Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
406
Borurlar edi bo‘yla oyin bila,
Gahi sur’atu goh taskin bila.
Bu yanglig‘ o‘tub bir yilu to‘quz oy
Ki, markazga bo‘ldi qazo rahnamoy.
Skandarg‘a bu mujda berdi suro‘sh
Ki: «Yey, odamizodi behudako‘sh!
Hamul
yerga yettingki kom aylading,
Husulida yillar xirom aylading».
Qilib raf’ shah ko‘nglidin yosni,
Talab qildi Suqrotu Ilyosni.
Alarg‘a dog‘i bo‘lmish erdi ayon,
Kelurlar edi aylamakka bayon.
Chu aytishtilar, shubha raf’ o‘ldi pok,
Skandar bo‘lub xurramu zavqnok.
Buyurdi safoyinni turg‘uzdilar,
Solib langarin, bodbon buzdilar.
Dedi elgakim: «Siz
turung emdi shod,
Qilurmen baringiz bila xayrbod.
Tengiz qa’rini aylab erdim havas,
Topibmen bu soat anga dastras.
Kirarmen murodim tamanno qila,
Havas qilg‘onimni tamosho qila»
14
.
Bu yerda rivoyatqa bor ixtilof,
Vale
Xusrav
15
etmish munga e’tirof
Ki, bir shisha soz etti sanduqvash,
Guharvor sanduq aro kirdi xush,
Boshin, – dedi, – rust ettilar qir ila,
Tanobe chekib anga tadbir ila.
Tutub
berk ul ahli ano bir uchin,
Tugub shishasig‘a yano bir uchin,
Qilib raf’ har vahmu andishani,
Tengiz ichra soldilar ul shishani.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: