www.ziyouz.com
kutubxonasi
384
Bo‘lub Rum daryosining sohili.
Hamul suv yoqosi iki-uch yig‘och,
Ko‘rub arrau teshadin kuch yig‘och.
O‘n-o‘n besh ming ustodi najjor edi
Ki, tun-kun ish ustida darkor edi.
Yana muncha shogirdu muzdur ham,
Bori sa’y etib ulcha maqdur ham.
Yana ikki-uch ming kishi borcha chust,
Ish etmak uchun kun-bakun bozjust.
Solib oncha ul sohil ichra xuro‘sh,
Degil Rum daryosig‘a tushti jo‘sh.
Bu yanglig‘ o‘tub uch yilu bir nima,
Tengiz suyig‘a kirdi uch ming kema
Aningdekki, taqsim topti burun,
Tutub har kim o‘z kemasida o‘run.
Solib necha yilliq yo‘l asbobini,
Tengiz sayrining har ne noyobini.
To‘lub kemalar ichra har xosta,
Chu bo‘ldi kerak yanglig‘ orosta.
Taharruk tutub shoh daryo kibi,
Ne daryoki, charxi muallo kibi.
Qilib mamlakat ahlig‘a xayrbod,
Navozish bila aylabon elni shod.
Chiqib bodpoy uzra bo‘ldi ravon,
Shabistoni ahli qolib notavon.
Surar erdi yakronini bedarang,
Anga tegrukim, bahri Rumu Farang.
Chu sohil sari dashtdin qildi mayl,
Aningdekki daryo sari tundsel.
Qo‘yub raxshi daryo qirog‘ig‘a gom,
Inonin chekib shohi daryoxirom.
Hamul hikmat ahli suturlobsanj,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
385
Chekib yaxshi soat zuhurig‘a ranj.
Chu bir lahzae maks vojib edi,
Qolur el sari shoh boqib dedi
Ki: «Yey qavmkim, qildingiz xizmatim,
Chekarsiz bu kun g‘ussai furqatim.
Necha hajringiz birla xursandmen,
Vale barchangizdin rizomandmen.
Qazodin manga tushti mundoq safar,
Qadar hukmidin elga «aynalmafar»
8
.
Quloqqa nekim aytsam so‘z – tutung,
Necha vaqtdin so‘ng meni ko‘z tutung.
Agar mulku, vagar mol, gar din erur,
Nekim har biringizga ta’yin erur.
Qayu ishki har kimga chektim raqam,
Raqam chekkanimdin chiqormang qadam.
Hadisim ko‘ngul ichra oling bori,
Salomat bo‘lung, yaxshi qoling bori.
Duo birla bizni gahe yod eting,
Bu xidmat bila emdi imdod eting».
Bu so‘zlar degach shohi kishvarxidev,
Ulus chektilar ko‘kka yaksar g‘irev.
To‘kub ashkdin borcha yuzlarga rud,
Dedilar aning joniga ko‘p durud.
Duodin so‘ng og‘oz etib bu kalom
Ki: «Gar bar, agar bahr qilsang maqom.
Nechakim firoqingda g‘am yegabiz,
Ne yoroki, yaxshi-yomon degabiz.
Bisoti tarab jilvagohida bo‘l,
Qayonkim esang, haq panohida bo‘l.
Ne amr etganing, toki bor jonimiz,
Tag‘oful qilurg‘a ne imkonimizg‘
Chu bizdin duo aylading muddao,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |