Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

LXXV 
 
HIKMAT 
Iskandarning savoli Suqrotdin ul bobdakim, kurrai arzni tamom suv ihota qilmog‘onning hikmati ne 
bo‘lg‘ay va aning javobi 
Skandar savol etti Suqrotdin 
Ki: «Yey fard tafritu ifrotdin, 
Bukim yer yuziga Muhit o‘ldi su(v), 
Bayon qilki, mushkildurur bizga bu 
Ki, ne vajhdin tutmadi yer yuzin, 
Jahon sathining borcha tog‘u tuzin 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
392
Ki, bu rub’i maskunga suv keldi oz, 
Ham onchaki bor erdi elga niyoz. 
Muhitekim, ul oshkorodurur, 
Nega davrida yeti daryo dururg‘ 
Chu andin yeti bahr bo‘ldi judo, 
Nega tutmadi yer yuzin – qil adog‘» 
Duo qildi donoyi daryozamir, 
Ki: «Olsun jahon shohi daryonazir. 
Guruhe demishlarki, bu jirmi xok, 
Yerur vaz’ ichinda balandu mag‘ok. 
Necha asli vaz’i mudavvardurur, 
Bu hikmat eliga muqarrardurur. 
Vale yer yuzi chunki hamvor emas, 
Kishi fikr agar qilsa dushvor emas. 
Bilurkim, yog‘indin qachon bo‘ldi sel, 
Qilur tog‘din past vodiyg‘a mayl. 
Chu olam yuzi bo‘ldi pastu baland, 
Bu so‘zni qilur donish ahli pisand 
Ki, suv moyil o‘lmish chuqurlarga-o‘q, 
Yerur bu jihatdin biyiklarda yo‘q. 
Guruhe bu ma’ni guvohidurur 
Ki, derlar bu hikmat Ilohiydurur. 
Tutulmoq kerak erdi yer suv bila, 
Hamul nav’kim, aks ko‘zgu bila. 
Vale xalqkim, Haqqa oson edi, 
G‘araz ofarinishdin inson edi. 
Anga jilvagoh ochti qudrat bila, 
Bu ma’nig‘a yo‘q daxl hikmat bila. 
Muni bil Hakimi Azal hikmati 
Ki, topmas bulardin xalal hikmati. 
Yerur chunki ul yerda ojiz xirad, 
Xirad ahlig‘a so‘z demakka ne had» 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin