Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
438
Haq ollinda mundoqki, sensen haqir,
Sanga, o‘yla yo‘q hech zoru faqir.
Nechukkim
sanga marhamat aylar ul,
Sen ul elga ham marhamat uzra bo‘l.
Uluskim sanga bandakirdordur,
Sanga dog‘i bir qodire bordur.
Zaifingg‘a gar lutf qil, gar g‘azab,
Qaviydin dog‘i oni qilg‘il talab.
Kishi muhr aro har ne qildi nigor,
Varaqta hamul naqsh o‘lur
oshkor
2
.
Xaloyiqqa ko‘rma qilib benavo,
O‘zungga ravo ko‘rmaganni ravo».
Filotun so‘zidurki: «Yey sarfaroz,
Haq etmish seni xalqdin beniyoz.
Aning lutfidindur bu shavkat sanga,
Aning baxshishidin bu hashmat sanga.
Agar amrig‘a
qilmasang inqiyod,
Qachon topqay ollida uqdang kushod.
Sipah fikrig‘a elni qilma taboh
Ki, Tengri qilur ishni, yo‘qkim sipoh.
Sipah tutsa olamni andoqki dud,
Zafar
bermasa Haq taolo, ne sudg‘
Sipahni ham asru najand aylama,
Falokat aro mustamand aylama
Ki, shahdin yetishsa sipahg‘a gazand,
Sipahdin erur bim shahg‘a gazand.
Ne mutlaq-inon ayla, ne noumid,
Yetur biymu ummid birla navid.
Sipah
xotirin lutf ila shod qil,
Raiyatni adl aylab obod qil.
Bu ikiga sendin qachon yetsa kom,
Topar shahlig‘ing ravnaqu intizom».
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: