So’fizm – bu Islom dinimizda insonning ruhiy dunyosi to’grisidagi qarashlar yig’indisi. Bu ta’limot asosan sharqda Tasavvuf ta’limoti deb ham yuritilgan.
So’fizm – bu Islom dinimizda insonning ruhiy dunyosi to’grisidagi qarashlar yig’indisi. Bu ta’limot asosan sharqda Tasavvuf ta’limoti deb ham yuritilgan.
Tasavvuf uzoq asrlar davomida xalqimiz ma’naviyatini boyitishga xizmat qilib kelgan.
Bu ta’limotning asosiy g’oyalari – ruhiy-axloqiy poklanish va ilohiy muhabbat bilan yuksalib borish hisoblanadi.
Shu bois tasavvuf chuqur insonparvarlik g‘oyalari bilan qorishib, haqiqat talabida yurgan odamlar qalbidan joy oldi, odamlarning poklik, ko‘ngil hurriyati haqidagi orzularini ifodalab keldi.
Xalqimiz so’fiy darveshlarga hurmat-ehtirom orqali Alloh taologa, uning insonni ulug‘lagan qudrati va e’tiqodlarini izhor etganlar.
Xalqimiz so’fiy darveshlarga hurmat-ehtirom orqali Alloh taologa, uning insonni ulug‘lagan qudrati va e’tiqodlarini izhor etganlar.
Shayxlarning karomatlari, so‘zlari va yurishiyu-turishi yuksak axloq va ilohiy muqaddaslik namunasi sifatida qabul qilingan.
Tasavvuf shayxlari xalqning ma’naviy rahbarlari, axloqiy murabbiy sifatida maydonga chiqib, payg‘ambar faoliyati, holatlarini davom ettirishga jazm etganlar.
So’fiylik butun Sharq ma’naviy hayotida komil inson haqidagi g‘oyalarning shakllanishida muhim rol o‘ynagan.
So’fiylik sharqiy musulmon xalqlarining ko‘p asrlik ma’naviya hayotining g‘oyaviy asosini belgilab bergan ta’limot bo‘lib maydonga chiqqan.
U ilohiy poklik va insoniy go‘zallikni idrok etish yo‘li, haq va haqiqatni himoya etish vositasi bo‘lib xizmat qilgan.
So’fiylarda inson ma’naviy-ruhiy komillikka erishish yo‘lida to‘rt bosqichni o‘tishi kerak, deb hisoblangan:
Birinchisi – Shariat.
Shariat qonun-qoidalariga qat’iy amal qilish, chunki shariat qonun bo‘lib, bu qonun – vujudni va qalbni tarbiyalaydi.
Ikkkinchisi – tariqat
Nafsni tiyish, ma’naviy muhabbatni chuqurlashtirib, Xudo to‘g‘risida o‘ylash, ya’ni tariqat ko‘ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi faoliyat.
Uchinchisi – ma’rifat
Hamma narsaning, butun borliqning asosi – Xudo ekanligini anglash.
Bunda odam uning barcha kibru havo, manmanlik, shon-shuhrat bema’ni bo‘lib ko‘rinadi.
Shunda u orif, ya’ni bilimli, xudoni tanigan bo‘ladi.
Bunda so’fiy xudoning dargohiga erishadi, Allohning vasliga etadi, Alloh roziligiga erishadi.
So’fiylarning eng oliy maqsadi ham shudir.
So’fiylik ko‘p qirrali oqim bo‘lib, «sof», «yagona» so’fiylik hech qachon bo‘lmagan. U turli ko‘rinishlarda, oqimlar tarzida namoyon bo‘lmagan. Ammo har biri ham inson kamoloti muammosiga turlicha yondashib, uni o‘z yo‘li, qarashlari orqali talqin etgan. Shunga ko‘ra tadqiqotchilar so’fiylikni uch oqimga mansub deb biladilar.
1-oqim
Mansur Halloj, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiylarga mansub bo‘lgan oqim.
2-oqim
Bu oqimga mansub so’fiylar birinchi oqim namoyondalari qarashlarini qabul qilgan, ammo ularni islom dini tartib-qoidalariga moslashtirgan.
Bu oqimning eng mashhur namoyondalaridan Imom G‘azzoliy, Ahmad yassaviylardir.
3-oqim
Naqshbandiya ta’limoti bilan bog‘liq. Bu oqim XIII asrning oxirlarida Shakllana borib, XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyoda keng rivojlangan.