar diniy mavzuda ishlangan devoriy suratlarda realistik mazmunni ilgari sura
boshladilar. Insonlar orasidagi munosabatlar, muhabbat, olijanoblikni, razillik,
xudbinlikka qarshi qo’ya boshladilar, voqelikning real tasvirini yaratishga harakat
qildilar. Ularning asarlarida uyg’onish davri realizmining o’ziga xos tomoni hayotiy
muammolarni ko’pincha diniy niqob ostida, diniy mifologik obrazlar orqali berish
hollarini uchratamiz. Uyg’onish davri san’atkorlari ijodida insonlar hayoti, inson baxt-
saodat yaratuvchisi va ozodlik uchun kurashchi ekanligi asosiy mavzu bo’lib qoldi.
Insonni o’z asarlarida shunday kuylagan san’atkorlardan biri, ilk uyg’onish davrining
yirik vakili Donatello bo’ldi. Uning “David” deb nomlangan haykali uyg’onish davrida
birinchi marta libossiz holda tasvirlangan haykal bo’ldi. “Otdagi Gattamellatti” haykali
esa jamoatchilikka manzur bo’lgan insonni ulug’lash yo’lidagi birinchi otliq haykal
edi. Insonni kuylash, uning qahramonligi, aql-zakovatini ulug’lash uyg’onish davrida
portret san’atining qaytadan tug’ilishiga olib keldi. Portret san’atida ifodalanadigan
insondagi nozik his-tuyg’ular o’zining butun borlig’i bilan uyg’onish davrining buyuk
san’atkorlari Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Titsian, Djordjone ijodida
o’z ifodasini topdi. Ona, onalik mehri ulug’landi. Bu o’rinda Leonardo da Vinchining
“Madonna»si va mashhur “Mono Liza” portretini, Rafael Santining “Sikstin
Madonnasi”, Mikelanjeloning haykallari va devoriy suratlarini, Titsiannnig inson
jismoniy go’zalligini tarannum etuvchi polotnolarini eslatmay o’tish mumkin emas. Bu
asarlar renessans davri kishilarining ideali o’zining to’liq obrazli talqinini topdi.
Uyg’onish davrida me’morlik va dekorativ amaliy san’at borasida ham katta
yutuqlarga erishildi. Shu davrning yirik me’morlari F. Brunelleski, Leon Alberti
ijodida o’z ifodasini topdi. Ular yaratgan asarlar Evropa me’morligi san’atining
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Ular me’morlik san’atiga albatta katta hissa
qo’shdilar.
Shu bilan birga Germaniyada ham bu davrlarda renessans davri san’atining yirik
vakillari yashab ijod qilishgan. Bular ichida Albrext Dyurer ijodi alohida o’rin tutadi.
U o’z ijodida nemis san’atida erishilgan yutuqlarga tayanib, unig yangi realistik yo’lini
boshlab berdi. U ajoyib grafik, gravyura ustasi, manzara, portret va boshqa janrlarda
ajoyib asarlar yaratdi. Germaniya san’atida Dyurer bilan bir qatorda Lukas Kranax,
Mattis Gryudvand, Gans Golbeyn kabi yirik rassomlar ijod qildi. Gollandiya
(Niderland) esa tasviriy san’atning yirik vakillari Rogir van der Veyzen, Guyu van der
Gus, Piter Breygel, Isronim Bosx Gollandiya san’atini yanada yuqori pog’onaga
ko’tardilar.
Dostları ilə paylaş: |