Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
412
Qayu ishga ilgi uzoldi ekin
Ki,
ul bermayin dast, qoldi eking‘
Ne iqlim azmig‘a chekti sipoh
Ki, fath o‘lmadi bo‘lmayin kinaxoh.
Ne dasht uzrakim tuzdi saffi nabard,
Chiqordi adu xaylidin ko‘kka gard.
Bular
xud erur shohlarning ishi,
Yana ishki qilmaydur andoq kishi.
Kayumars davronidin to bu davr
Ki, keldi muluk ichra har guna tavr.
Vale necha ishkim anga berdi dast,
Yana shohlarg‘a emas erdi dast.
Biri
yeti iqlim fathi tamom
Ki, bu rub’i maskun uza surdi gom.
Chu yoydi saropardai shavkatin,
Yeti arsada choldi besh navbatin.
Yana chunki azm oshkor ayladi,
Nahangona fathi bihor ayladi.
Olib
yeti daryoyi zoxirni ham,
Yana o‘n iki ming jazoirni ham,
Yana chekti ya’juj ollig‘a sad
Ki, sharh ichra ojizdur andin xirad.
Yana tuzdi bo‘lg‘och sipehrozmo,
Suturlobu mir’oti getinamo.
Yana qildi chun ilm anga bo‘ldi qism,
Jahon mulkida ko‘p ochilmas tilism.
Yana muncha bemislu dono hakim,
Ki, bo‘ldi anga borcha yoru nadim.
Bilik
avji fikratlari manzili,
Bori ollida hal falak mushkili.
Jahon ichra mundoq topib shohliq,
Nechuk shohliq, donishogohliq.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: