Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
429
Muni bilki, har neki bor junbushi, 
Nihoyatqa yetgach sukundur ishi. 
Topar go‘y chavgondin ildomliq, 
Va lekin bo‘lur oxir oromliq. 
Yo‘q ul go‘ykim, gunbazi garmpo‘y 
Ki, sargashtadur tun-kun andoqki go‘y. 
Munga dog‘i bir kun qaror o‘lg‘usi, 
Qaror ichra beixtiyor o‘lg‘usi. 
Bulardin biri angla odamni ham, 
Ne odamki, bal ahli olamni ham. 
Angakim azaldin xirad yordur, 
Bu ish fikratig‘a madadkordur. 
Seni yuz tuman shukrkim, Kirdigor 
Xirad ganjidin ayladi komgor». 
Chu Buqrot harfig‘a itmom edi, 
Duo birla donanda Xurmus dedi 
Ki: «Yey, gulsiz o‘lg‘on xazondida bog‘, 
Yorug‘ nuridin ayru tushgan charog‘. 
Bilursenki ochilsa bog‘ ichra gul, 
Uzar bog‘bon oxir andin ko‘ngul. 
Nechakim charog‘ o‘lsa majlisfuruz, 
Ham oxir bo‘lur oqibat tiyraro‘z. 
Chu bu nav’ erur dahr xosiyati 
Ki, bo‘lg‘ay parokanda jam’iyati. 
Munga iztirob aylamak sud emas, 
Demay sudkim, juz ziyonbud emas. 
Sanga Tengri chun berdi donandaliq, 
O‘zungga nasihat rasonandaliq 
Demak pand – tahsili hosildurur, 
Degandin xirad naqshi zoyildurur»
8

Chu Xurmus dedi so‘z, bo‘lub xokbo‘s, 
Ravon boshladi nukta Farfunyus 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
430
Ki: «Yey, hikmat oyinidin bahramand, 
So‘zung gavharu gavharing arjumand! 
Bukun sensen ul bahru koni shigarf 
Ki, bo‘lmish duru gavharing bartaraf. 
Vale qaysi daryo yaratmish Xudo 
Ki, ul bo‘lmadi o‘z duridin judo. 
Yana qaysi konkim, mag‘ok o‘lmadi, 
Borib gavhari, bag‘ri chok o‘lmadi. 
Erur sunnatullohu rasmi qadim, 
Bilurda sening dog‘i misling adim
9

Xirad, o‘yla qilmish seni arjumand 
Ki, fe’ling erur barcha bixradpisand. 
Sangakim bu Haqdin mavohibdurur, 
Bu ne’matqa ko‘p shukr vojibdurur»
10

Chu Farfunyus etti irshodini, 
Arastu qilib nukta bunyodini. 
Ayon aylabon nuktai dilxarosh, 
Der erdiyu ko‘zdin to‘kar erdi yosh 
Ki: «Bu vajhdin durfishondur ko‘zum 
Ki, deyolmonu, bordurur ko‘p so‘zum. 
Sanga pand bermak emas dilpisand, 
Keraktur manga yuz kishi bersa pand. 
Vale men chu ermon nasihatpazir 
Ki, hushumni savdo qilibdur asir. 
Der erdimki dardu g‘amingni so‘ray, 
Bu poyoni yo‘q motamingni so‘ray. 
Netaykim, so‘rardin tilim loldur, 
Zamirim, bas oshufta ahvoldur. 
Bu g‘amda madad qildi Bonug‘a Haq 
Ki, olmoq kerak barcha andin sabaq 
Ki, bizlarcha ham iztirob etmadi, 
O‘zin dard o‘tig‘a kabob etmadi. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin