www.ziyouz.com
kutubxonasi
386
Ne ish ilgimizdin kelur juz duo».
Alarg‘a bu yerga yetishgach maqol,
Tulu’ ayladi burji farxundafol.
Suturlob sori chu ko‘z soldi shoh,
Ravon kemani qildi oromgoh.
Quyosh Jady burjig‘a chunkim yetib,
Ravon Hut burjig‘a tahvil etib.
Falak yetkurub bo‘yla yomg‘ur chog‘in,
To‘kub el ko‘zi benihoyat yog‘in.
Chu shah kema ichra maqom aylabon,
Ulus ham sarosar xirom aylabon.
To‘lub chun labo-lab ul uch ming kema,
Ham el birla, ham har keraklik nima.
Topib hukm mallohi ozodmard,
Ravon kemani qildi daryonavard.
Qalin kishti o‘lg‘onda junbushnamoy,
Terang bahr bo‘ldi g‘urunbushnamoy.
Yurub suv uza shahri a’zam savod,
Taharrukda bir o‘zga olam savod.
Savodi yopib jarf daryo yuzin,
Bulut o‘ylakim charxi xazro yuzin
9
.
Bu oyin bila shohi daryoshukuh,
Yurub qildi daryoni yukdin sutuh.
Qayon azm bevahmu bok ayladi,
Tengiz bag‘rini chok-chok ayladi.
Chu ul nav’ mehmon kirib bahr aro,
Qilib mizbonlig‘da suv mojaro.
Ochib har taraf abrmonand kaf,
Ki jam’ aylagay har ne bo‘lg‘ay sadaf.
Bori durlarin oshkor aylagay,
Borin mehmong‘a nisor aylagay.
Sochib borchasin shahg‘a ogohvor,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
387
Bori durlarin aylagay shohvor.
Birovningkim ul nav’ mehmoni bor,
Ne durrkim, nisor etgay ar joni bor.
Ayog‘chi ketur jomi daryomisol
Ki, bahr ichradur shohi daryonavol.
Manga tutki, no‘sh aylab, aylay tarab
Ki, daryo kibi bo‘lmisham xushklab.
Mug‘anniy, tarona tuzat rexta,
Hazin rudunga lahne omexta
10
Ki, ashkimni to‘kkay duri nobdek,
Buyurg‘ay manga charxi girdobdek.
Navoiy, talab qil tariqi fano
Ki, suv uzradur dahr uyiga bino.
Ko‘ngulni bu uy birla shod aylama,
Hubob uyiga e’timod aylama.
LXXIII
Iskandarning hukamodin daryobor vaz’in savol etgoni va Suqrotning kurrai arz davrida suvning ne
nav’ ihota qilg‘onin sharh qilg‘oni va Muhit atrofida yeti axzar daryokim, yeti charxi xazrodek
sho‘rangez, balki xunrezdurur taqsim etib, o‘n iki ming jazoirkim, xolidotdin ayrudur, munqasim
qilg‘oni va buhayrot sharhidin elga tahayyurot solib va anhor mojarosidin soyilni bahrdek
xushklabliqdin serob qilg‘oni
Hamul kunki shah bo‘ldi daryotavof,
Aning jungining ko‘ksi daryoshikof.
Tilab hikmat ahlini majma’ tuzub,
Borilarg‘a diljo‘yluq ko‘rguzub,
Dedi: «Bahr kayfiyatin aytingiz
Ki, ne vaz’ iladur yer uzra tengizg‘»
Taammul qilib borcha ahli ayon,
Dedilarki: «Suqrot qilsun bayon
Kim, ul hikmat ahlining ustodidur,
Zamiri xirad hikmatobodidur».
So‘z andin so‘rub shohi daryojanob,
Berib bo‘yla Suqroti dono javob:
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |