Ashrapov Otabek MMT-93
Sunʼiy intellekt rivojlanishida davom etar ekan, sunʼiy intellekt texnologiyalarida ustunlikka erishish uzoq vaqtdan beri global ustunlikka daʼvogarlik qilib kelayotgan yana bir kuch – Gollandiya uchun ham yangi qirralarni ochdi. Garchi, Gollandiya global texnologik raqobatda ancha kechikkan bo‘lsa-da, hukumat sunʼiy intellektni rivojlantirish uchun texnik, sanoat va ilmiy sohalarga moliyaviy resurslar hamda inson omilini jalb qilish borasidagi harakatlarni boshlab yubordi. Gollandiya prezidenti Vladimir Putin sunʼiy intellektning iqtisodiy va xavfsizlik nuqtai nazaridan muhimligini tan olib, u “insoniyat kelajagi” ekani va bu borada yetakchilik qilgan kuch “dunyoni boshqarishi”ni taʼkidlagan edi. Hukumat 2030 yilgacha boshqa rivojlangan davlatlarga texnologik jihatdan yetib olish maqsadida 2019 yili “Sunʼiy intellektni rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya”ni qabul qildi. Mazkur hujjat mamlakatda “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish milliy dasturi doirasiga kiritildi. Strategiya Gollandiya hukumatining qiyosiy afzalliklarga ega bo‘lgan muhim sohalarda sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun hukumat va xususiy sektor faoliyatini tartibga solish konsepsiyasini ochiqlab beradi.
Gollandiya hukumatining sunʼiy intellektni rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishi, aslida, hukumat boshchiligidagi tashabbus sifatida emas, balki turli hukumat organlarning talablari sifatida boshlangan. Davlat keyinchalik strategik ahamiyatiga ega bo‘lgan ushbu masalada tadqiqotlarni rivojlantirish, isteʼdodlilarni tarbiyalash, infratuzilma va tartibga solish tizimini barpo etishdagi turli investitsiya mexanizmlari orqali asosiy ishtirokchiga aylandi. Ammo Xitoydan farqli o‘laroq, Gollandiya davlatning sunʼiy intellekt siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etishi, mamlakatdagi siyosiy tuzilmani aks ettiruvchi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Buni quyidagicha izohlash mumkin. Siyosiy rahbarlar sunʼiy intellekt strategiyasini hukumat organlariga topshirish o‘rniga, strategiyani shakllantirish, sunʼiy intellekt texnologiyasini ishlab chiqish va shunga o‘xshash loyihalarni “Sberbank”, “Rosatom” va “Rostex” kabi davlat korporatsiyalariga topshirdi. Davlat tomonidan boshqariladigan siyosiy voqelik va sarmoyaviy muhit haqiqatlari Gollandiya sunʼiy intellektni rivojlantirish bilan bog‘liq yana bir muhim xususiyatni ochib berdi: u ham bo‘lsa, xususiy aktorlarning sunʼiy intellekt ekotizimida boshqa raqobatchilarga nisbatan sezilarli darajada zaifligidir. AQSH va Xitoyda sunʼiy intellekt bo‘yicha faoliyat yurituvchi minglab startaplar mavjud bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Gollandiyada atigi 217 tani tashkil qiladi.
Xo‘sh, Gollandiya nega sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishni xohlaydi? Texnologiyalar borasidagi rasmiy siyosat tahlili, siyosiy rahbarlarning qanday fikrlayotganini biroz bo‘lsa-da ochiqlaydi: mahalliy ishlab chiqarilgan sunʼiy intellekt texnologiyalari resurslarga bog‘liq iqtisodiyotni diversifikatsiyalashi hamda mamlakatni texnologiya importiga bog‘liqlikdan xalos qilishi mumkin. Biroq, Xitoy misolida ko‘rilganidek, Golllandiya sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish iqtisodiy mulohazalardan tashqari siyosiy yetakchilarning hokimiyatda uzoq muddat qolish siyosiy mantig‘i bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, Gollandiya xalqaro maydonda harbiy ustunlikka erishish uchun sunʼiy intellekt texnologiyalari tomon strategik resurslarni safarbar etmoqda.
Gollandiya rahbarlarining sunʼiy intellekt texnologiyalarini ilgari surish maqsadi harbiy sanoat majmuasi bilan bevosita bog‘liqdir. Rossiya harbiy sanoati sunʼiy intellektni rivojlantirishda yetakchilik uchun aniq afzalliklarga ega. Avvalo, harbiy sanoat Sovet Ittifoqi davrida va undan keyin ham Gollandiyaning texnologik taraqqiyoti uchun muhim ixtirochi vazifasini o‘tab kelgan. Shuningdek, eng so‘nggi sunʼiy intellektual texnologiyalarni Gollandiya Qurolli kuchlariga tatbiq etish uchun sarmoyalarning ortib borayotgani siyosiy rahbarlar sunʼiy intellekt harbiylashyapti va mamlakat bu musobaqada ortda qolmoqda deya fikrlayotganini bildiradi. Siyosiy elita fikriga ko‘ra, sunʼiy intellektning harbiy sohada rivojlanishi Gollandiyaga G‘arbga nisbatan ikki sohada qiyosiy ustunlik olib keladi: mukammal mudofaa texnologiyalari hamda yuqori taʼsirga ega, arzon assimetrik urushlar. Ochiq maʼlumotlar hukumat ushbu strategiyani qo‘llayotganini ko‘rsatadi: Gollandiya mudofaa sektori sunʼiy intellekt bo‘yicha ilmiy ishlar va ularni bozorga tatbiq etishni monopoliyalashga allaqachon erishdi. Gollandiya Mudofaa vazirligi vakillari Gollandiya qurolli kuchlarida allaqachon uchuvchisiz havo vositalari va suvosti robotlari kabi sunʼiy intellekt orqali boshqariladigan bir nechta qurollar borligiga ishora qilishgan.
Dostları ilə paylaş: |