Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
400
Ne qilduqki, doroi sohibxirad,
Borimizga mundoq chekib xatti rad.
O‘zidin
sipohin yiroq istadi,
Asiri baloi firoq istadi.
Borurbiz qayonkim sanga kom erur,
Turarbiz sanga qayda orom erur.
Tirik bo‘lmoqu sendin o‘lmoq yiroq,
Yerur bizga andin o‘lum yaxshiroq».
Skandar sipohin qilib ozmun,
Yaqin bildikim bo‘lmamishlar zabun.
Yerur xidmatida bori yakjihat,
Ko‘rub elga diljo‘yliq maslahat.
Bori xaylig‘a
ofarin ayladi,
Inoyatqa borin qarin ayladi.
Dedi: «Haq ishingizga bersun evaz,
Bu so‘zdin manga bilmak erdi g‘araz
Ki, bu ranj aro xalq holi nedur,
Mening birla har kim xayoli nedurg‘
Boridin chu ixlosu sidq o‘ldi fahm,
Manga ham bu dam murtafe’ bo‘ldi vahm.
Hamul men shahu siz sipohsiz manga,
Yomon kun yetishgach panohsiz manga.
Bu
ixlos birla Xudo yoringiz,
Havodis aro Haq nigahdoringiz».
Bo‘lub shod shahqa duo qildilar,
Sadoqat tariqin ado qildilar.
Shah uch bo‘ldi elni, taammul bila,
Bag‘oyat munosib taxayyul bila.
Iki ming kema ahlin etti judo,
Dedi: «Yoringiz bo‘lsun emdi Xudo».
Og‘ir yuk edi dog‘i
ortuq kishi,
Alar birla yo‘q shahning ortuq ishi.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: